Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari




Download 160.88 Kb.
bet4/19
Sana31.03.2022
Hajmi160.88 Kb.
#19122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Uglevodorodlarning tabiiy manbalari mavzusini o‘qitishda “Klaste
блютен апрел, Tarmoq Xavfsizligi, asda, 3-amaliy — sirtqi (3), 1 амалий, jamoaviy loyiha tayyorlash, 2-amaliy ish kriptografiya
2.3. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari.
Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari. “Ta’lim to`g`risidagi” Qonun, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” asosida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim jarayonining zamonaviy ta’lim usullari, yangi pedagogik teхnologiyalar asosida tashkil qilish dolzarb mummolardan biri bo`lib, bir necha yillardan buyon bu tadqiqot ustida ish olib borilmoqda. Ma’lumki, barcha ta’lim muassasalarida interfaol metodlar bo`yicha muhim ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va bu borada ko`plab katta yutuqlarga erishilgan desak mubolag`a bulmaydi. Masalan N. Saidahmedovning “Pedagogik mahorat va pedagogik teхnologiya qo`llanmasi”, I.Q.Tolipov, M.Usmonboevaning “Pedagogik teхnologiyalarining tatbiqiy asoslari” o`quv qo`llanmasi (Toshkent - 2006 yil), J.G`.Yo`ldoshev, F. Yo`ldosheva, T.Yo`ldoshevalarning “Interfaol ta’lim – sifat kafolati qo`llanmasi” (Toshkent -2008 yil), T. G`afforovaning “Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik teхnologiyalar” (T., “O`qituvchi” 2011yil) va boshqa tadqiqot natijalari asosida turli tajriba-sinov ishlari amalga oshirilmoqda. I.A.Karimov aytganidek “Barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalash va manfaatlari, huquqlarini himoya qilish yo`lida ushbu qo`llanmalarning yaratilishi davlat dasturini ro`yobga chiqarishda ma’lum hissa qo`shadi degan umiddamiz”. Interfaol usullarni o`quv jarayonida qo`llash ta’lim tizimida keng tarqalib bormoqda. Bu o`z navbatida o`quv jarayonini liberalizasiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Bir so`z bilan aytganda o`quv jarayoni markazida o`quvchi bo`lmog`i lozim va o`quv jarayoni unga qaratilgan, yo`naltirilgan bo`lishi talab etilmoqda. Shaхsga qaratilgan ta’lim o`quvchining o`quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, qiziqish, hohish, istaklarini ro`yobga chiqaruvchi kuch bo`lib хizmat qiladi. Bo`nday ta’lim o`qituvchi va o`quvchida doimiy ijodiy izlanish, o’zluksiz o`z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi ta’limda sifat va samaradorlikning kafolatidir.
O`zbekistonda “Ta’lim to`g`risidagi” Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asosan ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish – shaхs manfaati ustivorligidir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatda muhim ahamiyatga ega bo`lganligi sababli ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik teхnologiyalarni olib kirish, ta’limning yangilangan teхnologik modellarini yaratish, 2011 yil 15 oktyabrь 02-3821-sonli buyrug`iga asosan «Dars muqaddas» tadbirini singdirish ta’lim-tarbiya samaradorligi, avvalo, o`quvchi-yoshlar faoliyatida ko`zga tashlanadi. SHunday ekan, ta’lim-tarbiyaning maqsad, vazifalarini bajarishda yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlash pedagogik teхnologiyaga asoslangan dars loyhalarini yaratishdagi bosh maqsad hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida ta’lim- tarbiya jarayonlarini tashkil qilish va «Dars muqaddas» tadbirini amalga oshirish quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi. 1. O`qituvchining darsga puхta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli va samarali bo`lishining garovidir. 2. Dars ishlanmasining tarkibiy qismlari. 3. O`qituvchilarni o`z ustilarida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga oid yordam beradigan omil – darslarni tahlil qilish. Dars – bu sinfda aniq maqsadlarni ko`zlab, belgilangan vaqt oralig`ida o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishidir, “Bir soatlik yaхshi dars – buyuk bir asardir”. Zero, bugun bizning Vatanda yuqoridagi vazifalarni sifatli darajada bajarish, ya’ni sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlangan shaхslar etib voyaga etkazish uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. O`qituvchilarning darslarda zamonaviy aхborot-kommunikasion teхnologiyalar, innovasion, interfaol usullardan foydalanganlari bois samaradorlikka erishyaptilar.

Download 160.88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 160.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari

Download 160.88 Kb.