1.27-rasm. 2017-yil 1-choragidan 2020-yilning 1-choragigacha platforma boʻyicha butun dunyo boʻylab taʼlimiy mobil ilovalarni yuklab olish ko‗rsatkichi (mln.da) [154]. 1.28-rasm. 2021-yil 1-chorak holatiga koʻra yetakchi ilovalar doʻkonlarida mavjud ilovalar soni [156]. 2021-yilning birinchi choragida Android foydalanuvchilari 3,48 million
ilovalar orasidan tanlash imkoniga ega bo‗ldi, bu esa Google Play‘ni eng ko‗p
mavjud ilovalar soniga ega ilovalar do‗koniga aylantirdi. Apple App Store iOS
50
uchun 2,22 millionga yaqin ilovalar mavjud bo‗lgan ikkinchi yirik ilovalar do‗koni
edi. Apple va Google o‗zlarining ilovalar do‗konlaridan past sifatli kontentni
muntazam ravishda olib tashlashi sababli ilovalarning aniq soni o‗zgarishi mumkin
bo‗lsa-da, ilovalar soni yillar davomida doimiy ravishda oshib bormoqda.
1.29-rasm. 2016 yildan 2021 yilgacha dunyo bo‗ylab mobil ilovalarni yuklab olishlar soni (milliardlarda) [155]. 2016-yildan boshlab butun dunyo bo‗ylab mobil ilovalarni yuklab olishlar
soni doimiy ravishda ortib bormoqda va 2019-yilda 200 milliarddan oshib ketdi.
Eng so‗nggi o‗lchangan yilda iste‘molchilar o‗zlarining ulangan qurilmalariga 230
milliard mobil ilovalarni yuklab olishgan va bu 2016 yilda 140,7 milliard ilovalarni
yuklab olishdan 63 foizga ko‗pdir.
Ta‘limga oid mobil ilovalar bo‗yicha 2021-yilda Google Classroom 75
million marta yuklab olingan holda dunyodagi eng mashhur o‗quv va ta‘lim ilovasi
bo‗ldi. Toca Life World deyarli 70 million yuklab olishlar soni bilan ikkinchi
o‗rinni egalladi. Til o‗rganish ilovasi Duolingo kuzatuv davrda dunyo bo‗ylab
foydalanuvchilar tomonidan 65 millionga yaqin yuklab olish soni bilan uchinchi
o‗rinni egalladi.
51
2020-yil aprel oyi uchun yuklab olishlar boʻyicha dunyo boʻylab taʼlim toifasidagi
ilovalarning toʻliq 10 ta reytingi yuqorida keltirilgan. Ilovalarni yuklab olish taxminlari
Sensor Tower‘s Store Intelligence platformasidan olingan.