Mobil ta`lim
uchun ilovalar
Mobil
foydalanuvchilar
uchun infratuzilma
Mobil
protokollar
Tarmoq
infratuzilmasi
19
nazar butun umr davomida uzluksiz o‗rganish g‗oyasiga juda mos keladi. Mobil
ta‘lim, eng so‗nggi mobil texnologiyalarni rivojlantirish natijasida, oliy ta‘lim
muassasalarida o‗quv jarayonini modernizatsiya qilishga yordam beradi. Mobil
qurilmalardan tartibsiz foydalanish ehtimolining kattaligi auditoriyadagi ta‘lim
uchun maxsus texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‗llash zaruriyatini paydo qiladi.
Faqatgina mobil ta‘limdan to‗g‗ri yo‗nalishda foydalanilganda o‗quv fanlari
bo‗yicha o‗qitish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari uchun ta‘limiy mobil
ilovalarni yaratish va undan foydalanishning asosiy didaktik xususiyatlari - bu
interfaollik, axborot mazmuni, kо‗rinishi, avtonomligi, foydalanish qulayligi,
tezkor murojaat va fikr almashishdir [76]. Ushbu didaktik xususiyatlar mobil
texnologiyalar va ta‘limiy mobil ilovalarni ta‘lim jarayoniga tadbiqining maqsadga
muvofiqligi va samaradorligini quyidagilar orqali belgilaydi:
talabalarning o‗zaro munosabatlarini yaxshilanishi;
axborot texnologiyalari bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirish;
auditoriya mashg‗ulotlari va mustaqil ta‘limni tashkil etish;
individual va guruh bilan ishlashni tashkil etish;
interfaollikni ta`minlash;
o‗quv materiallarini ko‗rgazmali taqdim etish;
mutaxassislik bo‗yicha qo‗shimcha ko‗nikmalarini shakllantirish
uchun an'anaviy va yangi formatdagi, shu jumladan loyiha turidagi vazifalarni
bajarish;
mutaxassislik amaliy ko‗nikmalarini shakllantirish uchun joriy
nazoratning tarkibiy qismi sifatida shaklli nazorat (ingliz tilidagi ishchi termini:
formative assessment)ni amalga oshirish [48; 436-bet].
Interfaol o‗quv muhitini yaratish ushbu jarayon uchun uslubiy yordamni
ishlab
chiqishni
talab
qiladi.
Mobil
ilovalarni
ta‘lim
jarayoniga
integratsiyalashuvining nazariy va uslubiy asoslarini aniqlash dasturiy va me‘yoriy
hujjatlar tahlilini, shu bilan birga, yurtimizdagi va xorijdagi ayni soha
20
mutaxassislarning mobil texnologiyalarni (oxirgi o‗n besh yildagi) ixtisoslik yoki
umumkasbiy fanlarni o‗qitishda qo‗llash tajribasini o‗z ichiga oladi.
Ta‘lim jarayoniga mobil ilovalarning integratsiyasi ichki metodologiyada
yangi yo‗nalish bo‗lganligi sababli, ushbu sohada bir qator qarama-qarshiliklar
mavjud:
Ta‘lim jarayoniga oid mashg‗ulotlarni o‗tkazishning yangi shakllari
(interfaol ma'ruzalar, munozaralar, loyihaviy tadbirlar va boshqalar) joriy etilishi
bilan mashg‗ulotning interaktivligini kuchaytirilishi va ushbu faoliyat turlariga, shu
jumladan topshiriq shakllariga uslubiy yordam yetishmasligi;
Ijtimoiy ehtiyoj bilan mobil texnologiyalar va ta‘limiy mobil ilovalardan
o‗quv vositasi sifatida foydalanish hamda mobil ilova va tizimlarning
tipologiyalari bilan bog‗liq vazifalarni amalga oshirish, xususan yurtimizda,
umumkasbiy yoki ixtisoslik fanlarini o‗qitish jarayonida ulardan foydalanish
bo‗yicha uslubiy ta`minot yo‗qligi;
O‗qituvchining me‘yoriy hujjatlarda belgilangan kasbiy faoliyatda
zamonaviy axborot-kommunikatsiya va mobil texnologiyalardan foydalanish
kompetensiyasi bilan ularning bilim va kо‗nikmalari о‗rtasida tafovutning
mavjudligi.
O‗quv fanlarini o‗qitish jarayoniga ta‘limiy mobil ilovalarni muvaffaqiyatli
integratsiyasining asosiy shartlaridan biri о‗qituvchining axborot-kommunikatsiya
bilan bog‗liq qobiliyatlari bо‗lib, u umum-foydalaniladigan, umum-pedagogik va
fan doirasidagi maxsus-pedagogik tarkibiy qismlardan iborat. О‗qituvchining
axborot-kommunikatsion kompetensiyasi bugungi kunda eng zamonaviy va
ommabop bо‗lgan mobil texnologiyalardan foydalanish bо‗yicha bilim va
kо‗nikmalarni о‗z ichiga olishi kerak [80, 100]. Bunday jarayonlar ta‘lim
tizimining umumiy sifatini katta darajada yaxshilashga yordam beradi [31; 89-bet].
Ilmiy izlanishlar olib borishning nazariy metodlariga asosan OTMda
umumkasbiy yoki ixtisoslik fanlarini o‗qitishda ta‘limiy mobil ilovalar
integratsiyasi talablarini aniqlash uchun:
21
dasturiy
va
me‘yoriy
hujjatlar
tahlili
(axborot-kommunikatsion
texnologiyalar o‗quv fanlarini o‗qitish komponenti sifatida);
fanlarini o‗qitish jarayoniga mobil texnologiyalarni tadbiq etish bo‗yicha
tajribalar va metodik adabiyotlarni umumlashtirish;
ta‘lim jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq bo‗lgan mobil ilovalarni
tasniflash va tizimlashtirish zarur bo‗ladi [109].
Mobil texnologiyalar nafaqat talabalar, balki o‗qituvchilarning ham faoliyat
samaradorligini oshiradi [63]. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mobil
texnologiyalarning o‗quv jarayoniga qo‗shilishi bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi, o‗qituvchi ham, talaba ham avval texnologiyadan foydalanish
ko‗nikmalarini shakllantirishi, so‗ngra uni tizimli ravishda rivojlantirishi kerak
[125].
Bundan tashqari OTMlarida umumkasbiy yoki ixtisoslik fanlarini o‗qitishda
ta‘limiy mobil ilovalarga bo‗lgan ehtiyojni aniqlash maqsadida o‗tkazilgan
so‗rovnoma natijalarini tahlil qiladigan bo‗lsak (1.1-jadvalga qarang), uning
allaqachon zaruratga aylanganini ko‗rish mumkin.
GoogleForm orqali tashkil etilgan so‗rovnomadagi -OTM auditoriya va/yoki
undan tashqari ta‘lim jarayonlarida mobil ilovalardan foydalanish kerakmi?-
ko‗rinishida taqdim etilgan savoliga, ishtirokchilarning katta qismi interaktivlikni
ta`minlab, ta‘lim sifatini oshirishga yordam beruvchi vosita sifatida nazarda
tutilgan javob variantini tanlashgan.
-Ta‘lim faoliyatingiz bilan bog‗liq, siz eng ko‗p foydalanadigan mobil
ilova(lar)? – savoliga berilgan javoblar turlicha bo‗lib, ular orasida Telegram va
ZOOM ilovalari 100% ishtirokchilar tomonidan, tarjimon ilovalar va MOODLE
ilovasi boshqalariga nisbatan ko‗proq ishtirokchilar tomonidan qayd etilgan.
-Siz faoliyat yuritayotgan OTMda qanday mobil ilova bo‗lishini istaysiz? –
savoliga esa ishtirokchilarni deyarli yarmi mutaxassislik fanlari bo‗yicha mobil
ilovalar bilan bo‗gliq javob variantini tanlashgan.
|