58
2.2-rasm. WATERFALL usuli.
Aniq muddatlari va byudjetlari bo‗lgan loyihalar (Fix Price loyihalari) ushbu
usulga mos keladi. Xaridor barcha talablarga ishonch
hosil qilganda va ishlab
chiqish jarayonida hech narsani o‗zgartirishni xohlamasa ushbu usul asqotadi.
Sharshara usulining asosiy kamchiligi shundaki, siz yopiq bosqichlarga
o‗zgartirish kirita olmaysiz. Misol uchun, agar tahlil va dizayn amalga oshirilsa va
ishlab chiqish boshlangan bo‗lsa, tuzatishlarga yo‗l qo‗yilmaydi.
Kanban – (yapon tilidan "e‘lonlar taxtasi") bu loyihaning g‗oya
davridan
boshlab to‗liq tayyor mahsulot bo‗lgunga qadar barcha vazifa va jarayonlarning
doskaga chiqarilishidan iborat. Bu vizual rivojlanish tizimi bo‗lib, u nimani,
qachon va qancha yaratish kerakligini ko‗rsatadi.
Usul dastlab Toyota ishlab
chiqarish tizimida tadbiq etilgan
14
. Ko‗pincha Kanban dan mavjud loyihalarni
texnik qo‗llab-quvvatlash uchun foydalaniladi.