88
Ko‟rsatilgan talablarni umumlashtiradigan bo‟lsak, aytishimiz mumkinki,
turli qanday grafikaviy stantsiya
uchun eng avvalo protsessorni, grafikaviy va
diskli
pastki tizimlarni, grafikaviy va tizimli shinalarni tanlash katta ahamiyatga ega.
Ishchi stantsiyalarni ishlab chiqaruvchilar orasida an‟anaviy liderlar
(oldingilar) SUN, SGI va DEClar hisoblanadi. Xozirgi vaqtda esa ular jumlasiga
Intel Pentium IV, MIPS RISC protsessorlari bazasidagi UNIX,
Microsoft
Windows NT/2000 (hamda keyingilari), Red Nalt Linux ishchi tizimlaridan
foydalanuvchi mashinalar kiradi. Ularning imkoniyatlari berilgan platformalar
uchun ishlangan dasturiy ta‟minotlar bilan aniqlanadi. Bunday grafikaviy
stantsiyalarning baholari doim yuqori bo‟lib kelmoqda.
Alternativ variant sifatida quvvatli grafikaviy pastki tizimga va bitta yoki bir
necha Pentium IV protsessorga ega, oddiy xususiy (personal) kompyuterlardan
foydalanish mumkin. Bunday stantsiyalar hisoblash quvvati pastroq bo‟lganligi
uchun hamma vaqt ham o‟ta murakkab grafikaviy masalalarni yechish uchun zarur
ish unumdorligini ta‟minlay olmaydi, biroq ular foydalanilishi mumkin bo‟lgan
ilovalar soni bo‟yicha katta ustunlikka ega (sababi, «ommaviy» Windows 9x,
Windows NT/ 2000 ishchi tizimlaridan foydalaniladi). Undan tashqari ular nafaqat
arzon baholari, balki, bahoning ish unumdorligiga nisbatining yaxshiligi bilan ham
ajralib turishadi.
Ko‟plab grafikaviy pastki tizimlar orasidan uch o‟lchamli modellashtirish va
ekranda ko‟rsatish tizimlari uchun mo‟ljallangan ELSA,
shu jumladan ELSA
Gloria – Synergy, Gloria – L, Gloria – L/MX, Gloria – XL, Gloria – XXL
professional grafikaviy tezlatgichlarni ajratib ko‟rsatish mumkin.
ELSA platalarida turuvchi grafikaviy protsessorlar ko‟plab sinovlar natijasi
bo‟yicha eng tez va ishonchli deb topildi. Buning sababi, ham sifatli
tayyorlanishida (Yevropa zavodlarida ishlab chiqariladi va himoyalangan sifatga
ega), ham o‟zining sxema texnik yechimlarida, keng
turlardagi drayverlar va
boshqa asbob vositalaridadir. O‟z platalarida firma 3D Ladsda ishlab chiqarilgan
Glint seriyasidagi maxsus grafikaviy protsessorlardan foydalanadi. Uch o‟lchamli
89
modelni ekranga chiqarishda rastrlash amalga oshiriladi, ya‟ni model to‟g‟risida
ma‟lumotlarga asosan rastrli tasvir yaratiladi. Aynan mana shu jarayon, eng ko‟p
apparatli qo‟llab-quvvatlashga muxtoj bo‟ladi. Bundan tashqari grafikaviy platada
uch o‟lchamli obyektlar bilan manipulyatsiya qiluvchi geometrik protsessor
bo‟lishi kerak. Z – buferi tasvirining turli bir nuqtasi va teksturalar to‟g‟risidagi
ma‟lumotlar uchun uchinchi koordinata to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni saqlash uchun
ko‟rsatish xotirasini ikkilangan buferlashni ta‟minlash kerak. Tekstura to‟g‟risidagi
ma‟lumotlarning ko‟payishi ko‟rsatish xotirasining kamayishiga olib keladi, bu esa
rang tiniqligini va aniqligini pasaytiradi, shuning uchun ELSA Gloria –L, Gloria –
L/MX, Gloria – XL/XXL modellarida ajratilgan ko‟rsatish (video) va 3D xotira
bor. Sifatli ko‟rinishning zarur sturliti - yuqori aniqlik va TrueColor/HighColor
tartiblarini (rejimlarini) qo‟llab-quvvatlashdir. ELSA firmasi ishlab chiqaruvchilari
tomonidan yechilgan yana bir masala – Gloria nazarotchilarini keng qamrovli
ilovalar uchun yaroqli etishdir.
Buning uchun nazoratchilar AutoCAD, Autodesk
inventor, Autodesk Mechanical Desktop, 3D Studio MAX/VIZ va ko‟plab boshqa
3D tizimlar bilan samarali ishlash imkonini beradigan OpenGL interfeysini
qo‟llab-quvvatlaydilar;
3D Studio MAX/VIZ va AutoCAD 2000 dasturlari bilan
ishlash uchun maxsus HEIDI – drayveri bor.
Grafikaviy stantsiya umumiy ish unumdorligining sezilarli qismini diskali
pastki tizim (qattiq disk nazoratchisi, interfeys va diskning o‟zidan tashkil topgan
majmua) ish unumdorligi tashkil etadi. Bugungi
kunda asosan ikki turdagi
interfeys: SCSI va UltraATA ishlatiladi. SCSIning ustunligi - uning moslashuv-
chanligi, universalligi, kaskadlashtirilishi, sakkiztagacha qurilmalarni ulash
imkoniyati (qo‟shimcha, vinchesterlar, CD-ROM, skanerlar va sh.o‟.), ta‟sirlarga
turg‟unligi va ma‟lumotlarni uzatishda eng yuqori tezligi (1600 Mb/s gacha)
hisoblanadi. Biroq interfeysning va mos qurilmalarning qimmatligi sababli, undan
faqat haqiqatan ham juda zarur vaziyatlarda foydalanish kerak. Standart UltraATA
ma‟lumotlarni uzatishning kichikroq tezligini (66 Mb/c gacha ) va 4 ta
qurilmagacha yuklamani ta‟minlaydi, biroq u ancha arzon.
Qattiq disk hajmiga
qaraganda baholash mezoni bitta – qancha ko‟p bo‟lsa, shuncha yaxshi. Disk
90
yuzasida katta hajm talab qiladigan grafikaviy modullardan tashqari uch o‟lchamli
modellar loyihalarining o‟zi ham vinchesterda yuzlab megabayt hajmni egallaydi.
Tezkor (operativ) xotiraning hajmi ham katta ahamiyatga ega. ZD – grafika bilan
ishlashda u tizimning umumiy unumdorligini pasaytirib yubormasligi uchun
yetarlik darajada katta bo‟lishi kerak (128 dan 512 Mb gacha).