104
Standart rastrli drayverlar bilan chop etish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- xoxlagan o‟lchamdagi faylni chiqarish;
- aralash (rastrli – vektorli) grafikani chop etish.
Kamchiliklari:
- amalda to‟g‟ri rang uzatishni olish mumkin emas – monitor ekranida bir xil
ranglar ko‟rinib turadi, plotterda esa umuman boshqalari olinadi;
- faylni chop etishga tayyorlash vaqti uning hajmi oshgani sari tez o‟sadi va
bir necha soatni tashkil etishi mumkin;
-
oddiy
rastrlash
poligonlarning
yaxshi
to‟ldirilishiga erishishni
ta‟minlamaydi;
fotorealistik sifatga erishish mumkin emas (ranglar
chuqurligi va mayda
detallardagi aniqlik yetishmaydi).
Plotterga o’rnatilgan PostScript Level2 interpretatoridan foydalanib chop
etish quyidagi ustunliklarga ega:
- standart drayverlar bilan ishlashga nisbatan chop etish sifati sezilarli
yuqori;
- ham vektorli, ham rastrli grafika bilan ishlash mumkin.
Kamchiliklari:
- xotirani kengaytirish talab etiladi;
- ishlov beriladigan fayllar hajmi bo‟yicha cheklashlar bor (hattoki
xotirani
maksimal kengaytirishda ham);
- rastrlash algoritmlari bo‟yicha ham cheklashlar bor,
hattoki ularni
takomillashtirish ham mumkin emas;
- ranglarni rostlash jadvali bilan ishlash imkoniyati yo‟q;
- ishlov berish tezligi bo‟yicha takomillashtirish mumkin emas.