35
1.3-§. Respublikamizda ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanish darajasi
Mobil qurilmalar va ilovalar inson faoliyatining
barcha sohalariga kirib
bormoqda. Shaxsiy mobil qurilmalar yordamida Internetga ulanish moduli
mavjudligi sababli ma‘lumotlarga kirish tezligi sezilarli darajada oshadi va
ularning funksionalligi ba'zan o‗rnatilgan
foto va video kameralar, mikrofon,
geolokatsiya vositalari va boshqalar tufayli statsionar kompyuterlarning
imkoniyatlaridan oshib ketadi.
Oliy ta‘lim tizimida pedagogik jarayon sifati va samaradorligini oshirishning
muhim vositalaridan biri darsda innovatsion
pedagogik texnologiyalardan
foydalanish hisoblanadi va ularga mobil qurilmalar ham kiradi hamda ular kichik
hajmi, yuqori funksionalligi tufayli axborotga kirishning eng qulay vositasi
hisoblanadi [95].
Mobil qurilmalar ta‘limning
kundalik qismiga aylanib, o‗qituvchi va
talabalar o‗rtasidagi jonli muloqotga yordam beradi. Ta‘limda mobil
texnologiyalardan foydalanish ta‘lim rahbarlaridan tashkiliy sa‘y-harakatlarni,
о‗quv jarayoniga mobil ta‘lim strategiyalari, shakllari
va usullarini joriy etish
bо‗yicha olimlar va о‗qituvchilarning ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarini amalga
oshirishni talab qiladi [110].
Hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda ta‘lim muassasalarida mobil qurilmalarni
joriy etish muammolari eng faol muhokama mavzusiga aylangan. O‗quvchilarga
ta‘lim berishning zamonaviy usullarini, ta‘lim yutuqlarini
baholashning interaktiv
tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish muhokamalarning asosiy masalasi
sifatida ko‗rilmoqda. Mobil qurilmalardan foydalangan holda o‗qitish, talabalar
mustaqil ish shakllarini kengaytirish O‗zbekistonda ta‘lim sohasidagi islohotlar
jadal olib borilayotgan bir paytda ayniqsa dolzarb hisoblanadi [51].
Shu munosabat bilan yurtimizdagi OTM o‗qituvchilarning o‗z
kasbiy
faoliyatida mobil ta‘lim texnologiyalaridan foydalanishga tayyorgarligi va
foydalanilayotgan mobil ilovalar yuzasidan tadqiqot o‗tkazishni zarur deb
hisobladik. Bundan ko‗zlangan asosiy maqsad o‗qituvchilarning mobil
36
texnologiyalarni ta‘limga jarayonida qo‗llashga qanchalik tayyor ekanligini va
ularning kasbiy faoliyatida mobil ta‘lim texnologiyalari jumladan mobil ilovalarni
joriy etish bilan bog‗liq holatni tahlil qilishdan iborat.
Bu boradagi tadqiqot ikki bosqichda amalga oshirilib,
uning birinchi
bosqichida O‗zbekistonda foydalanish darajasini aniqlash [47] maqsadida ta‘limiy
mobil ilovalarning yuklanishi statistikasini tahlil qilishni maqsad qildik. Ikkinchi
bosqichi esa O‗zbekistondagi ba‘zi OTMlar pedagog-xodimlari va talabalari
o‗rtasida mobil ta‘lim va mobil ilovalar bilan bog‗liq so‗rovnoma o‗tkazishga
asoslangan.