54
1.33-rasm. Dunyoning barcha mobil ilova do‗konlaridan ta‘limga oid mobil
ilovalarni yuklab olish va sarflangan mablag‗lar ko‗rsatkichi [140].
Bundan tashqari, InfoCOM.UZ jurnali O‗zbekistondagi mobil aloqa
xizmatlari bozorini nisbatan muntazam ravishda kuzatib va tahlil qilgan holda
mahalliy kompaniyalarning yangi mobil ilovalari haqida eslatma va maqolalarni
chop etib boradi. Bugungi kunga qadar to‗plangan ma‘lumotlarga tayangan holda
mahalliy rasmiy ishlab chiquvchilarning qaysi ilovalari ko‗proq yuklab
olinayotgani va ular qanday reytingga ega ekanligi haqida vizual tasavvurni
shakllantirish mumkin. InfoCOM.UZ jurnalining mobil ilovalar bozoriga
sub‘yektiv nuqtai nazaridan [139] kelib chiqib aytish mumkinki, O‗zbekistondagi
mobil ilova ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari orasida ta‘limiy mobil
ilovalarga qaraganda informatsion va xizmatga yo‗naltirilgan ilovalar ko‗pchilikni
tashkil etadi.