• 1.25-rasm. Mobil ilovalardan foydalanish haqidagi ma‘lumotlarini to‗plash va ularni tahlil qilish tuzilmasi.
  • -§. Mavjud ta‘limiy mobil ilovalar va ularning qiyosiy tahlili




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/85
    Sana08.01.2024
    Hajmi11,25 Mb.
    #132231
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85
    1.4-§. Mavjud ta‘limiy mobil ilovalar va ularning qiyosiy tahlili 
    2020 yilda odamlar mobil ilovalarga munosabatini ancha o‗zgartirdi va dunyo 
    bo‗ylab mobil ilovalarga sarflangan umumiy mablag‗ 112 milliard dollardan oshdi.
    Bu mablag‗ning 65 foizi iOS uchun ilovalarga to‗g‗ri keladi. Adjust ishlab 
    chiquvchilar va sotuvchilarga auditoriya kayfiyatini yaxshiroq tushunish uchun 
    sanoat holatining umumiy ko‗rinishini tuzdi. Hisobot uchta - fintech, elektron 
    tijorat va o‗yinlar sohasiga oid ma‘lumotlarni taqdim etadi. Hisobot 2019-yil 
    boshidan 2021-yil mart oyi oʻrtalarigacha boʻlgan 2000 ta eng muvaffaqiyatli 
    ilovalar maʼlumotlar toʻplamiga asoslangan.
     
    O‗yinlar hali ham eng katta mobil vertikal darajaga ega bo‗lib, barcha mobil 
    ilovalarni yuklab olishning 33% ni tashkil qiladi. Mobil o‗yin sanoati 2020-yilda 
    165 milliard, 2021-yilda 180 milliard dollarga baholangan. Mobil o‗yinlar global 
    o‗yin sanoati umumiy daromadining 51 foizini tashkil qiladi. Umuman olganda, 
    2023-yilda ushbu vertikal prognoz uchun bozor hajmi 219,9 milliard dollarga 
    yetishi mumkin.Google Play do‗konidagi daromad App Store daromadidan tezroq 
    o‗smoqda: 13,2 foizga nisbatan 19,6 foiz. 


    46 
    Mobil ilovalardan foydalanish haqidagi ma‘lumotlarini to‗plash va ularni 
    tahlil qilishning ikkita turi mavjud: 
    1.25-rasm. Mobil ilovalardan foydalanish haqidagi ma‘lumotlarini to‗plash va 
    ularni tahlil qilish tuzilmasi. 
    Mobil ilovalarni yuklab olish statistikasi ba‘zi nozik jihatlarga ega. Masalan, 
    mobil ilovalarni o‗rnatish ko‗pincha Appstore va Google Play orqali amalga 
    oshirilib, ularda shaxsiy tahlil olib borish uchun biror hisoblagichni o‗rnatishning 
    iloji yo‗q. Aslida, foydalanuvchi reklama banneri orqali do‗konga o‗tishni amalga 
    oshirganini ko‗rishingiz mumkin, ammo dastur yuklab olingan yoki yuklab 
    olinmaganligini aniqlay olmaysiz [58]. 
    Ushbu muammoning bir nechta yechimlari mavjud: 

    SDK veb-tahlil tizimini o‗rnatish. Unda, foydalanuvchi analitik 
    tizimdan qayta yo‗naltirish orqali do‗konga o‗tadi. Ilova o‗rnatilganda, 
    kuzatuv tizimi sizni bu haqda xabardor qiladi. Bunday holda, ba‘zi kichik 
    xatolar mavjud bo‗lishi mumkin. Brauzer orqali tizimga kirganingizda, 
    foydalanuvchi bir xil va farq qilmasligiga ishonch hosil qilish uchun biroz 
    ish talab etiladi; 

    o‗rnatish uchun to‗lov, ya‘ni iste‘mol narxlari indeksi(CPI- Consumer 
    Price Index) reklamasi. Unda, reklama tarmog‗i o‗rnatishlar sonini mustaqil 
    ravishda qayd etadi. 

    mobil ilova do‗konlari hisobotini to‗playdigan xizmatga murojaat 
    qilish. Bunday kompaniya mamlakat, do‗kon, yuklab olish statistikasi, 
    ilovalar reytingi va boshqalar bo‗yicha ma‘lumotlarni taqdim etadi. SDK-ni 
    ilovaga joylashtirishning hojati yo‗q. 


    47 
    Ichki tahlil 
    Ichki statistik ma‘lumotlar ilovadan foydalanish haqida ma‘lumotlar: 
    mamlakat, tarmoq operatori, qurilma, OT versiyasi va boshqalardir. Unda, siz 
    haqiqatan ham foydalanuvchilarni tushunishingiz, maqsadlarga erishishni 
    baholashingiz mumkin. Analitik tizimlarning har biri o‗zining afzalliklari va 
    kamchiliklariga ega [115]. 
    Google Analytics, Yandex.Metrika, Flurry, Mixpanel, AppSalar - eng 
    mashhur ichki tahlil tizimlari. 
    Birinchidan bu xizmatlar ilovalarni birinchi marta o‗rnatgan yangi 
    foydalanuvchilar haqida ma‘lumot olish imkonini beradi. 
    Ikkinchidan, saytdan foydalanib, hisobotini yaratish orqali ilovalarning ishdan 
    chiqishi yoki xatolik qaytarish statistikasini bilib olishingiz mumkin. 
    Bundan tashqari, statistik ma‘lumotlarni to‗plash uchun boshqa ko‗plab 
    xususiy xizmatlar mavjud bo‗lib, ular yordamida mobil ilovaga oid barcha turdagi 
    savollarga javob topishin mumkin. 
    Statistik ma‘lumotlarni taqdim etadiga ―Statista‖ning 2020 yilning uchinchi 
    choragi holatidagi ma‘lumotiga ko‗ra, dunyo bo‗ylab eng ommabop ilovalar 
    toifalari chat ilovalari va ijtimoiy media ilovalari bo‗lib, ulardan foydalanish 
    darajasi mos ravishda 91 va 88 foizni tashkil etgan (1.26-rasmga qarang). 

    Download 11,25 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Mavjud ta‘limiy mobil ilovalar va ularning qiyosiy tahlili

    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish