3
KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya
mavzusining
dolzarbligi
va
zaruriyati.
Jahonda
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida ta‘lim jarayonini progressiv usullar
yordamida boshqarish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan,
jumladan,
mobil texnologiyalardan keng foydalanilib
1
,
bu boradagi mavjud muammolar jadal
sur‘atlar bilan tadqiq etilmoqda. Ayniqsa, dunyo oliy ta‘lim muassasalari reytingini
boshqarib turgan Garvard universiteti (AQSh), Oksford va Edinburg universitetlari
(Buyuk Britaniya), Sorbonna universiteti (Fransiya),
Seul milliy universiteti
(Janubiy Koreya), Singxua universiteti (Xitoy), Kioto universiteti (Yaponiya) kabi
ta‘lim tizimi rivojlangan davlatlar universitetlarida mobil texnologiyalar asosida
ta‘lim jarayoni samaradorligini oshirish muammolari fan va ta‘lim tizimini
raqamlashtirish bilan birga rivojlanmoqda.
Dunyo miqyosida ta‘lim jarayonini samarali tashkil etishning eng ilg‗or
texnologiyalarini qo‗llash, mobil texnologiyalar, jumladan, ta‘limiy mobil
ilovalardan o‗quv vositasi sifatida foydalanish bo‗yicha dasturiy va metodik
ta‘minotlarni shakllantirish vazifalari muhim pedagogik muammo hisoblanadi. Bu
muammoni hal etish nafaqat o‗qituvchilardan pedagogik faoliyatda mobil
texnologiyalardan foydalanish bo‗yicha tashkiliy sa‘y-harakatlarni,
balki oliy
ta‘lim muassasalarining o‗quv jarayoniga ta‘limiy mobil ilovalarni tatbiq etish
strategiyalari, shakl va usullarini joriy etish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot va uslubiy
ishlarini talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, ta‘limiy
mobil ilovalarni yaratish
texnologiyasi va ulardan foydalanish metodikasini takomillashtirish zaruriyati
mavjud.
Respublikamizda ta‘lim tizimini raqamli texnologiyalar asosida
modernizatsiya qilish uchun izchil harakatlar amalga oshirilmoqda. O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son ―2022 — 2026
yillarga mo‗ljallangan Yangi O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‗g‗risida‖gi
1
Рекомендации ЮНЕСКО по политике в области мобильного обучения. (UNESCO Policy Guidelines for
Mobile Learning). Unesco Publishing- 2015. ISBN 978-92-3-400004-8.
https://iite.unesco.org/pics/publications/ru/files/3214738.pdf
4
Farmoni 42-maqsadiga muvofiq, ―...Milliy o‗quv dasturiga asosan 2026 yilga
qadar 699 nomdagi, shu jumladan 2022 yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq
daftarlari, o‗qituvchi metodika kitoblari hamda mobil ilovalarni yaratish‖ kabi
vazifalarga katta ahamiyat beriladi. Bu esa o‗z navbatida ta‘limiy mobil ilovalarni
yaratish texnologiyasini takomillashtirish va ulardan foydalanish metodikasi
bilan
bog‗liq dissertatsiya mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-
son ―O‗zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi [1], 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son
―Raqamli O‗zbekiston-2030‖ strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi [2], 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son
―2022—2026 yillarga mo‗ljallangan Yangi O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‗g‗risida‖gi [6], 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42-son ―Iqtisodiyot tarmoqlari uchun
muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarorlari [5], O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi 556-son ―Axborot
texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida
yosh mutaxassislarni
rag‗batlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ gi Qarori [7] va
mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada
xizmat qiladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi-ning asosiy
ustuvor yo‗nalishlariga bog‗liqligi. Mazkur
tadqiqot Respublika fan va
texnologiyalar rivojlanishining I.«Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni
ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma‘naviy ma‘rifiy rivojlantirishda
innovatsion g‗oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‗llari»
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha bajarilgan.