31
Tadqiqot davomida dunyo universitetlari reytingini e‘lon qiluvchu to‗rtta
tashkilot THE, QS, CWUR, ARWUning 2020-2021 yildagi ro‗yxatidan
foydalangan holda dastlabki 35 ta eng nufuzli OTMlar ro‗yxati shakllantirildi (1-
ilovaga qarang). Unga ko‗ra jami 140 ta (4*35=140) OTM ro‗yxati unikal 60 ta
OTM nomining takrorlanishidan hosil bo‗ldi. Ushbu ro‗yxatni regional tahlil
qiladigan bo‗lsak, uning grafik ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi (3-ilovaga qarang):
1.9-rasm. THE, QS, CRUW, ARWU reytingidagi nufuzli 35 talikka kirgan
OTMlar sonining mamlakatlar bo‗yicha taqsimoti.
Biroq yuqoridagi holat regional umumiy xulosa
chiqarish uchun yetarli
emas. Shu sababli qit‘alar bo‗yicha statistikani oldik va har bir region bo‗yicha eng
nufuzli o‗nta OTM ro‗yxatini shakllantirdik va ulardagi mobil ta‘lim
platformasining mavjudligiga e‘tibor qaratdik (4-ilovaga qarang).
Yuqoridagi jadval maʼlumotlarga asoslanib, maʼlumotlar toʻplamimizdagi
barcha ta‘lim muassasalari u yoki bu shaklda mobil ilovasi mavjudligini kuzatamiz.
Maʼlumotlar majmuamizdagi 60 ta universitetdan 55 tasida mobil-web ilovalar, 59
tasida android uchun va barchasida iOS platformasi uchun
mahalliy mobil ilovalar
mavjud.
28
3
2
10
2
1
1
4
2
4
2 1
AQSH 28 ta
Kanada 3 ta
Avstraliya 2 ta
Buyuk Britaniya 10 ta
Shveytsariya 2 ta
Daniya 1 ta
Germaniya 1 ta
Fransiya 4 ta
Yaponiya 2 ta
Xitoy 4 ta
Singapur 2 ta
Janubiy Koreya 1 ta