• Mablag dollarda Yuklashlar soni
  • Birinchi bob bo‗yicha xulosalar




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/85
    Sana08.01.2024
    Hajmi11,25 Mb.
    #132231
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85
    Birinchi bob bo‗yicha xulosalar 
    Olib borilgan ilmiy tadqiqot, ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish va ulardan 
    foydalanish metodikasi bo‗yicha aniqlangan muammolar va tadqiq etilgan 
    ma‘lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
    340300042 
    118365914 
    105126645 
    68025562 
    47006938 
    10268322 
    5670264 
    5395476 
    454 600 622 
    241 494 833 
    89 560 106 
    203 490 074 
    200 789 604 
    131 867 446 
    31 336 003 
    132 596 853 
    Til o'rganish
    Ta'lim: Boshqa
    Bolalar uchun o'rganish
    Mashg'ulot kurslari
    Matematika
    Ta'lim platformalari
    Astronomiya
    Imtihonga tayyorgarlik
    Mablag' dollarda
    Yuklashlar soni


    55 
    1. Ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish va ulardan oliy ta‘lim muassasalaridagi 
    o‗quv jarayonida foydalanish bo‗yicha xorijiy va mamlakatimiz olimlarining 
    tadqiqotlari o‗rganib chiqildi. 
    2. Ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish va ulardan oliy ta‘lim muassasalaridagi 
    o‗quv jarayonida foydalanish bo‗yicha izlanishlar kam olib borilganligi, mavjud 
    ishlarda asosan xorijiy tillarni mobil ilovalardan foydalanib o‗qitish nazarda 
    tutilganligi va bakalavriat ta‘limining texnika yo‗nalishlari uchun umumkasbiy 
    yoki ixtisoslik fanlarini o‗qitishda ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanish 
    metodikasi bo‗yicha qisman tadqiqodlar o‗tkazilganligi aniqlandi. 
    3. Ta‘lim jarayonida mobil ilovalarni yaratish va ulardan foydalanish jarayoni 
    – ilmiy tadqiqot ob‘yekti sifatida tadqiq qilindi va tadqiqot mavzusi shakllanishida 
    asos bo‗lib xizmat qilgan manbalar mazmunida yoritilgan ma‘lumotlar o‗rganilib, 
    nufuzli xorijiy oliy ta‘lim muassasalarida ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanish 
    tajribasi statistik ma‘lumotlar asosida tahlil qilindi. 
    4. Respublikamizda 
    ta‘limiy 
    mobil 
    ilovalardan 
    foydalanish 
    darajasi 
    so‗rovnoma o‗tkazish orqali olingan statistik ma‘lumotlar va O‗zbekiston hududida 
    mobil ilovalarning yuklanishi bo‗yicha statistikani taqdim etuvchi maxsus saytlar 
    ma‘lumotlariga tayanib tahlil qilindi va mavjud muammoli holatlar aniqlandi. 
    5. Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim sifati va samaradorligiga ijobiy ta‘sir 
    korsatish hamda ta‘lim jarayonida mobil texnologiyalardan foydalanish bilan 
    bog‗liq holatni yaxshilash maqsadida takliflar ishlab chiqildi. 
    6. Dunyo mobil ilovalar bozorini boshqarib turgan Apple App Store va Google 
    Play Market do‗konlaridagi ilovalar o‗zaro qiyosiy tahlil qilindi va nafaqat dunyo 
    balki O‗zbekistondagi mobil ilova ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari orasida 
    ham ta‘limiy mobil ilovalarga qaraganda informatsion va xizmatga yo‗naltirilgan 
    ilovalar ko‗pchilikni tashkil etishi aniqlandi. 
    Shularni hisobga olib, ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish va ulardan 
    foydalanish metodikasini takomillashtirishning dolzarbligini va uning bugungi kun 
    ta‘lim vositalari orasida zaruratga aylanib ulgurganligini oliy ta‘lim muassasalari 
    ta‘lim jarayonida foydalanish hamda o‗quv-biluv faoliyati samaradorligini 
    oshirishga xizmat qilishi bilan asoslash mumkin. 


    56 

    Download 11,25 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish