• 5-Foydalanish imkoniyati.
  • -Ma‘lumotlarni kiritish formalari




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/85
    Sana08.01.2024
    Hajmi11,25 Mb.
    #132231
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85
    4-Ma‘lumotlarni kiritish formalari. Formalar juda muhim hamda ular tez va 
    ortiqcha murakkabliksiz to‗ldirilishi kerak. 
    a) Forma dizayni. Forma kiritish imkonini beradigan tarzda ishlab chiqilishi va ilova 
    ekranlari bir nechta kiritish formatlarini qo‗llab-quvvatlashga mo‗ljallangan 
    bo‗lishi kerak. 
    b) Real vaqtda xato xabarlari. Formani to‗ldirgandan so‗ng, biror joyda xatolik yuz 
    berganligi haqida xabar paydo bo‗lganda, hamma narsani boshidan takrorlamaslik 
    uchun xatolarni real vaqtda ajratib ko‗rsatish yaxshiroqdir.
    c) Formalardagi yordamchi ma‘lumotlar. Yordamchi vositalar formaga mos bo‗lishi 
    mumkin. Masalan, ma‘lum bir sanani kiritishingiz kerak bo‗lsa, taqvim kabi 
    vosita smartfon taqvimiga kirmasdan tegishli sanani tezda tanlash uchun foydali 
    bo‗ladi. 
    5-Foydalanish imkoniyati. Dizayn masalalarini hal qilishda o‗ziga xos 
    yondashuvlar yuqori sifatli UXni ta`minlaydi. 
    a) Tushunarli terminlar. Notanish atamalar yoki iboralar foydalanuvchilarga kognitiv 
    yukni oshiradi. Foydalanish mumkin bo‗lgan terminlar va funksionallik ilovaning 
    o‗ziga xos raqobat ustunligidir. 
    b) Sarlavhalar va vizual belgilar. Vizual elementlar va ikonografika uchun aniq 
    nomlar talab qilinadi. Google tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni 
    ko‗rsatadiki, barcha menyu, ta‘lim sohalari, kurs nomlari va boshqalar uchun 
    ta‘limiy mobil ilovalarda universal belgilar mavjud emas. 
    c) Qayta aloqa. Foydalanuvchilarda ilova haqida kamchiliklar yoki takliflar bo‗yicha 
    fikr-mulohazalar bildirish imkonini qoldirish kerak. 
    d) Masshtablash. Foydalanuvchilar qurilma ekranining o‗lchami kichik bo‗lganligi 
    sababli tasvirlarni ko‗rishda kattalashtirish opsiyasiga ehtiyoj sezadi. 
    Foydalanuvchilarga kerakli darajada kattalashtirishga ruxsat berish lozim. 
    e) Kirish so‗rovi. Muayyan vazifalarni bajarayotganda, mobil qurilma operatsion 
    tizimining funksional qismlariga kirish ruxsat etilmasa, ilovalarda toxtalishlar 


    76 
    paydo bo‗lishi mumkin. Shuning uchun ilovalar kerak bo‗lganda tizim 
    funksionallaklariga kirishga ruxsat so‗rashi lozim (kamera, mikrofon va h.k.).
    Oliy ta‘lim tizimida ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanishning pedagogik 
    asoslarini ko‗rib chiqish mobil ta‘lim jarayoni bilan bog‗liq muhim xususiyatlarni 
    aniqlash, umumlashtirish va tizimlashtirishni taqozo etadi. 
    V.A.Slastenin, I.F.Mishenko, E.N.Shiyanov lar pedagogik jarayonni dinamik 
    pedagogik tizim sifatida, rivоjlаntiruvchi va tarbiyаviy vаzifаlаrni hаl qilishgа 
    qаrаtilgаn о‗qituvchi va о‗quvchilarning mаxsus tаshkil etilgаn, mаqsаdli о‗zaro 
    hamkorligi sifatida qaraydilar [129]. Ular pedаgogik vаzifаni pedаgogik jаrаyonning 
    asosiy birligi deb hisoblаydilаr. Ushbu muаlliflar pedаgogik vаzifаni о‗qituvchi va 
    о‗quvchilar аniq mаqsаdlаrining о‗zаro tа‘siri bilаn tаvsiflаnаdigаn ta‘lim hоlati deb 
    hisоblashadi va muammоlarni hal qilishning о‗zaro bog‗liq bо‗lgan tо‗rtta bosqichini 
    ta‘kidlashadi: a) vaziyatni tahlil qilish va pedagogik vazifani shakllantirish; b) 
    yechimlarni loyihalash va berilgan shartlar uchun optimal yechimni tanlash; c) 
    amaliyotda muammoni hal qilish rejasini amalga oshirish, shu jumladan o‗zaro 
    hamkorlikni tashkil etish, pedagogik jarayonning borishini tartibga solish va tuzatish; 
    d) yechim natijalarini tahlil qilish. 
    A.M.Stolyarenko pedagogik jarayonning samaradorligini tavsiflab, uning 
    yaxlitligi, o‗zaro ta‘sir qiluvchi ta‘lim, tarbiya, o‗qitish va rivojlantiruvchi kichik 
    tizimlar va tarkibiy qismlar bilan to‗ldirilishiga ishora qiladi [130]. 
    A.V.Xutorskoy ta‘lim jarayonini ta‘lim natijalariga erishish uchun maxsus 
    tashkil etilgan muhitda o‗rganish sub'yektlari holatlarining pedagogik jihatdan asosli, 
    izchil, uzluksiz o‗zgarishi deb qaraydi [136]. 
    Pedagogik 
    jarayon 
    pedagogika 
    fanining 
    eng 
    muhim 
    fundamental 
    kategoriyalaridan biridir. Masalan, I.P.Podlasiyning fikricha, ―pedagogik jarayon - bu 
    pedagog va tarbiyachilarning belgilangan maqsadga erishishga qaratilgan va holatning 
    oldindan rejalashtirilgan oʻzgarishiga, tarbiyachilarning xossalari va sifatlarining 
    oʻzgarishiga olib keladigan rivojlanuvchi oʻzaro taʼsiridir‖ [121]. 
    Har qanday jarayon harakat, o‗zgarish va boshqalar bilan tavsiflanadi. Bizning 
    tadqiqotimizda ta‘limiy mobil ilovalar ishtirokidagi pedagogik jarayon shaxsni 


    77 
    tarbiyalash hamda umumiy rivojlanish muammolarini hal qilishga qaratilgan va 
    talabalar o‗rtasidagi rivojlanayotgan o‗zaro munosabatlar sifatida qaraladi. Bunday 
    xususiyatlar har qanday faoliyatda o‗zaro ta‘sirga xos bo‗lib, pedagogik jarayonning 
    maqsadli, mazmunli, tashkiliy-faoliyat, tahliliy va ishlab chiqarish komponentlari 
    hisoblanadi hamda mobil ta‘limning pedagogik jarayoniga mos keladi [75]. 

    Download 11,25 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   85




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish