Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/86
Sana09.02.2024
Hajmi3,76 Mb.
#153591
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

 



Kirish 
Ma’lumki, o`lchovshunoslik, o`lchov vositalari va usullarini yaratishda
va ularning rivojlanishida ayniqsa Sharq, xususan Markaziy Osiyo
olimlarining hissasi katta bo`lgan.
Masalan, VIII – XI asrlarda yashab ijod qilgan vatandoshlarimizdan
Al-Xorazmiy, Ahmad Al-Farg`oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va 
Mirzo Ulug`bek kabi buyuk olimlarimiz o`lchovshunoslik va o`lchov birliklarga 
oid bir qancha asarlar yozib qoldirishgan.
Buyuk alloma Al–Xorazmiyning (783 - 850) “O`lchashlar haqida”
risolasida uzunlik, yuza, hajmlarni hisoblash va o`lchash usullarini amalda 
qanday qo`llash haqida ma`lumotlar keltirilgan. Uning “Quyosh to‘g‘risida”gi
risolasida vaqtni aniq o‘lchachga katta ahamiyat qaratilgan.
Vatandoshlarimizdan yana biri Axmad al-Farg‘oniy (taxminan 798 -
865) dunyoda birinchi bo‘lib 861 – yilda Nil daryosi sathini o‘lchaydigan 
asbobni kashf qilgan. Uning bu kashfiyoti o`sha davrda juda katta ahamiyatga ega 
bo`lib, daryo suvi sathini o‘lchash natijasida qishloq xo`jalik ekinlarining u 
yoki bu turini ekish bo‘yicha tavsiyalar berilar, ya’ni suv sathi maxsus belgidan 
past bo‘lganda o‘rtacha suv talab qiladigan o‘simliklar va belgidan yuqori
bo‘lganda ko‘p suv talab qiladigan ekinlar ekish tavsiya etilgan. 
Rossiya olimi D.I. Mendeleyev o`lchashlar haqida “Har qanday fan 
o`lchashdan boshlanadi” degan ta`rifi bilan o`lchashning fan va texnika 
taraqqiyotida qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan[16,17]. 
Ushbu maqsadda talabalar axborot – o‘lchash tizimlari strukturasi va 
klassifikatsiyasini, axborot – o‘lchash tizimi komponentlarining o‘zaro aloqalari,
ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash, axborot – o‘lchash 
tizimlarining metrologik xarakteristikalarini baholash kabi mavzulardan nazariy 
bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi hamda axborot – o‘lchash 
tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish kabi jarayonlariga ilmiy va uslubiy 
yondashgan holda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini 
bajaradi.



Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi 
talablar qo‘yiladi. Talaba: 

“Elektr o‘lchovlar va instrumentlar” tushunchasi, Elektr o‘lchashlarning 
birlamchi o‘lchash o‘zgartgichlari va o‘lchanayotgan kattalikni raqamli shaklga 
o‘zgartirish texnologiyasini, elektr o‘lchashlar tarkibiy elementlari o‘rtasida 
ma’lumotlar uzatish hamda o‘zaro aloqa, o‘lchash asboblari interfeysi
ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni aks ettirish, Elektr o‘lchashlarning 
metrologik xarakteristikalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- Elektr o‘lchovlar va instrumentlar tizimlari ishini tashkil etish uchun 
standart interfeyslarni, programma ta’minoti, axborot – o‘lchash tizimi texnik 
xarakteristikalarini baholay olish va tahlil qilishni, tizim diagnostikasi va uni 
loyihalay olishni bilishi va ulardan foydalana olishi; 
- zamonaviy axborot – o‘lchash, kommunikatsion texnologiyalar va texnik 
vositalaridan foydalana olish, ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash 
hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, axborot – o‘lchash tizimlarini 
loyihalash, ishlab chiqish va hisoblashning zamonaviy usullaridan foydalana olish 
va texnik muammolar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi kerak; 




Download 3,76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Учебное пособие по курсу "Электрические измерения и инструменты" написано по типовой программе разработанной на основе Государственных

Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish