Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/84
Sana02.02.2024
Hajmi3,13 Mb.
#150160
TuriУчебное пособие
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

WMF formati. Microsoft firmasida ishlangan maxsus format bo‟lib, 
Windows muhitida grafikaviy vektorli fayllarni almashish uchun yaratilgan. 
GIF formati odatda Internet tarmog‟ida rastrli tasvirlarni uzatish uchun 
foydalaniladi. Tasvirni uzatishi yaxshi, lekin rang chuqurligi bori- yo‟g‟i 8 bit. 
JPG formati ham, asosan, Internet uchun mo‟ljallangan. GIF formatidan 
farqli o‟laroq, ranglar to‟g‟risidagi barcha ma‟lumotlarni saqlaydi, ko‟pchilik 
hollarda tasvir sifatini sezilarli pasaytirmasdan, fayl hajmini o‟nlab marta 
qisqartirish imkonini beradigan juda kuchli siqish algoritmidan foydalanadi.
 
6.6. Skanerlangan tasvirlarni vektorlash va gibrid taxrirlash uchun dasturiy 
vositalar 
Loyiha – konstruktorlik, kartografik, geoinformatsion yoki yer tuzish 
masalalarini yechish uchun avtomatlashtirilgan ishchi o‟rin tashkil etishda, amalda 
turli qanday firma avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida ko‟p yillik qog‟ozli, foto 
va slaydli arxivlarda saqlanayotgan, oldin ishlangan materiallardan foydalanish 
muammosiga duch keladi. Skaner bo‟lsa, turli qanday hujjatni elektron shaklga 
o‟tkazish ko‟p mehnat talab etmaydi. Natijada rastrli formatlarning biriga tasvir 
yozilgan fayl olinadi. Asta–sekin arxivning to‟la elektron versiyasini yaratish va 
keyinchalik elektron hujjat almashish tizimiga va ma‟lumotlarni saqlashga to‟la 
o‟tish mumkin. 
Loyihachiga yoki konstruktorga birinchi navbatda, skanerlangan tasvir bilan 
keyingi ishlash va undan yangi loyihalarda foydalanish imkoniyati katta 
ahamiyatga ega. Ananaviy Corel Photo – Paint  yoki Adobe Photoshop kabi rastrli 
taxrirchilar bu maqsadlar uchun umuman yaramaydi, sababi, ular badiiy tasvirlarni 


98 
yaratishga mo‟ljallangan. Injener – texnik, geoinformatsion yoki kartografik 
chizma materiallarining rastrli elektron nusxalari bilan ishlash uchun maxsus 
dasturlar – vektorlovchilar va gibrid (rastrli – vektorli) tahrirchilar kerak. 
Vektorlovchilar  skanerlangan rastrli tasvirlarni vektorliga aylantirishga
mo‟ljallangan. Keyin ular bilan ishlash uchun LIAT, GAT va kartografiyaning
ananaviy tizimlaridan foydalanish mumkin. 
Gibrid tahrirchilar zarur hollarda vektorlash hamda rastrli, vektorli va gibrid 
chizmalarni to‟g‟ridan – to‟g‟ri tahrirlash imkonini beradi. Aytish kerakki, LIAT 
va GAT tushunchalarining o‟zlari, avvalo, vektorli grafikaga bog‟langan edi. 
Gibrid tahrirchilarning paydo bo‟lishi bilan, amalda yangi tushuncha – rastrli – 
vektorli LIAT va GAT paydo bo‟ldi. Gibrid tahrirchilarning, agar skanerlangan 
tasvirni tahrirlashda qisman vektorlashtirish zarur bo‟lsa yoki u umuman talab 
etilmasa, o‟rnini hech nima bosa olmaydi. Bu juda katta ahamiyatga ega, sababi, 
turli qanday vektorlash natijalarni ko‟rib nazorat etish va paydo bo‟ladigan 
xatolarni tuzatish uchun ko‟p vaqt sarflashni talab etadi. 
Yuqorida nomlari keltirilgan dasturlar, ham mustaqil tizimlar ham yuqori 
darajadagi loyihaviy tizimlarga ustqurma sifatida ishlatilishlari mumkin. Birinchi 
vaziyatda ular o‟z ma‟lumotlar formatidan foydalanishadi va skanerlangan tasvirlar 
bilan ishlash uchun barcha zarur asboblarni o‟z ichiga oladi. Bunday gibrid 
tahrirchilar qator vaziyatlarda ananaviy loyihaviy tizimlarga alternativ bo‟lishlari 
mumkin. 
Ananaviy loyihaviy tizimlarga dasturiy ustqurilmalar mazmunan, ularni 
kuchli rastrli – vektorli tahrirchiga aylantirish imkonini beradi (masalan, Auto 
CAD). Shu bilan foydalanuvchiga vektorli tahrirlash vositalarining o‟lchovsiz katta 
yig‟indisidan foydalanish imkonini yaratadi.
Vektorlash va gibrid tahrirlashning universal va tor ixtisoslashgan dasturlari 
mavjud, ularning eng taniqlilari quyida ko‟rsatilgan. 

Download 3,13 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы

Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish