uchun?», «qanday qilib?», «nimaga yo’q?», «agar…»




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/84
Sana02.02.2024
Hajmi3,13 Mb.
#150160
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

uchun?», «qanday qilib?», «nimaga yo’q?», «agar…» kabi savollarni berishi 
mumkin bo‟lsin.
Ekspert tizimlarini loyihalashda uni barcha zarur qismlarini (mantiqiy 
chiqarish qurilmalari, bilimlar bazasi, bilimlarni olish, tushuntirish va muloqat 
qismlari) to‟la mustaqil qilib ishlash zarurati yo‟q.
«Bo‟sh» ekspert tizimlari sifatida quyidagi bazaviy tizimlardan foydalanish 
mumkin: All-TX, Expert, Emycin, Exsys, Guru, Zoops, Mycin va boshq. 
Yuqori malakali mutaxassislar faoliyatini takrorlovchi avtomatlashtirilgan 
interpretatsiya texnologiyasini ro‟yobga chiqarish umumlashtirilgan hisob - logik 


81 
yoki taqsimlangan sun‟iy intellekt tizimlari shaklida amalga oshiriladi. Bunday 
tizimning dasturiy ta‟minoti ikkita qismni o‟z ichiga oladi: 
- avtomatlashtirilgan interpretatsiyalashning turli hil masalalarini yechish 
uchun mo‟ljallangan ishlov beruvchi dasturlar intellektual majmualari to‟plami;
- ekspert tizimlari yig‟indisi. 
Intellektual majmualar funktsional dasturlash tamoyillarida yaratiladi. 
Ma‟lumotlarga ishlov berish jarayonlari bilimlar bazasini yaratadi. Ular hisoblash 
jarayonini amalga oshirish vaqtida aniq ma‟lumotlarga ishlov berishga qaratilgan, 
o‟zida yo‟naltirilmagan grafani ifodalovchi, funktsional semantik tarmoq shaklida 
amalga oshiriladi. Bu degani, aniq masalalarni yechishda ma‟lumotlarga ishlov 
berish qattiq emas, balki, o‟zi to‟g‟rilanadigan grafalar bo‟yicha bajariladi. Ular 
avtomatik 
shakllantiriladi, 
o‟ta murakkab vaziyatlarda esa mutaxassis 
qatnashuvida, qo‟yilgan talablar, boshlang‟ich ma‟lumotlar tarkibi va qator 
tekshiriladigan sturlioitlar hamda cheklashlardan kelib chiqib shakllantiriladi.
Ekspert tizimlari mutaxassis – ekspertlarda mavjud taxlil qilish, 
umumlashtirish va xulosalarni shakllantirish bo‟yicha shakllangan maxsus 
bilimlarni va nazariy asoslangan matematik jarayonlarni qo‟llab, bilimlar 
bazasidan foydalanish asosida, ma‟lumotlari chuqur avtomatlashtirilgan ishlov 
berish va qarorlarni shakllantirish tamoyillarini ro‟yobga chiqaradi. 
Yuqorida keltirilgan yondashuvlarga mos tarzda, YTLAT ishini barcha u 
bilan mantiqiy bog‟langan funktsional tizimlar bilan integratsiyalash, uning ayrim 
elementlarini kontsetual va fizik loyihalashni amalga oshirish yer tuzishnining 
ayrim tashkil etuvchilarini avtomalashtirishning oqilona va unifikatsiyalangan 
modelini yaratish va shuning hisobiga malumotlar ortiqchaligini nafaqat ayrim 
pastki tizimlarda, balki, butun tizim ichida tugatishga erishish mumkin. Bu esa 
loyihachilar mehnati unumdorligini va ishlanayotgan loyihalar sifatini keskin 
oshirish imkonini beradi. 
Shunday qilib, barcha turdagi yer tuzish ishlari uchun yagona ma‟lumot 
kengligini yaratish bo‟yicha aniq qadam va avtomatlashtirilgan yer tuzishni 


82 
loyihalash, xaritalash va Davlat yer kadastrini yuritishni bosqichma - bosqich 
amalga oshirish uchun poydevor qo‟yiladi. 

Download 3,13 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



uchun?», «qanday qilib?», «nimaga yo’q?», «agar…»

Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish