• Tadqiqotning amaliy natijalari
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/85
    Sana08.01.2024
    Hajmi11,25 Mb.
    #132231
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
    ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish bosqichlari SCRUM usulidagi loyiha 
    jadvali (Project backlog), vaqt oralig‗i (Sprint backlog), Scrum -doska, vazifalarni 
    kuydirish diagrammasi (Burndown chart), tayyorlik mezoni (Definition of Done) 
    komponentlarni qo‗llash orqali takomillashtirilgan; 
    ta‘limiy mobil ilovalar sifatini baholash (dizayni, qulayligi, funksionalligi
    foydalanuvchiga ta‘siri, barqarorligi) mezonlari mobil ta‘lim samaradorligini 
    tavsiflovchi FRAME (The framework for the Rational Analysis of Mobile 
    Education) modelini tatbiq etish asosida qurilmaviy, ta‘limiy, ijtimoiy va ularning 
    o‗zaro ta‘sir jihatlarini belgilash orqali takomillashtirilgan; 
    talabalarning web dasturlashga oid bilim va ko‗nikmalarini rivojlantirish 
    vositalari o‗quv jarayonini individuallashtirish imkonini beruvchi va mobil 
    texnologiyalardan foydalanish ko‗nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi 
    krossplatformali Flutter dasturiy ta‘minoti yordamida EduMobileApp ilovasini 
    yaratish asosida takomillashtirilgan; 
    web dasturlash asoslari fanini o‗qitish metodikasi aralash ta‘limning 
    Selfbrender modeliga ustuvorlik berish orqali auditoriya mashg‗ulotlari va 
    mustaqil ta‘limni tashkil etishda mobil kompilyator, mobil doska, mobil video 
    texnologiyalarini qo‗llash asosida takomillashtirilgan. 
    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
    ―Web dasturlash asoslari‖ umumkasbiy fani bo‗yicha ―Gibrid‖ guruhiga 
    tegishli ―EduMobileApp 1.0‖ ta‘limiy mobil ilovasi (DGU №18467) va 
    https://eduma.uz web platformasi yaratilgan;
    ta‘limiy mobil ilovalarni krossplatformali muhitda yaratishni o‗rganishga 
    qaratilgan ―Mobil ilovalarni yaratish texnologiyasi – Flutter va Dart‖ (DGU 
    №14028) nomli elektron o‗quv qo‗llanma ishlab chiqilgan



    android tizimi uchun ilovalarni ishlab chiqish bo‗yicha bilimlarni 
    rivojlantirishga yo‗naltirilgan ―Mobil ilovalarni yaratish texnologiyasi – Android 
    Studio‖ (DGU №17616) nomli elektron o‗quv qo‗llanma ishlab chiqilgan. 

    Download 11,25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




    Download 11,25 Mb.
    Pdf ko'rish