• 2.6-rasm. SCRUM metodologiyasi asosida ta‘limiy mobil ilovani ishlab chiqish jarayoni va uning takomillashtirilgan bosqichlari.
  • -rasm. Ta‘limiy mobil ilovani ishlab chiqish jarayoni va uning odatdagi




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/85
    Sana08.01.2024
    Hajmi11,25 Mb.
    #132231
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85
    2.5-rasm. Ta‘limiy mobil ilovani ishlab chiqish jarayoni va uning odatdagi 
    bosqichlari. 
    SCRUM usulini ta‘limiy mobil ilovani ishlab chiqish jarayoniga tadbiq etish 
    orqali uning bosqichlarni takomillashtirish va samaradorlikka erishish mumkin. 
    2.6-rasm. SCRUM metodologiyasi asosida ta‘limiy mobil ilovani ishlab 
    chiqish jarayoni va uning takomillashtirilgan bosqichlari. 


    61 
    Scrum usulini tatbiq etgan holda ta‘limiy mobil ilovalarni yaratishning muhim 
    sharti - bu erishilgan natijalarni tahlil qilish, muammolarni hal qilish va keyingi 
    maqsadlarni belgilash bilan bog‗liq bo‗lgan muntazam uchrashuvlarda iborat [38]. 
    Scrum moslashuvchan usul bo‗lib, u vaqtni boshqarish tamoyillariga 
    asoslanadi va jamoaviy ishlashni o‗z ichiga olgan holda jamoaning har bir a‘zosini 
    dasturiy mahsulotni yaratish jarayonida ishtirok etishini ta‘minlaydi. Scrum usuli 
    bo‗yicha ta‘limiy mobil ilovalarni ishlab chiqishning asosiy ish rejasini alohida 
    kichik bosqichlarga ajratib amalga oshirishga imkoniyat yaratiladi. Shu sababli, 
    Scrum usuli pedagogik nuqtai nazardan kichik guruhlarda ishlash va 
    o‗qituvchining mashg‗ulot davomida pedagogik faoliyatini bosqichlarga ajratishiga 
    mazmunan mutanosibdir. Ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish bosqichlarini Scrum 
    usulidagi quyidagi komponentlar asosida takomillashtirish taklif etilmoqda: 
    loyiha jalvali (product-backlog) - yakuniy mahsulotga qo‗yiladigan talablar va 
    vazifalar ro‗yxatini o‗z tarkibiga oladi. Pedagogik jihatdan mashg‗ulot ssenariysi 
    va kutilayotgan natijalarga qiyoslash mumkin; 
    vaqt oralig‗i (sprint-backlog) - vaqt bo‗yicha belgilangan vazifalar rо‗yxati 
    bо‗lib, unda vazifalar ishlab chiquvchilarning imkoniyatlariga qarab belgilanadi. 
    Pedagogik jihatdan mashg‗ulotni vaqt bо‗yicha bosqichlarga bо‗lib chiqishga 
    о‗xshaydi. Undagi topshiriqlar guruhdagi talabalarning imkoniyatlarini hisobga 
    olgan holda beriladi; 
    scrum doska (scrum-taskboard) - ish bosqichlarini aks ettiruvchi qism bо‗lib, 
    unda rejalashtirilgan vazifalar, jarayondagi vazifalar va bajarilgan vazifalar о‗z 
    aksini topadi. Bu nafaqat о‗qituvchiga balki, talabaga individual va jamoaviy 
    faoliyatni kuzatish imkonini beradi; 
    vazifalarni kuydirish diagrammasi (burndown chart) - bu jamoa tomonidan 
    ma‘lum miqdordagi vazifani bajarishga sarflanadigan vaqt davri bо‗lib, unda 
    vazifani bajarishda jamoa nimaga duch kelishiga qarab harakatlanadigan 
    diagrammadir. Pedagogik jihatdan u faqat jamoaning taraqqiyot trayektoriyasini 
    emas, balki jarayonda uchragan qiyinchiliklarni yengish va faollikni saqlash usuli 
    sifatida xizmat qiladi; 


    62 
    tayyorlik mezoni (definition of done) - jamoa tomonidan ma‘lum miqdordagi 
    vazifani bajarishga sarflanadigan vaqt davrida belgilangan vazifalarning to‗liq 
    bajarilganligini 
    aniqlash 
    mezoni 
    hisoblanadi. 
    Pedagogik 
    jihatidan 
    bu 
    mashg‗ulotning mustahkamlovchi-yakuniy bosqichiga mos keladi. Unda erishilgan 
    natijalar tahlil qilinadi va keyingi faoliyat strategiyasi belgilanadi. 
    Bundan tashqari Scrum usulida yana quyidagilarga alohida e`tibor qaratiladi: 
    Product owner (Mahsulot egasi) maqsadlar qo‗yadi va ularga ustuvorlik 
    beradi. U ilovaning kerakli xususiyatlarga mos kelishini nazorat qiladi. Mijoz va 
    ijrochilar jamoasi o‗rtasida vositachilikni amalga oshiradi. Mobil ilovani yaratish 
    uchun zarur bo‗lgan harakatlarni baholash uchun javobgardir. Mahsulot egasi 
    mijoz, uning vakili yoki ishlab chiqaruvchi kompaniyaning vakili bo‗lishi mumkin. 
    scrum team (ishlab chiqish guruhi) loyihalarning murakkabligiga va ish 
    hajmiga qarab 5 dan 9 kishigacha bo‗lishi mumkin. Jamoaning barcha a'zolari 
    topshirilgan vazifalar uchun teng javobgardir. 
    scrum-master (guruh koordinatori) jarayonning sur'ati uchun mas'uldir va u 
    yordamchi sifatida harakat qilishi mumkin. Jamoaga yuzaga kelgan muammolarni 
    hal qilishda yordam beradi. 
    sprint - bu vaqt davri bo‗lib, uning davomiyligi bir haftadan bir necha 
    haftagacha bo‗lishi mumkin va butun dasturlash davrida o‗zgarishsiz qoladi. Har 
    bir sprint oxirida mijozga mahsulotning o‗sishi deb ataladigan mobil ilovaning 
    ishlash funksiyasi ko‗rsatiladi. 
    daily-meeting (kundalik uchrashuv) - ijrochi guruh a‘zolarining guruh 
    koordinatori bilan kundalik uchrashuvi. Bundan maqsad o‗tgan yig‗ilish yakunidan 
    buyon qanday ishlar amalga oshirilgani, nima qilish kerakligi va belgilangan 
    vazifalarni hal etish jarayonida qanday muammolar yuzaga kelganini ko‗rishdir. 
    15-20 daqiqa davom etadigan yig‗ilish yakuniga ko‗ra yuzaga kelgan muammolar 
    muhokama qilinadi. 
    Sprint Retrospective – (retrospektiv tahlil) - sprint uchun jamoaning ish 
    usullarini baholash. Odatda, oxirgi sprint yakunida chuqurroq tahlil qilinadi. 


    63 
    Scrum usulini tatbiq etgan holda ta‘limiy mobil ilovani yaratishning asosiy 
    bosqichlari: 

    Download 11,25 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ta‘limiy mobil ilovani ishlab chiqish jarayoni va uning odatdagi

    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish