69
ko‗rinishlari, ish jarayoni va interaktivligi oxirgi foydalanuvchilarda ilova haqidagi
birinchi taassurotni qoldiradi.
Funksional test. Mobil ilova funksionalligining aniqligi uning muvaffaqiyati
uchun juda muhimdir. Har bir oxirgi foydalanuvchining xatti-harakati va
foydalanish ssenariysini oldindan aytish qiyin. Shu sabali, ilovaning funksionalligi
imkon qadar potentsial sinov shartlarini qamrab olish uchun ko‗plab
foydalanuvchilar tomonidan sinovdan o‗tkazilishi kerak.
Ishlash testi. Ilova unumdorligini o‗lchash uchun ko‗plab miqdoriy mezonlar
mavjud.Jumladan:
Ilovangiz foydalanuvchi soʻrovlariga qanchalik yaxshi javob bermoqda?
Ilova ekranlari qanchalik tez yuklanmoqda?
Ilova telefon batareyasi quvvatini ko‗p sarflayaptimi yoki xotira to‗lishiga
sabab boʻlmoqdami?
Ilova tarmoq imkoniyatlaridan samarali foydalana oladimi?
Ilova hajmi kutilganidan kattaroqmi?
Ilova ishlashning asosiy mezonlaridan o‗tgan bo‗lsa ham, bir vaqtning o‗zida
maksimal foydalanuvchilar sonini oshirish orqali API va serverni yuklash
imkoniyatlarini sinab ko‗rish darkor.