Ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti o‘quv qo‘llanma Toshkent – 2017




Download 1 Mb.
bet1/123
Sana14.06.2023
Hajmi1 Mb.
#72760
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Документ Microsoft Word, KO’P G’OVAKLI BETON, Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt, PaymentGraph 20231117 105812 2624450699771498006, 624279a108ac5748110642 (1), Boshlang‘ich sinflarda son so‘z turkumini zamonaviy metodlar aso, Ta’lim texnologiyasining tuzilishi, Mavzu Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang’ich sinf o’qituvchila, 1. Word dasturida ishlashni tushuntirish, “Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan oraliq va yakuniy nazorat, АКТ стандарт русс, 555 1- маъруза, ТАРЖИМАИ ХОЛ лотин11, Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari

ULUG‘BEK HAMDAMOV, ABDUG‘OPIR QOSIMOV


JAHON ADABIYOTI
O‘quv qo‘llanma

Toshkent – 2017
Mazkur o‘quv qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy Kengashining 8-A sonli majlisida muhokamadan o‘tkazilgan va nashrga tavsiya etilgan.

Annotatsiya
“Jahon adabiyoti” fani talabalarga dunyo adabiyotining umumiy manzarasi, davrlari, yo‘nalishlari, sara namunalari, atoqli namoyondalari hayoti va ijodi, qolaversa, jahon adabiyotshunosligining asosiy mazmun-mohiyatidan saboq beradi. Mazkur o‘quv qo‘llanma yuqorida nazarda tutilgan yo‘nalishlar mazmunini o‘zida to‘la qamrab oladi.

Abstract
The scientific discipline “World literature” defines general picture of world literature, main directions, life and literary biography of basic representatives, selected samples, moreover, it depicts the main sense of literature studies. This textbook covers above-mentioned directions in all perspectives.
Аннотация
Предмет «Мировая литература» рассматиривает общею картину мира миравой литературы, направления, ярких отобранных представителей, литературных работ. Данное учебное пособие охватывает выше перечисленные направления в широкем спектре.


KIRISH
Hozirgi globallashuv sharoitida, axborot texnologiyalarining tez sur'atda taraqqiy etishi, xususan internet tizimining har bir xonadonga kirib borishi bir qator ijobiy jihatlar bilan birga turli ko‘rinishdagi ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, yoshlarda ularga qarshi immunitetni shakllantirish dolzarb muammo aylandi. Shu bois ta'lim tizimida adabiyot tarixini o‘rganish barobarida yoshlarninig ma'naviy dunyosini boyitish, yuksak umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini oshirishni talab etiladi. Shundan kelib chiqib, zamonaviy talablar bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, ularni ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, o‘qitishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish davr talabidir.
Oliy ta'lim tizimida, asosan, filologik yo‘nalishlar dasturiga kiritilgan “Jahon adabiyoti”, “Jahon va turkiy xalqlar adabiyoti” singari fanlar bo‘yicha o‘zbek tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish masalasi ham o‘ta dolzarb hisoblanadi. Chunki jahon adabiyoti bilan tanishish o‘z milliy adabiyotimizni munosib baholash imkonini beradi. Oliy ta'lim sohasidagi islohotlar o‘quv dasturlari, darslik va uslubiy qo‘llanmalarni zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF–4797-son asosida tayyorlangan.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ta'limning ijtimoiylashuvi bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning adabiy-estetik dunyoqarashini boyitish, ularda go‘zallik tuyg‘ularini qaror toptirish adabiyotning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “O‘zbekiston va uning bag‘rikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda”. Shu jihatdan, o‘z millati adabiyoti bilan bir qatorda Jahon adabiyotining sara namunalarini o‘qib tahlil qila oladigan yetuk adabiyotshunos, tarjimon va murabbiylar yetishtirish zarurdir.
O‘quv qo‘llanma adabiy-estetik qadriyatlarning milliy va umumbashariy jihatlarini, jahon adabiyoti tarixini o‘rganishning millat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rnini talabalarga tushuntirish, ularda badiiy asarni mukammal tushunish, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish, jamoatchilikni jahon adabiyotidagi mazmun va shakl, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashish, jamiyatning ma'naviy manzarasini adabiy-nazariy tafakkur orqali aks ettirish, jahon adabiyoti durdonalarini mukammal o‘rganish orqali talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirish uchun ko‘rsatmalar beradi.
Yangi fan dasturi asosida jahon adabiyoti tarixi bo‘yicha oliy o‘quv yurti talabalari uchun yagona o‘quv adabiyotini tanqidiy yondashgan holda qayta ishlab chiqish vaqti allaqachon yetdi. Chunki chet el adabiyoti tarixi bo‘yicha shu kungacha foydalanib kelingan adabiyotlar ham qisman bo‘lsa-da zamon talabiga javob bermay qoldi. Ayniqsa, antik davrdan XXI asrgacha bo‘lgan adabiyot tarixidan yagona qo‘llanmaning yo‘qligi talabalarga noqulayliklar tug‘dirmoqda edi.
Taqdim etilayotgan kitobda ana shu bo‘shliqni to‘ldirishga, jahon adabiyoti tarixiga hozirgi zamon nuqtayi nazaridan baho berishga baholi qudrat harakat qilindi. O‘quv adabiyotining asosiy maqsadi talabalarga jahon adabiyotida sodir bo‘lgan barcha jarayonlar haqida to‘liq va batafsil ma'lumot berish emas. Chunki ushbu o‘quv predmeti uchun ajratilgan dars soatlari ham chegaralangandir. Maqsadimiz jahon adabiy jarayonining muhim jihatlari, uning asosiy vakillari haqida ma'lumot berish, bo‘lajak filologlarga ushbu adabiyotni o‘rganishlarida ko‘mak berishdan iborat. Talabalarda xorijiy mamlakatlar adabiy jarayoni haqidagi tasavvurni shakllantirish murakkab va mas'uliyatli vazifa sanaladi. Xorij adabiyotini yaxshi bilish, tahlil qila olish ko‘nikmasi qiyoslash orqali o‘zbek adabiyotini yanada teran his qilishga yordam beradi.
Qo‘lingizdagi kitob ana shu mas'uliyatli vazifani ado etish maqsadida yaratildi. Qo‘llanmadagi yozuvchi-shoirlar haqidagi ijodiy-biografik ma'lumotlarga tartib berishda, qo‘yilayotgan muammolar qamrovini kengroq olishda N.Tronskiy, A.Jirmunskiy, O. Gasset, Y. Borev, V. Lukov, A.Alimuhammedov, O.Qayumov, Q.Azizov, D. Zatonskiy, X. Boltaboyev, M. Mahmudov, Q. Yo‘ldoshev, M. Xolbekov, D. Quronov singari mualliflarning darslik, qo‘llanma va tadqiqotlari hamda xorijiy manbalarga (3 qismdan iborat “World literature”, Laura Getty, PhD, Kyoughye Kwou, PhD) murojaat qilindi.
Qo‘llanmaning avvalgilardan farqli tomoni G‘arbiy Yevropa va Amerika adabiyotidan tashqari talabalarning dunyo adabiyoti bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga yo‘naltirilgan yangi mavzular kiritilganligida ko‘rinadi. Xususan, “Qadimgi Sharq adabiyoti”, “Mif va badiiy ijod”, “Turkiy tilda so‘zlashuvchi qardosh xalqlar adabiyoti”, “Avstraliya, Okeaniya, Afrika, Kanada mamlakatlari adabiyoti”, “Modernizm”, “Postmodernizm”, “Jahon adabiyotining zamonaviy muammolari” singari mavzularga oid ma'lumotlarning bayon etilganligi talabalarning mazkur fan bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lishiga yordam beradi, deb umid qilamiz.
Jahon adabiyoti bo‘yicha umumiy o‘quv qo‘llanma o‘zbek tilida ilk bor nashr etilayotganligi uchun ayrim kamchiliklarning uchrashi ehtimoldan xoli emas. Mualliflar qo‘llanma yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar uchun avvaldan minnatdorchilik bildiradilar.


Download 1 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti o‘quv qo‘llanma Toshkent – 2017

Download 1 Mb.