57
Nativ (mahalliy) – mobil ilovalar muayyan operatsion tizim (iOS, Android,
Windows) uchun yaratiladi. Foydalanuvchilarni jalb qilish maqsadida turli xil
operatsion tizimlar uchun bir nechta alohida ilovalarni ishlab chiqiladi. Ular bir xil
funksiyalarni bajarishi va bir xil dizaynga ega bo‗lsada,
turli xil dasturlar
hisoblanadi. Bu ehtiyoj loyiha muddatini va rivojlanish byudjetini oshiradi.
Nativ mobil ilovalar garchi ularning ba‘zilari Internetga ulanishni talab qilsada,
Internetga ulanishdan mustaqil ishlashi mumkin. Ular kamroq xotirani egallaydi,
tez ishlaydi va batareya quvvatini kam sarflaydi.
Gibrid - mahalliy va veb-ilovalar o‗rtasida oraliq pozitsiyani egallaydi. Ular
smartfonning apparat vositalariga (kamera,
mikrofon, geolokatsiya) kirishlari
qisman cheklangan. Bunday ilovalar internetga ulanishni talab qiladi,
chunki ular
serverda joylashgan tashqi manbadan kontent tarkibini yuklab oladi. Aksariyat
reklama xizmatlariga asoslangan mobil ilovalar ushbu toifaga kiradi.