• O‘lchash deb
  • O‘lchash jarayoni
  • -bob. Elektromexanik o‘lchash asboblari




    Download 3,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/86
    Sana09.02.2024
    Hajmi3,76 Mb.
    #153591
    TuriУчебное пособие
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
    Bog'liq
    YO2lZEUihCgZ4zIws6BXiqqE2CnQeZILj7tErpVR buyokli

    2-bob. Elektromexanik o‘lchash asboblari 
    2.1. O‘lchash vositalari, ularning turlari va asosiy metrologik 
    tavsiflari 
    Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, 
    ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi 
    kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
    O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, 
    unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik 
    sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi. 
    Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har 
    xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik 
    eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning 
    o‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan 
    kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi 
    (tafovutni) nisbatni topishdir. Ya’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda 
    tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni 
    aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va o‘lchash 
    ob’ekti ishtirok etadi. O‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday 
    yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki 
    bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi. 
    Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash 
    jarayoni va o‘lchash usuli. 
    O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul 
    qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son 
    qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay shaklda aniqlashdir. 
    O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir 
    (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin). 

    Download 3,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




    Download 3,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Elektromexanik o‘lchash asboblari

    Download 3,76 Mb.
    Pdf ko'rish