Umum ped na amal-O`um 13-14




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   307
Ta'lim tamoyillari 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
24 
Bilimlarni tizimli va izchil o‘zlashtirish qoidasi ta‘limning ilmiyligi va tushunarliligi qoidalari bilan uzviy bog‘liq. 
Tizimlilik (sistemalilik) didaktik kategoriya sifatida Ya.A.Komenskiyning asarlarida asoslab berilgan edi. U tabiatda bir 
narsa ikkinchi narsa bilan bog‘liq bo‘lganidek, ta‘limda har bir narsa ikkinchisi bilan aloqada bo‘lmog‘i, har bir 
mashg‘ulotda o‘rganilgan bilim keyingi o‘rganiladigan bilimlarga yo‘l ochishi lozim, deb hisoblaydi.
Professor O.Roziqov tizimlilikni ta‘lim qoidasi sifatida quyidagi belgilarga ega ekanligini ta‘kidlaydi: tartibga 
solinganlik, tashkiliylik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylik, vorisiylik, istiqbolga yo‘nalganlik

Ta‘limning tizimli bulishi uning izchil bo‘lishi bilan bogliqdir. Izchillikka asoslangan ta‘limning xarakterli belgisi 
shundaki, u o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko‘nikma va malakalar 
hosil qilish, ularning o‘zaro bog‘lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni bayon qilish jarayonida 
oldindan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yanada chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni 
ta‘minlashga qaratilgandir.
Tizimlilik va izchillik o‘quv fanlarining bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishini ham nazarda tutadi. 
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan turmush tajribalari bilan bog‘lab olib borish ta‘limning yetakchi qoidalaridan 
hisoblanadi. Ta‘lim - tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga 
asoslanadi. Shundagina o‘quvchi - talaba o‘rganayotgan o‘quv materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va 
amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘qituvchi ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlariga 
erishmog‘i lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli tushunib o‘zlashtirishga olib keladi. 
Ta‘limdagi onglilik va faollik, o‘quvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va 
xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o‘zlashtirish o‘qitish jarayonining psixologik tomonlarida o‘z 
ifodasini topadi. O‘qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat‘iy bayon etilsa, o‘kuvchi talabaning fikr yuritishi shunchalik 
aniq va ravshan bo‘ladi va o‘quv materiallarini ongli o‘zlashtirish darajasi ham oshadi. 
Ta‘lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim 
olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda 
o‘qituvchi o‘kuvchining mashg‘ulotlarga munosabati va bu jarayonda o‘zini qanday tutishga e‘tibor bermog‘i lozim. 
Shunday ekan, ta‘limning samaradorligi o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga 
bog‘liqdir. Buning uchun o‘qituvchi ularni o‘qishga ijodiy munosabatda bo‘lishga, mustaqillikka, ishchanlikka 
odatlantirishi lozim. 
Ta‘lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. 
Shu sababli ta‘lim shaxsni shakllantirishning asosiy manbaidir. 
O‘qitib tarbiya berish deganda ta‘lim va tarbiyaning bir - biridan ajralmasligini tushunamiz. Xar bir o‘quv fani 
hatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham shubhasiz, tarbiyalovchilik xarakteriga ega. 
Tabiiy fanlar- matematika, kimyo, biologiya, astronomiya va boshqalarni o‘zlashtirish orqali o‘quvchilarda ilmiy 
e‘tiqod, dunyoqarash shakllana boradi. Ular dunyoni o‘rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar. Har bir narsa 
yuzasidan haqqoniy hukm chiqarishga o‘rganadilar. 
Gumanitar fanlarning tarbiyaviy ahamiyati yanada kengroq bo‘lib, ular komil insonning axloqiy sifatlarini 
shakllantirishga har tomonlama yordam beradi. 
O‘quvchi-talaba ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi, iymon- e‘tiqodi va qobiliyati o‘sib 
rivojlanib boradi. Ta‘limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish o‘qituvchining, avvalo, ta‘limni uslubiy jihatdan
to‘g‘ri tashkil etishiga, o‘quv materiallarining mazmuni bilan bog‘liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashiga va 
o‘quvchilarning bilim olishga qiziqtira olishiga bog‘liqdir. Shu bilan birga o‘qituvchining o‘quvchilar oldidagi obro‘ - 
e‘tibori muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. 
Ta‘limning ko‘rsatmalilik qoidasi- ta‘lim jarayoni sifatini oshiradi, o‘quvchilarning bilim olishlarini 
osonlashtiradi. Bu qoida o‘qitish jarayonida ko‘rish, eshitish, hid, ta‘m, maza bilish, teri-muskul harakat kabi sezgi 
organlarining bir yo‘la ob‘ekt ustida safarbar qilinishini talab etadi.
Ta‘lim jarayonida ko‘rsatma materiallar o‘quv predmetlarining xarakteri va mazmuniga qarab turli - tuman 
bo‘lishi mumkin. 
Jumladan: 
a) buyum va narsalarni aslini tabiiy holda ko‘rsatish; 
b) tasviriy ko‘rsatmali materiallarni namoyish qilish; 
v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko‘rsatish; 
g) ovozli ko‘rsatmali materiallarni ko‘rsatish. 
Ta‘limda ko‘rsatmalilikning samarali natijalar berishi uchun uning quyidagi tomonlariga ham e‘tibor berish
kerak. 
Birinchidan, ishlatiladigan ko‘rsatmali qurollar u yoki bu sinf o‘quvchilarining yoshi va o‘ziga xos xarakter 
xususiyatlari, umumiy tayyorgarligi- saviyasiga mos keladigan bo‘lishi lozim. 
Ikkinchidan, foydalaniladigan ko‘rsatmali qurollar o‘tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga
yordam beradigan materiallar bo‘lishi lozim. 
Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko‘rsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun
zarur bo‘lgan ta‘lim usullari to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi lozim.
Ta‘lim jarayonida muvaffaqiyatlarga faqat 
bilim berishda o‘quvchi - talabaning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olganda erishish mumkin. Shuning 
uchun o‘qituvchilarda bolalar psixologiyasiga oid bilimlar yetarli bo‘lishi lozim. Sinf o‘quvchilar jamoasiga xos 
umumiy xususiyatlar va har qaysi o‘quvchiga tegishli xususiyatlar ta‘limning har bir bosqichida e‘tiborga olinishi 
kerak. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni kuzatishi va ularning ruhiy olamini o‘rganishi lozim. Faqat 

Download 6,15 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish