-rasm. THE, QS, CRUW, ARWU reytingi bo‗yicha dunyo nufuzli




Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/85
Sana08.01.2024
Hajmi11,25 Mb.
#132231
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
1.10-rasm. THE, QS, CRUW, ARWU reytingi bo‗yicha dunyo nufuzli 
OTMlarining regional taqsimoti. 
Ba‘zi ta‘lim muassasalarida Windows Phone OS yoki Blackberry [116] kabi 
boshqa platformalar uchun mobil ilovalar mavjud bo‗lsa-da, dunyo mobil ilovalar 
bozoridagi ulushining kamligi sabab tadqiqotimizga Android va iOSdan boshqa 
platformalarni kiritmadik. 
Asosiy kuzatuvlardan ba‘zilari quyidagilardan iborat: 
• Mobil ilovalarning boshqa turlariga nisbatan universitetlarda ko‗proq mahalliy 
ilovalar mavjudligi aniqlandi. 
• Mahalliy ilovalarni taqdim etuvchi universitetlar asosan android, iOS platformalari 
uchun ilovalar yaratilgan. 
• Universitetlarda kamida bitta platforma uchun mahalliy ilova mavjud. 
Ko‗pchilik ta‘lim muassasalarining web-saytlari foydalanuvchilarga dastlabki 
asosiy ma‘lumotni yetkazish vositasi bo‗lsada, mobil ilovalar tendensiyasi tobora 
oshib bormoqda. Biz Garvard universiteti (http://www.harvard.edu/), Stenford 
universiteti (http://www.stanford.edu) va boshqa bir qator nufuzli universitetlarning 
veb-saytlarini o‗rganib chiqdik va ilovalarning eng muhim xususiyatlarini ajratdik. 
Veb-saytlardan mobilga davom etayotgan paradigma bilan, endi bu xususiyatlar 
mobil ilovalar orqali ta`minlanishi kerak. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: 
• ta‘lim muassasasining Interaktiv xaritalari 
454 
186 
132 
22 
347 
44 
Yevropa
Shimoliy Amerika
Janubiy Amerika
Afrika
Osiyo
Okeaniya


33 
• Qidiriladigan kutubxona/kurs kataloglari 
• Qabul jarayoni 
• TM bo‗ylab sayohat uchun videolar 
• Erishilgan natijalar / yutuqlar 
• Vaqt jadvali 
• Bo‗lajak tadbirlar, chiqishlar, ma'ruzalar 
• Transport va aloqa ma‘lumotlari 
• Katalog/ TM bilan aloqaga chiqish uchun ma‘lumotlar 
Ta‘lim muassasasining mobil ilovalari/saytlari tomonidan taqdim etilgan 
xususiyatlarni qayd etish uchun Google va Apple ilovalari doʻkonlariga tashrif 
buyurdik. Avval ko‗rib chiqilgan ma‘lumotlar to‗plami uchun biz tegishli mobil 
saytlar/ilovalarda yuqorida sanab o‗tilgan xususiyatlarning yo‗qligi yoki 
mavjudligini keltiramiz (5-ilovaga qarang). 
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarga tayanib, asosiy kuzatish natijalariga e‘tibor 
qaratadigan bo‗lsak:

Yangiliklar/kalendar 98% ta‘lim muassasalari tomonidan taqdim etiladigan 
eng keng tarqalgan umumiy xususiyatdir. 

TM xaritasi va kutubxona/kurs kataloglari 93 % universitetlar tomonidan 
taqdim etilgan navbatdagi umumiy xususiyatdir. 

Aloqa uchun ma‘lumotlar keyingi eng mashhur funksiyalaridan biri bo‗lib, ular 
bizning ma‘lumotlar to‗plamimizning 87% da mavjud. 

TM bo‗ylab sayohat 55 % va vaqt jadvali 50 % ta‘lim muassasalari 
ilovalarida mavjud xususiyatdir. 

Umumiy xususiyatlar orasida transport ma‘lumotlari 38 %, qabul jarayoni va 
natijalar/yutuqlar 10% dan kam ta‘lim muassasalari ilovalarida o‗z aksini 
topgan. 
5-ilovada sanab o‗tilmagan, ammo ba‘zi universitetlarning ilovalarida o‗z 
aksini topgan qiziqarli xususiyatlar ham mavjud. Misol uchun, London King‗s 
kolleji o‗z ilovasida laboratoriyada foydalanish mumkin bo‗lgan kompyuterni 


34 
topish funksiyasini taqdim etadi. Ba‘zi universitetlar, masalan, Singapur Milliy 
universiteti, ta‘lim 
muassasasida 
ovqatlanish imkoniyatlari 
mavjudligini 
ko‗rsatadigan xususiyatni taqdim etadi. Ba‘zi universitetlar o‗z sport jamoalarining 
ballari/statistik 
ma‘lumotlariga 
kirishni 
ta`minlaydi. 
1.5-rasmda 
ba‘zi 
universitetlarning mobil ilovalari funksiyalarining ekran ko‗rinishi ko‗rsatilgan. 

Download 11,25 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. THE, QS, CRUW, ARWU reytingi bo‗yicha dunyo nufuzli

Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish