• Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/85
    Sana08.01.2024
    Hajmi11,25 Mb.
    #132231
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
    Bog'liq
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo‗llanilgan yondashuv, usullar va 
    nazariy ma‘lumotlarning rasmiy manbalarga tayanishi, OAK tavsiya etgan 
    respublika hamda xorijiy ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar, xalqaro va 
    respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya materiallari to‗plami, tadqiqotda 
    keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan 
    empirik miqdorlarning matematik-statistik tahlil metodlariga asoslanib qayta 
    ishlanganligi, 
    olingan 
    natijalarning 
    vakolatli 
    tashkilotlar 
    tomonidan 
    tasdiqlanganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot 
    natijalarining ilmiy ahamiyati ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish bosqichlari, 
    sifatini baholash mezonlari va ular asosida o‗qitish metodikasidan foydalanib 
    oliy ta‘lim muassasalarida o‗qitishning usul va vositalari hamda axborot-metodik 
    ta‘minotini takomillashtirilganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini oliy ta‘lim muassasalari 
    talabalarini o‗qitish jarayonida foydalanishga mo‗ljallangan ta‘limiy mobil 
    ilovaning yo‗nalish malaka talablari asosida tavsiya etilgan bilimlar majmuasi 
    bilan boyitilgan holda ishlab chiqilganligi hamda foydalanishga tavsiya 
    etilganligi va ilg‗or ta‘lim texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga tatbiq etishga 
    xizmat qilishi bilan izohlash mumkin. 
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish 
    va ulardan foydalanish metodikasi bo‗yicha tadqiqot natijalari asosida: 
    SCRUM usulidagi loyiha jadvali (Project backlog), vaqt oralig‗i (Sprint 
    backlog), Scrum-doska (Scrum taskboard), vazifalarni kuydirish diagrammasi 
    (Burndown chart), tayyorlik mezoni (Definition of Done) komponentlarni 
    qo‗llash orqali takomillashtirilgan ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish bosqichlariga 
    oid metodik tavsiyalardan 610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA 
    - ―Markaziy Osiyoda katta hajmli ma‘lumotlarning intellektual tahlili bo‗yicha 



    o‗quv-tadqiqot markazlarini ochish va kurslarni ishlab chiqish‖ (2019-2022 yy) 
    mavzusidagi xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‗zbekiston 
    Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim Vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi
    № 84-05-153 -sonli ma‘lumotnomasi). Natijada mobil texnologiyalar asosida 
    o‗qitish orqali talabalarning o‗zlashtirish darajasi oshgan va ta‘lim samaradorligi 
    ta‘minlangan; 
    mobil ta‘lim samaradorligini tavsiflovchi FRAME (The framework for the 
    Rational Analysis of Mobile Education) modelini tatbiq etish asosida qurilmaviy, 
    ta‘limiy, ijtimoiy va ularning o‗zaro ta‘sir jihatlarini belgilash orqali 
    takomillashtirilgan ta‘limiy mobil ilovalar sifatini baholash (dizayni, qulayligi, 
    funksionalligi, foydalanuvchiga ta‘siri, barqarorligi) mezonlari ―Ta‘limda 
    multimedia ilovalari‖ nomli o‗quv qo‗llanma (ro‗yxatga olish raqami 285-095) 
    mazmuniga singdirilgan (O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim
    Vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi № 84-05-153 -sonli ma‘lumotnomasi). 
    Natijada bo‗lajak mutaxassislarning mobil texnologiyalarni kasbiy faoliyatda 
    qo‗llashga oid kompetensiyalari rivojlangan; 
    o‗quv jarayonini individuallashtirish imkonini beruvchi va mobil 
    texnologiyalardan foydalanish ko‗nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi 
    krossplatformali Flutter dasturiy ta‘minoti yordamida EduMobileApp ilovasini 
    yaratish asosida takomillashtirilgan talabalarning web dasturlashga oid bilim va 
    ko‗nikmalarini rivojlantirish vositalarini ishlab chiqishga oid tavsiyalar ―Texnik 
    tizimlarda axborot texnologiyalari‖ nomli o‗quv qo‗llanma (ro‗yxatga olish 
    raqami 1023-135) mazmuniga singdirilgan (O‗zbekiston Respublikasi Oliy va 
    o‗rta maxsus ta‘lim Vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi № 84-05-153 -sonli 
    ma‘lumotnomasi). Natijada talabalarning ta‘limiy mobil ilovalarni ishlab chiqish 
    kompetensiyalari rivojlantirilgan; 
    aralash ta‘limning Selfbrender modeliga ustuvorlik berish orqali auditoriya 
    mashg‗ulotlari va mustaqil ta‘limni tashkil etishda mobil kompilyator, mobil 
    doska, mobil video texnologiyalarini qo‗llash asosida takomillashtirilgan web 
    dasturlash asoslari fanini o‗qitish metodikasiga oid tavsiyalardan AIF 2/20 - 


    10 
    ―Texnik yo‗nalishdagi oliy o‗quv yurtlarida shaxsga yo‗naltirilgan 
    innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va 
    o‗qituvchilar malakasini oshirish‖ (2019-2022 yy) mavzusidagi xalqaro grant 
    loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‗zbekiston Respublikasi Oliy va 
    o‗rta maxsus ta‘lim Vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi № 84-05-153 -sonli 
    ma‘lumotnomasi). Natijada ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanib, talabalarning 
    mustaqil ta‘limini samarali tashkil qilish imkoniyati yaratilgan. 

    Download 11,25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish