139
Oliy ta‘lim muassasalarida o‗qitiladigan ―Web dasturlash asoslari‖
umumkasbiy fanini tа‘limiy mobil ilovadan foydalanib о‗qitish bо‗yicha
о‗tkazilgan tajriba-sinov ishlaridan olingan natijalar
quyidagi xulosalarni
chiqarishga imkon berdi:
Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish va ularning natijasini tahliliga kо‗ra,
о‗quv jarayonida loyihaviy yondashuv asosida aralash tа‘lim texnologiyasidan
foydalanish va dars samaradorligini oshirishga erishishda tа‘limiy
mobil ilovalar
о‗quv jarayonining muhim didaktik vositasi ekanligi aniqlandi.
Pedagogik tajriba-sinov tа‘limiy mobil ilovalarning talabalar bilim darajasiga
tа‘sirini о‗rganish maqsadida olib borildi va uning natijаlari mаtematik statistika
usullari yordamida tahlil qilindi. Ushbu jarayonda qо‗yilgan
farazni tekshirish
uchun kuzatishlar va tajribalar orqali aniq mа‘lumotlar olinib, farazga muvofiq
nazаriy jihаtdan kutilayotgan mа‘lumotlar taqqoslanib kо‗rildi.
O‗tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijasi shuni kо‗rsatdiki, mobil ilovalar
orqali tа‘lim oluvchilarni о‗quv
materiali bilan ishlash, bilimlarni mustaqil izlab
topish va amalda qо‗llash bо‗yicha kо‗nikmalarini
rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega. Oliy tа‘lim muassasalarida ―Web dasturlash asoslari‖
umumkasbiy fani tа‘limiy mobil ilovalardan foydalanib о‗qitish jarayonida tajriba-
sinov guruhlarida ―а‘lo‖ va ―yaxshi‖ baho olgan о‗quvchilar soni ortgan,
―qoniqarsiz‖ va ―qoniqarli‖ baho olganlar soni nazorat
guruhlariga nisbatan
kamaygan.
Tadqiqot ishidan olingan natijalarni о‗quv jarayoniga tatbiq qilishda loyihaviy
yondashuv asosida aralash tа‘lim texnologiyasidan foydalanib talabalarga berilgan
topshiriqlarni bajarish va bilimlarni о‗zlashtirish darajasi bо‗yicha samaradorlik
mezonining kо‗rsatkichlari sifatida ―Styudent kriteriyasi‖dan foydalanildi. Tajriba
natijalari ilmiy jihatdan asoslanib tegishli xulosalarga kelinganligi bois ―Web
dasturlash asoslari‖ fanini о‗qitish metodikasi takomillashtirilganligi, talabalarning
о‗zlashtirishini 14 % oshganligi bilan о‗z isbotini topdi.