1-bosqich. G‗oya tahlili, raqobatchilarni o‗rganish. Har bir dastur g‗oya
bilan boshlanadi. Mobil ilova kelajakda qanday vazifalarni hal qilishi uning
funksionallagining bosh mezoni hisoblanadi. Mobil ilovalar bozorini o‗rganish,
mavjud yechimlarning tahlili, raqobatchilar va mijozlarning xatti-harakatlari
modellarini o‗rganish – g‗oya tahlilining asosiy bosqichlaridir. Tahlilning har bir
bosqichida oxirgi foydalanuvchini yodda tutish lozim. Bu foydalanuvchilar yangi
ilovadan qanday foydalanishini birgalikda tushunishga yordam beradi va uni iloji
boricha qulay va tushunarli qiladi [52].
G‗oyalarni tadqiq qilish - ushbu bosqichda ilova g‗оyasini, u qanday
funksiyalarni о‗z ichiga olishi kerakligini, qanday vazifalarni va kim uchun
bajarilishini tushunish va aniqlash kerak. Buning natijasida funksionallik va dizayn
uchun havolalar shakllanadi.
Ushbu bosqichda:
Ilova foydalanuvchilarini aniqlash;
Raqobatni o‗rganish;
Ilovaning maqsad va vazifalarini belgilash;
Ilovangiz uchun mobil platformani tanlash lozim bo‗ladi.
Tahlil va rejalashtirish foydalanish holatlarini aniqlash va batafsil funksional
talablarni hisobga olish bilan boshlanadi.
2-bosqich. Funksionalliklar muhokamasi, texnik topshiriqni ishlab chiqish. Mobil ilovani ishlab chiqish narxi va muddatlarini to‗g‗ri baholash hamda
mutanosib qaror qabul qilish uchun funksional talablarni muhokama qilish lozim.
Unda foydalanuvchi belgilarini aniqlash, foydalanuvchi tavsiflari (User Story),
foydalanuvchi ilova bo‗ylab sayohati xaritasini (Customer Journey Map) tuzish va
xizmatga texnik talablarni shakllantirish amalga oshiriladi.
Texnik topshiriq (TT) tufayli dizaynerlar va ishlab chiquvchilar jamoasi mijoz
qanday xizmatni olishni istayotganini aniq tushunadi va asta-sekin dastlabki
g‗oyani amalga oshiradi.
64
Texnik topshiriqda quyidagilar o‗z aksini topadi: