Elsevier bo'yicha jami 36360




Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/85
Sana08.01.2024
Hajmi11,25 Mb.
#132231
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Elsevier bo'yicha jami 36360 


27 
olmaydi, lekin to‗g‗ri qo‗llanilsa, u mavjud ta‘lim uslublarining qiymatini oshirishi 
mumkin [41]. 
Global miqyosda mobil telefonlardan ta‘lim maqsadlarida foydalanish 
tendentsiyasi o‗sib bormoqda va ko‗plab guruhlar, ayniqsa o‗qituvchilar va 
talabalar ushbu qurilmalardan ma‘lumot almashish, lug‗atlar va tezkor maslahat 
berish uchun foydalanadilar [109]. Mobil ilovalarni esa, ta‘limda raqamli 
texnologiyalardan foydalanish uchun yangi imkoniyat sifatida tasvirlangan [40]. 
N.Mittal mobil texnologiyalar ishtirokidagi o‗rganish ushbu texnologiyalardan 
foydalanishga bo‗lgan munosabatlardan biri sifatida qabul qiladi [45]. Z.Abas 
izlanishlarida mobil ta‘limni qabul qilish, shuningdek, odamlarning jarayon yoki 
holatni o‗zgartirish yoki undan chiqishga urinmasdan tan olishi sifatida ta‘riflangan 
[8]. Ball va Levi o‗z tadqiqotida professor-o‗qituvchilarning yangi o‗qitish 
texnologiyalarini qabul qilishlari va ulardan foydalanish niyatida "tajriba" muhim 
rol o‗ynashini ta`kidlaydilar [12]. Chun o‗zining tadqiqotida o‗qituvchilarning 
mobil ta‘lim tizimlaridan foydalanish tajribasini o‗rganishga harakat qilgan. Uning 
xulosalari beshta mavzuni aniqlaydi, jumladan: (a) o‗qituvchilarning mobil 
ta‘limni idrok etishi, (b) mobil ta‘limni qabul qilish motivlari, (c) mobil ta‘limdan 
foydalanishdagi xatti-harakatlar standartlari, (d) mobil ta‘limni qabul qilishdagi 
qiyinchiliklar, (e) mobil ta‘limdan foydalanishning afzalliklari [18]. Gan va 
Balakrishnan olib borgan tadqiqotlarda esa, mobil texnologiyalarni ma‘ruzalar 
davomida о‗quv vositasi sifatida qabul qilishga ta‘sir kо‗rsatadigan va shu bilan 
birga о‗qituvchi hamda talabaning о‗zaro munosabatlarini yaxshilashi mumkin 
bо‗lgan omillar, jumladan, foydalanish qulayligi, о‗z-о‗zini rivojlantirish va 
boshqa jihatlariga e‘tibor qaratadi [26]. Kentukki va Tennessi kollejlari professor-
o‗qituvchilari Tomas va boshqa bir qator olimlar o‗z tadqiqotlarida Internetga 
kirish, ta‘lim dasturlari, kalkulyatorlar va kalendarlarni o‗z ichiga olgan mobil 
ta‘limni qabul qilishning hal qiluvchi omillarini aniqladi [72]. Biroq ehtimoliy 
to‗siqlar orasida talabalarni aldash, Internetdagi nomaqbul ma‘lumotlar, 
kiberbuzg‗unchilik va boshqa xavflar mavjudligini ham unutmaslik lozim. Boshqa 
bir tadqiqotda Bere va Rambe rivojlanayotgan mamlakatdagi oliy ta‘limda mobil 


28 
ta‘limni ko‗rib chiqdi [13]. Tadqiqot natijalari bilim almashish, akademik guruhlar 
hamkorligini rivojlantirish va bevosita muloqot orqali hamkorlikda o‗rganish 
imkoniyatlariga ishora qiladi. Ushbu tadqiqotda tavsiya etilgan ta‘limiy mobil 
ilova umumiy o‗quv muhitini samarali tashkil etishda qulay vosita bo‗lishi, bu esa 
o‗z navbatida faol o‗rganish imkoniyatlarini oshirishi mumkin. 
Kafyulilo o‗qituvchilarning uyali 
telefondan 
foydalanish haqidagi 
tasavvurlarini o‗rganib chiqdi va ular o‗quvchilarning xatti-harakatlariga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatishi sababli mobil telefonlardan foydalanishning kamayishiga urg‗u 
berishlarini aniqladi [34]. Chen o‗z tadqiqotida talabalar va o‗qituvchilarning 
o‗rganishda mobil telefondan foydalanishni idrok etishi va qabul qilishini ham 
o‗rganib chiqdi va ularning natijalari idrok va qabul qilish o‗rtasidagi ijobiy 
munosabatni ko‗rsatdi [16]. Ilci Yaqin Sharq Texnika Universitetining Ta‘lim 
fakultetidagi o‗qituvchilarning mobil ta‘limga tayyorligi va mobil ta‘limni qabul 
qilish darajasini o‗rganib chiqdi. Natijalar shuni ko‗rsatdiki, o‗qituvchilarning m-
ta‘limga tayyorligi va m-ta‘limni qabul qilish darajasi o‗rtacha [30]. Shuningdek, 
Bere va Rambe tadqiqotlarida o‗qituvchilarning malaka oshirish kollejlarida mobil 
ta‘limga tayyorgarligi ham o‗rganildi. Natijalar bo‗lajak o‗qituvchilarning 
tayyorgarligi jinsga qarab farq qilmasligi va ular mobil texnologiyalardan asosan 
muloqot qilish, o‗qish, ma‘lumotlardan foydalanish va rejalar tuzishda 
foydalanishini 
ko‗rsatdi 
[13]. 
Braun 
o‗z tadqiqotlarida oliy ta‘lim 
o‗qituvchilarining mobil ta‘lim haqidagi tasavvurlariga to‗xtalib, natijalar mobil 
ta‘lim vositalari har qanday vaqt va har qanday joyda bilim olishda, o‗qitish va 
o‗rganishga yondashuvlarda foydali ekanligini ta‘kidlaydi. Bundan tashqari ushbu 
texnologiyalar auditoriyada o‗qitish strategiyalarini shakllantirishda samarali 
ekanligi, kasbiy ta‘lim berishda ayniqsa foydali ekanligini, o‗qituvchi va talaba 
muloqotini osonlashtirishini ko‗rsatdi [15]. 
Enayati va boshqalar o‗quvchilarga ta‘lim mazmunini taqdim etishda mobil 
telefonlardan foydalanish bo‗yicha tadqiqot o‗tkazdilar. Natijalar shuni ko‗rsatdiki, 
dars materiallarini mobil telefonlar va/yoki matnli xabarlar orqali yetkazish bir 
muncha samarali, ammo, ta‘lim mazmunini taqdim etishning bu usuli ma'ruza 


29 
mashg‗ulotlarida nisbatan katta afzallikka ega emas [24]. Kaliisa va Picard 2010 va 
2016 yillar oralig‗ida Afrika oliy ta‘lim tizimlarida mobil ta‘lim bo‗yicha chop 
etilgan tadqiqotlarni ko‗rib chiqdi va tizimli tahlil qildi [35]. Ularning xulosalari 
shuni ko‗rsatdiki, oliy o‗quv yurtlarida mobil ta‘lim talabalar va o‗qituvchilar 
hamkorligini kuchaytiradi. Bu tezkor aloqani ta`minlaydi, talabalarning faol 
ishtiroki va o‗zaro ta‘sirini oshiradi, haqiqiy o‗rganish va reflektiv amaliyotni 
osonlashtiradi, shuningdek, o‗quv jamoalariga kuch beradi va o‗qituvchilarning 
yondashuvlarini o‗zgartiradi. Natijalar oliy taʼlim muassasalariga mobil taʼlimni 
integratsiyalashdagi asosiy muammolarni ham taʼkidlab оʻtadi: yomon texnologik 
infratuzilma, ilgʻor mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyatining yоʻqligi, 
оʻqituvchilar orasida m-learning pedagogik mahoratining yоʻqligi, talabalar va 
оʻqituvchilarning yomon munosabati, mobil qurilmalardan foydalanishning ba‘zi 
ta‘lim muassasalari ichki tartib-qoidalariga mos kelmasligi, ta‘limni mobil ilovalar 
yordamida amalga oshirish va boshqarishga asos qilinadigan siyosatlarning 
yо‗qligi. 
Tadqiqot mavzusi bilan bog‗liq adabiyotlar tahlili shuni ko‗rsatadiki, mobil 
ta‘lim odatda ilg‗or texnologiya sifatida qabul qilinib, ta‘limiy mobil ilovalar 
bo‗yicha jiddiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Biroq, mobil ta‘lim tadqiqotlari mobil 
ilovalari bilan solishtirganda, tadbiq etish metodikasi hamda ta‘limiy mobil 
ilovalarni yaratish va ulardan foydalanish bo‗yicha juda kam tadqiqot o‗tkazilgan. 
Shuningdek, o‗qituvchilar va o‗quvchilar o‗rtasida yangi texnologiyalardan 
xabardorlik, yangilikni tezkor qabul qilish, foydalanish imkoniyati va texnologik 
ko‗nikmalarning past darajasi tufayli ko‗plab mamlakatlarda "mobil ta‘lim" 
muvaffaqiyatli amalga oshirilmayapdi [17]. Mac Callumning fikriga ko‗ra, mobil 
ta‘limning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi asosan o‗qituvchining qabul qilinishi 
bilan belgilanadi [43]. Talabalar va o‗qituvchilar orasida mobil ta‘limni qabul 
qilish juda muhim, chunki mobil texnologiyalardan foydalanib, ta‘limni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish talabalarga ta‘sir qiluvchi omillarni tushunishga va 
о‗qituvchilarning ushbu usulni qabul qilishga bog‗liq. Mobil ta‘lim dunyoning 
ko‗p qismlarida mashhur tadqiqot sohasiga aylangan bо‗lsa-da, mobil ta‘limni 


30 
qabul qilishga ta‘sir qiluvchi omillar bo‗yicha tadqiqot ishlari cheklanganligini 
ta`kidlaydi. Texnologik dunyoda mobil ta‘limning jadal rivojlanishini hisobga 
olgan holda, mobil ta‘limga tayyorlik va uni qabul qilish tadqiqotning muhim 
yo‗nalishlari sifatida paydo. 
Oliy oʻquv yurtlarida ham akademik hamjamiyat aʼzolari oʻrtasida mobil 
qurilmalardan kundalik faoliyatida foydalanish tendentsiyasi kuchaymoqda [66] va 
talabalar bu qurilmalar oʻzlarining akademik vazifalarining ajralmas qismi 
ekanligini anglab yetdi [22].
Boase va Ling tomonidan olib borilgan tadqiqotda mualliflar mobil 
qurilmalardan foydalanish bo‗yicha tadqiqotlarning taxminan 40% jurnallarda 
chop etilgan maqolalar (2003 va 2010 yillar oralig‗ida 41 ta maqola) 
so‗rovnomalarga asoslanganligini ta`kidlaydi [14]. Bu esa mobil ta‘lim 
shakllanishi uchun yetarlicha vaqt sarflanganligini anglatadi. 

Download 11,25 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish