2-Ilovada qidiriv. Funksional qidiruv juda muhim, chunki u izlayotgan narsani
topishga imkon beradi. Quyidagi tamoyillar qidiruvni iloji boricha samarali qilishga
yordam beradi.
a) Qidiruv paneli. Ilovadan aniq bir maqsadda foydalanayotgan kishilar odatda
mavjud bo‗limlarning barchasiga murojaat qilishdan ko‗ra, qoida tariqasida,
qidiruv satrini izlashadi va bu funksiya ko‗pincha ular uchun afzalroq ko‗rinadi.
b) Funksional qidiruv. Odamlar ilova ichidagi qidiruv xuddi Google kabi ishlashini
kutishadi. Imloni avtomatik tuzatish, so‗z ildizini aniqlash, intuitiv yozish va matn
kiritish bo‗yicha takliflar xato ehtimolini kamaytiradi, qidiruvni tezlashtiradi va
foydalanuvchiga yordam beradi.
c) Filtrlar. Qidiruv natijalari so‗rovga mos kelmasa va/yoki qidiruv juda ko‗p
natijalarni qaytarsa, bu foydalanuvchiga biroz muammo tug‗dirishi mumkin.
Filtrlar variantlar sonini kamaytirishga va natijalarni saralashga yordam beradi, bu
esa kichik ekranda haddan tashqari ko‗p ma‘lumotni aks ettirish bilan bog‗liq
muammoning oldini oladi.
3-Ro‗yxatdan o‗tish.Bu foydalanuvchi bilan bog‗lanishni yaxshilashning bir
usuli. Lekin, shu bilan birga, ro‗yxatga olish ko‗pincha ilovadan ko‗proq
foydalanishga to‗sqinlik qiladigan bir qator qiyinchiliklar va noqulayliklar bilan
bog‗liq.
a) Ro‗yxatdan o‗tishni taklif qilish. Odamlar ko‗pincha shaxsiy ma‘lumotlarni
darhol so‗ragan ilovalarni yopadilar. Agar ilovadan foydalanishda ro‗yxatdan
o‗tish zarur bo‗lsa unda buni so‗rash o‗rinli. Biroq, qulaylikni oshirish maqsadida
"Mehmon" bo‗lib kirish imkoniyatini qoldirish kerak.
b) "Kirish" va "Ro‗yxatdan o‗tish" o‗rtasidagi farq. Ko‗pgina foydalanuvchilar
"Kirish" tugmasini bosish orqali ro‗yxatdan o‗tishga harakat qilishadi. Buning
sababi, odamlar tezda ekranni ko‗zdan kechirishlari va birinchi ko‗rgan harakatga
chaqiruv elementini bosishlaridir. "Kirish" va "Ro‗yxatdan o‗tish" tugmalarining
dizayni boshqacha bo‗lishi kerak.
c) Parolni tasdiqlash. Ko‗pincha parol yaratish yoki uni tiklashning murakkab, ko‗p
bosqichli jarayonidan o‗tishga to‗g‗ri keladi. Tasdiqlash tartibini soddalashtirish
75
muvaffaqiyatsizlik darajasini pasaytiradi. Qadamlar sonini kamaytirish yoki
autentifikatsiyaning muqobil usullarini qo‗llash jarayon samaradorligini oshiradi.