O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok ko‘priklari va ularning zanjirlarini




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/86
Sana09.02.2024
Hajmi3,76 Mb.
#153591
TuriУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

 
4.3.5. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok ko‘priklari va ularning zanjirlarini 
hisoblash 
 
O‘zgarmas tok ko‘priklarini hisoblash va ularni muvozanatlash. 
 
Rezistorlarning turlari va markalari 
Ilgari, rezistorlarning qarshiligi insonga oydin(tushinarli) bo‘lgan belgilar 
orqali ifodalanar edi (masalan "1K" deb yozilishi 1 kiloomni anglatardi). Lekin 
montajlash jarayonida ushbu yozuvlar ko‘rinmaydigan holatda joylashishi ancha 
noqulayliklarni keltirib chiqarardi. Ta’mirlash jarayonida yaroqsiz holatga kelgan 
qarshilikning rusumi va parametrini aniqlash muammo bo‘lar edi. Umuman 
olganda, barcha qarshiliklarni rangli xalqalar bilan bo‘yash ancha qulay. Endi, 


52 
 
4.31-rasm. Zamonaviy qarshiliklarning ko‘rinishlari va parametrlari 
rezistorni qanday siljitib joylatirishimizdan qat’i nazar, qarshilikdagi belgi har 
doim ko‘rinib turadi, va zararli muhit ta’sirida o‘chgan yozuvlardan qo‘rqmasa 
ham bo‘ladi. Chunki rangli halqalarni o‘chirish ancha qiyin bo‘ladi. 
Qarshiliklar qiymatining doimiy bo‘lishiga bog‘liq holda quyidagi turlarga 
bo‘linadi: o‘zgarmaydigan, o‘zgaruvchan va maxsus. Doimiy(o‘zgarmaydigan) 
qarshiliklarning qiymatini bir xilda bo‘ladi, o‘zgaruvchan qarshiliklarning 
qarshiligini ishlatish jarayonida o‘zgartirish imkoni mavjud, maxsus qarshiliklarda
tashqi omillar ta’siri ostida qarshilikning qiymati o‘zgaradi: tok yoki 
kuchlanishning o‘zgarishida(varistor), harorat o‘zgarishida(termistorlar), yorug‘lik 
o‘zgarishida (fotorezistor), va hokazo. Tok o‘tkazuvchi elementining turiga ko‘ra, 
simli va simsizga bo‘linadi. 
Ishlatilish tavsifi bo‘yicha diskretli qarshiliklar issiqbardosh, namlikka 
chidamli, tebranish va zarbaga chidamli, juda ishonchli va boshqalarga bo‘linadi. 
Ma’lumki, sof metallarda erkin elektronlar soni ko‘p bo‘ladi va shu sababli 
ulardan qarshilik elementini tayyorlashda foydalanilmaydi. Simli rezistorlarni 
tayyorlashda nikel, xrom va boshqalarning qotishmalaridan foydalaniladi. 


53 
4.32 – rasmda tasmali qarshilik qurilmasi ko‘rsatilgan. Dielektrikli 
silindrsimon asos 1 ga 2 rezistiv tasma tushirilgan. Silindrning chetlariga tok 
o‘tkazuvchi 3 kontaktli qalpoqchalar qoplangan. 4 qismalar ham qalpoqchalarga 
kavsharlangan. Tashqi muxitdan himoyalovchi 5 qoplama tasmani tashqi ta’sirdan 
saqlaydi. 
4.32-rasm. Tashqi qismi qoplangan qarshilikning umumiy ko‘rinishi. 

Download 3,76 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok ko‘priklari va ularning zanjirlarini

Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish