13
17 betlar]. edtech qisqartmasi bilan atalganda, u koʻpincha taʼlim texnologiyasini
yaratuvchi kompaniyalar sanoatini nazarda tutadi.
Mobil qurilmalar tobora ommalashib, bizning kundalik hayotimizga ko‗proq
ta‘sir qilmoqda. Mutaxassis kadrlar tayyorlashni yigirma birinchi asr talablariga
moslashtirish uchun ta‘limni o‗zgartirish zaruriyati paydo bo‗ldi.
Bu jarayonda
mobil qurilmalarni o‗qituvchilar uchun auditoriya va undan tashqaridagi
mashg‗ulotlarida asosiy o‗quv vositasiga aylanishi, bevosita mobil ta‘limning
alternativalaridan birini hosil qiladi.
Mobil ta‘lim elektron ta‘limning hosilasi bo‗lsada, ikkalasi o‗rtasida
o‗xshashliklar mavjud. Asosiy farq mobil ta‘lim taklif qiladigan harakatchanlikda -
elektron ta‘lim ko‗proq statsionar qurilmadan foydalanadi. Mobil ta‘lim kontent
bilan yengilroq ishlashni taklif etadi. Masalan: tasvirlar, videolar va eslab qolish
oson bo‗lgan nazorat ro‗yxatidan iborat o‗quv mini-sessiyalari va h.k.
Elektron
ta‘lim esa yanada kengroq va batafsil ma‘lumotlarni taqdim etadi. Binobarin, yana
bir farq mobil o‗quv mashg‗ulotlari bir necha daqiqa davom etsa, elektron o‗quv
mashg‗ulotlari esa bir necha soatgacha davom etishi mumkinligida ko‗rinadi [152].
M-Learning yoki ―Mobil ta‘lim‖ atamasi turli jamoalar uchun turli xil
ma‘nolarga ega bo‗lib, E-Learning, ilg‗or ta‘lim texnologiyalari va ba‘zi hollarda
masofaviy ta‘limning kichik to‗plamiga ishora qilsa-da, aslida u ko‗p hollarda
mobil qurilmalar yordamida o‗rganishga qaratilgan [107]. Mobil ta‘lim juda ko‗p
turli xil ta‘riflarga ega va M-Learning,
U-Learning, moslashtirilgan ta‘lim, mobil
holda o‗rganish, hamma joyda o‗rganish, istalgan vaqtda/istalgan joyda o‗rganish
va qo‗lda o‗rganish kabi turli nomlar bilan tanilgan. Mobil ta‘limning ta‘riflaridan
biri ―о‗quvchi oldindan belgilangan joy yoki ta‘lim muassasasida bо‗lmaganida
sodir bо‗ladigan har qanday ta‘lim yoki о‗quvchi mobil texnologiyalar taqdim
etgan ta‘lim imkoniyatlaridan foydalanganda sodir bо‗ladigan о‗rganish‖dir [19,
109]. Boshqacha qilib aytganda, mobil qurilmalardan foydalangan holda,
o‗quvchilar istalgan joyda va istalgan vaqtda o‗rganishlari mumkin [20].
Y.Mehdipour va boshqalar о‗qitish va о‗rganishni qо‗llab-quvvatlash uchun mobil
qurilmalardan foydalanishni mobil ta‘lim deb hisoblaydi [44, 100; 826-830 betlar].
14
Crompton esa M-learning yoki mobil ta‘lim - bu ―bir nechta kontekstlarda,
ijtimoiy va mazmunli о‗zaro ta‘sirlar orqali, shaxsiy
elektron qurilmalardan
foydalangan holda о‗rganish‖ deb ta‘kidlaydi [21]. Biroq Webopedia mobil
ta‘limni ―Mobil ilovalar, ijtimoiy aloqalar va onlayn ta‘lim markazlari orqali o‗quv
materiallarini olish uchun planshetlar va smartfonlar kabi shaxsiy mobil
qurilmalardan foydalangan holda Internet yoki tarmoq orqali ta‘limdir [101; 70-74
betlar]. Bu moslashuvchan bo‗lib, talabalar/o‗quvchilarga istalgan joyda va
istalgan vaqtda ta‘lim olish imkonini beradi‖ deb hisoblaydi [142].
Mobil ilova (mobile application) - bu smartfon, planshet yoki boshqa shu
kabi mobil qurilmada ishlash uchun mo‗ljallangan dasturiy ta`minot bo‗lib, ular
asosan mahalliy, webga asoslangan va gibrid kabi turlarga ajratilib tavsiflanadi.
Talimiy mobil ilovalar tijorat tipidagi ilovalardan biroz farq qiladi.
Ular talabaga
yordamchi bo‗lib, ba‘zi nuqtalarda qisman o‗qituvchi vazifasini ham bajarishi
kerak. Odatda, ular quyidagi vazifalarni bajaradilar:
interaktiv aloqa vositalari orqali ma‘lumot olish imkonini yaratish, talabaning
qo‗shimcha bilimlarni o‗zlashtirishi va hamda ilovadan foydalanish
madaniyatini shakllantirish;
о‗qituvchi bilan talaba о‗rtasidagi о‗zaro aloqani yaxshilash va bu jarayonda
axborot almashinish tezligini oshirish;
rivojlanishida har bir ishtirokchining hissasi mavjud bo‗lgan o‗ziga xos ta‘lim
turini yaratish;
talabaning o‗zlashtirgan bilimini nazorat
qilish va baholash tizimini
soddalashtirish;
ko‗proq talabalarni jalb qilish va ma‘lumotlarni tushunishni osonlashtirish,
o‗quv jarayonini imkon qadar modernizatsiyalash.
Ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanish talaba va ta‘lim muassasasi
о‗rtasidagi о‗zaro aloqani sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, о‗quv
jarayoni yanada qiziqarli bо‗lib, uning nazorati oson va qulayroq bo‗lishi hamda
bilimlar bazasini tizimlashtirish orqali uni o‗z vaqtida yangilab borish imkonini
beradi.
15
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkin-ki,
ta‘limiy mobil ilovalar
– bu pedagogik metodlarga asoslanib o‗quv
kontentini elektron shaklda
yetkazishga mo‗jallangan hamda ta‘lim oluvchilarning o‗zlashtirishi monitoringini
olib borishga yordam beradigan, mobil platforma uchun yaratilgan dasturiy
ta‘minotlardir.
12
Elektron axborot vositalarida, jumladan, Internet tarmog‗i orqali ta‘lim
kontentini taqdim etish va uning assimilyatsiyasini nazorat qilish uchun o‗quv-
metodik ta`minotdan foydalanishni, ayniqsa, ta‘limiy mobil ilovalarni ta‘lim
jarayoniga tadbiq etishni taqozo etadi. Zamonaviy
talablarga javob beradigan
ta‘lim jarayonini modellashtirish uchun uning barcha ishtirokchilariga samarali
ta‘sir o‗tkazish va umumiy maqsadlarga erishishga imkon beradigan axborot-ta‘lim
muhitiga ehtiyoj tug`iladi. Bunday muhit, bizning fikrimizcha, mobil qurilmaning
dasturiga aylanishi mumkin [50]. Ulardan foydalanish asosan talabalarning
umumkasbiy yoki ixtisoslik fanlari bo‗yicha mustaqil bilim faoliyati
motivatsiyasini kuchaytirishga mo‗ljallangan.
Rivojlanayotgan simsiz va mobil tarmoqlar, jamiyatdagi turli munosabatlar va
sohalarga smartfonlarning tezkor kirib borishi [100], mobil ta‘lim uchun yangi
ilovalar yaratilishiga olib keladi. Dunyodagi uyali aloqa abonentlarining umumiy
soni internet foydalanuvchilari sonidan bir necha barobar ko‗p
ekanligi taxmin
qilinmoqda [50].
Shundan kelib chiqib, O‗zbekiston bo‗yicha ba‘zi statistik ma‘lumotlarni
quyida keltirib o‗tamiz.
Birinchidan,
O‗zbekistonni unga chegaradosh
mamlakatlar
bilan
solishtiradigan bo‗lsak, internetdan foydalanuvchilar soni jihatidan ancha
yuqoriligini ko‗rishimiz mumkin (1.1-rasmga qarang).
12
Ta‘limiy mobil ilovalarga muallifning shaxsiy fikridan kelib chiqib bergan ta‘rifi.