yer uchastkasi garovi (ipotekasi) – yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan
er uchastkasini yoki unga bo„lgan huquqni majburiyatni ta‟minlash sharti bilan
boshqa shaxsga o„tkazilishi;
yer munosabatlari – davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy
shaxslar o„rtasidagi erga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarrf qilish
bilan bog„liq munosabatlar;
servitut – yuridik va jismoniy shaxsning bir yoki bir nechta begona er
uchastkalaridan kelishuv yoki sud qarori asosida belgilanadigan cheklangan
foydalanish huquqi;
skaner (skanerlovchi qurilma) – bu tasvirlarni EHMlarga avtomatlashgan
tarzda rastrli formatda kiritish uchun tasvirni o„zgartiruvchi qurilma;
ETLATning funksional tarkibi - o„zaro bog„langan ichki tizimlar, bloklar,
tizim va uning ayrim bo„laklari bajaradigan vazifalarga mos ajratilgan masalalar
majmualari yig„indisi;
ETLATning texnik ta’minoti (texnik vositalar, texnika) – bu er tuzishni
loyihalashning avtomatlashgan tizimining texnik jihozlari bo„lib, o„z ichiga
kompyuter va boshqa mexanik, magnitli, elektr, elektron va optik ulanma
qurilmalarni yoki EHM boshqaruvida yoki mustaqil ishlaydigan shunga o„xshash
asboblarni hamda ETLAT faoliyati uchun zarur har qanday qurilmani oladi;
ETLATning texnik-dasturiy ta’minoti – bu yer tuzishni loyihalashning
avtomatlashgan tizimining texnik va dasturiy ta‟minotlari yig„indisi;
yer uchastkasi – yer sirtining qayd etilgan berk chegaraga, maydonga,
joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat er kadastrida aks ettiriladigan
boshqa xususiyatlariga ega bo„lgan qismi;
yer fondi – yer sirtining, xususan suv ob‟ektlari tubining O„zbekiston
Respublikasining davlat chegarasi, Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar,
tumanlar, shaharlarning ma‟muriy chegaralari ichida joylashgan qismi;
yer tuzish – erlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashqil etishga,
er resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay eqologik muhitni vujudga
143
keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki
xo„jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimi;