O’zgartirishlarni hisoblash bosqichida tizim natijalari obyektlarni
o‟zgartirishlarni (xarakatlari) ko‟rsatish uchun foydalaniladigan matematik
hisoblashlarni bajaradi.
Yoritish o‟lchamlari sahna va unda joylashgan obyektlarning
yoritilganligini aniqlaydi (yoritish – bu yorug‟lik manbaalarining geometrik
joylashuvidir). Keyin yozma tasvirlarga ko‟plab uchburchaklar va balandliklar
koordinatalari to‟plami shaklidagi koordinatalar va obyektlar belgilanadi. Undan
keyin olingan ma‟lumotlar geometrik ishlov berish uchun yuboriladi.
Geometrik ishlov berish bosqichi - bu jarayon bo‟lib, unda o‟zgartirish
hisoblashlari va yoritish bosqichlarida olingan balandliklar koordinatalari,
piksellarni shakllantirishda foydalaniladigan ma‟lumotlar formatiga aylantiriladi.
Oxirida, rendering bosqichida mos soyalashni (qoraytirishni) hisobga olgan
holda, zarur ranglar pikseli kadrlar (rasmlar) buferiga uzatiladi va to‟planadi.
Tekislash va kinematik samaralar. 3D – texnologiyalarini ishlovchilarning
asosiy maqsadlaridan biri – tezlatish apparati vositasi yordamida to‟la sahna
masshtabida, tasvirni tekislashni ta‟minlash hisoblanadi. Tasvirlanayotgan kenglik
obyektlarining pog‟onalashuvi hodisasi, tasvirlovchi qurilma obyekt to‟g‟risida
qayta ishlashi mumkin bo‟lganidan ko‟p ma‟lumot olganida sodir bo‟ladi. Natijada
turli xil rangdagi ko‟p burchaklilarni ajratuvchi chegaralar bo‟ylab kemtiklar paydo
bo‟ladi, qiya chiziqlar pog‟onalarga aylanadi. Tekislashda qo‟shni piksellar
aralashib ketadi, bu esa tekis o‟tishlarni yaratish imkonini beradi.
Silicon Grahics mutaxassislari tomonidan ishlangan yana bitta uslubda
yig‟ish buferlaridan foydalanilgan. Bunda bir necha buferlar to‟lganda grafikaviy
mikrosxema ularning ma‟lumotlarini qo‟shadi, bu esa tasvirga yaxshi ko‟rinish
berish imkonini yaratadi.
Keyinchalik firma 3dfx T-Bufler uslubini yaratdi, u to‟la ekranda tekislash-
86
dan iboratdir. Bu texnologiya turli xil kinematik samaralardan, shu jumladan,
tasvirning ko‟rinish aniqligi (depth of feeld) df xarakatdagi tasvirning (motion
blur) yuvilganlik darajalaridan foydalanish imkonini beradi.