17
1.3-rasm. Web-trafikning mobil OS bo‗yicha ulushi [141].
Biroq 2020 yil yanvar – dekabr oylari mobaynida
ommalashgan Google
qidiruv tizimidan foydalanib amalga oshirilgan so‗rovlarning top 20 taligi orasida
ta‘lim bilan bog‗liq resurslar so‗rovini uchratish qiyin. Bu fikr 2021 yil davomida
ham o‗z kuchida qolgan.
1.4-rasm. Google qidiruv tizimi bo‗yicha eng ko‗p so‗rovlar 20 taligi.
Bunday natijalarga asosiy sabab sifatida o‗zbek tilidagi materiallar kamligi va
ta‘limiy mobil ilovalar ko‗rinishidagi resurslarning yetarli emasligi bilan
izohlashimiz mumkin.
18
Shunday ekan, ta‘lim jarayonida yuzaga kelgan so‗nggi va muhim
o‗zgarishlardan biri mobillikning zaruriyatga aylanishidir.
Joriy tendentsiyalarga muvofiq elektron ta‘lim
taraqqiyotining keyingi
bosqichi mobil ta‘limga qaratiladi [60]. Mobil ta‘lim - mobil xizmatlar va elektron
o‗quv muhitlarini kesish nuqtasi bo‗lib, u har qanday joyda ta‘lim berish/olish
amaliyotiga olib keladi. Quyida mobil ta‘lim uchun tavsiya etilgan struktura
keltiriladi:
Mobil ta‘lim tuzilmasi turli funksional darajalarni belgilaydi,
shuningdek,
turli ishtirokchilar (masalan, chakana savdo korxonalari, telekom operatorlari,
dizaynerlar va h.k) alohida darajalarga ega bо‗lishlari
uchun dizayn va ishlab
chiqarishni soddalashtirish bilan shug‗ullanadi [49]. Bitta predmet uchun ushbu
tuzilmani qо‗llagan holda, mobil ta‘lim tizimlarini yaratish uchun hamma narsani
qilish
kerak emas, buning о‗rniga boshqalar tomonidan taqdim etilgan yuqori
darajadagi funksiyalarga asoslanish mumkin [50]. Ushbu tuzilma tо‗rt darajaga
bo‗linadi. Mobil ta‘lim uchun dastur darajasida ko‗plab
yangi ilovalar mavjud
bo‗lib, mavjud elektron ta‘lim dasturlarining ko‗pchiligi mobil muhit uchun
o‗zgartirilishi mumkin.
Ta‘limiy mobil ilovalar masofadan o‗qitishning kalitiga aylandi. Ayniqsa
pandemiya sharoitida ulardan foydalanishning kо‗payishi
tufayli talabalar
universitetdan tashqarida ta‘lim olishlari mumkinligini tushunib yetishdi. Ular
yordamida an'anaviy pedagogik faoliyatning kо‗pchilik vazifalarini masofadan
amalga oshirish mumkin va bunday ilovalar mobil qurilmalar bilan birgalikda
ajralmas ta‘lim vositasiga aylanib bormoqda [60].
Bugungi kunda mobil texnologiyalar ishtirokidagi ta‘lim
vaqt va makon
tushunchalarini ikkinchi darajaga tushirgan holda ta‘limni samarali tashkil etish
imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu kasbiy faoliyat turi va mehnat sharoitlaridan qat‘i