KMIBAT - kartografik ma‟lumotlarga ishlov berish tizimi;
kompyuter texnologiyalari – ma‟lum tashkiliy tarkibda tanlangan texnik
vositalar majmuidan foydalanib, ma‟lumotlarni saqlash, qayta ishlash va ko„rsatish
vazifalarini bajaradigan dasturiy vositalar to„plami;
nuqta – bu koordinatalari va ularga qo„shimcha ta‟riflari bilan tasvirlanuvchi
ob‟ektdir.
tugun – bu chiziq yoki poligon turidagi kenglik ob‟ektlarini vektorli
ko„rinishdagi egilishining boshlang„ich yoki oxirgi nuqtasi bo„lib, u atributlarga
ega va unda kesishadigan egilishlarning barchasi bilan topologik aloqalarni
belgilaydi;
chiziq – bu vektor ko„rinishidagi kenglik ob‟ekti bo„lib, plandagi aniq
koordinatalarga ega, kamida ikkita ketma-ket turgan nuqtalardan tashkil etilgan
bo„ladi;
poligon – vektor ko„rinishidagi ikki o„lchamli ob‟ekt bo„lib, yopiq ketma-
ketlikda ulangan egri chiziqlar, yoylar va segmentlardan tashkil topgan ichki
nuqtalari va qo„shimcha tasvirlari bilan aniqlanadi;
rastr – bu tasvir elementlarining (piksellar) to„g„ri burchakli raqamli
matritsasidir; piksel – tasvir elementi (tasvirning eng kichik bo„lagi) bo„lib, tasvirni
diskretlash natijasida olinadi;
rastrli ko‘rsatish (ma’lumotlarning rastrli modeli) – bu ob‟ekt sinfi
qiymatlari biriktirilgan rastr kataklari (piksellar) to„plami shaklidagi kenglik
ob‟ektlarining raqamli ko„rinishidir;
kenglik – lokal ma‟lumotlar (kenglik ob‟ekti to„g„risidagi ma‟lumotlar,
kenglik ma‟lumotlari, geografik ma‟lumotlar) – bu kenglik ob‟ektlari to„g„risidagi
raqamli ma‟lumotlar bo„lib, o„z ichiga ularning xususiyatlari (kenglik va nokenglik
atributlari) va ularnikenglikda lokallashtirish to„g„risidagi ma‟lumotlarni oladi;
qishloq xo‘jalik yerlari – qishloq xo„jaligi ahamiyatidagi yerlarning bevosita
qishloq xo„jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yoki em-xashak bazasi sifatida
146
foydalanilayotgan yohud foydalanilishi lozim bo„lgan asosiy qismi; Qishloq
xo„jalik erlari haydaladigan yerlar, ko„p yillik daraxtzorlar, bo„z yerlar,
pichanzorlar va yaylovlardan tashqil topadi.