24
auditoriya darslarining barcha turlarini o‗tkazishning ajralmas atributiga aylangan
bo‗lib, amaliy dasturiy paketlar va elektron o‗quv muhitlari bilim olish
jarayonlarida qog‗oz va boshqa turdagi konselyariya vositalaridan foydalanishni
ancha kamaytirdi [87].
Texnologiya so‗nggi bir necha o‗n yilliklar ichida dunyodagi deyarli barcha
narsalarga ta‘sir ko‗rsatmoqda. Dunyo ta‘lim berishning inqilobiy usuliga guvoh
bo‗ldi. Ushbu ta‘lim tizimi mobil ta‘lim dasturlari ixtiro qilinishi bilan izohlanadi
va bu yangi ta‘lim uslubiga juda mos keladi. Mobil ilovalar bizga cheksiz
ma‘lumotlarga kirish imkoniyatini beradi.
Tadqiqot davomida, o‗quv-biluv faoliyatini tashkil etish jarayonida ta‘limiy
mobil ilovalardan samarali foydalanishning xorij tajribasini o‗rganishni quyidagi
bosqichlar asosida amalga oshirildi:
1.5-rasm. Mobil ta‘limni tashkil etish va/yoki ta‘lim jarayoinida mobil
ilovalardan foydalanishning xorij tajribasini o‗rganish bosqichlari.
1-bosqich. Ilmiy adabiyotlar va davriy nashrlar bozorining keng miqyosdagi
tahlili shuni ko‗rsatdiki, beshta eng yirik nashriyot - Elsevier, Wiley, Taylor &
Frencis, Sage va Springer hozirda ilmiy dunyoning 50% dan ko‗prog‗ini nazorat
qilmoqda. Scopus ma‘lumotlar bazasi esa Elsevier nashriyot korporatsiyasi
tomonidan nashrlarning ilmiy iqtiboslarini kuzatish imkoniyatiga ega dunyodagi
eng yirik universal ma‘lumotlar bazasi sifatida qaraladi.
Scopus tasniflash tizimi 24 ta tematik bo‗limni o‗z ichiga oladi.
Tadqiqot davomida Scopusdan quyidagi tematik bo‗limlar tanlanib, saralash
amalga oshirildi.