UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
2
ta‘lim sohasida kamsitishlarga yo‗l qo‗yilmasligi;
ta‘lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta‘minlanishi;
ta‘lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta‘lim va tarbiyaning insonparvarlik,
demokratik xususiyati;
ta‘limning uzluksizligi va izchilligi;
o‗n bir yillik ta‘limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‗lgan bolalarni bir yil davomida
umumiy o‗rta ta‘limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta‘lim standartlari va davlat ta‘lim talablari doirasida ta‘lim
olishning hamma uchun
ochiqligi;
o‗quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta‘lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning
kafolatlanganligi;
ta‘lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste‘dodning rag‗batlantirilishi;
ta‘lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‗unligi;
ta‘lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Ta‘lim tizimi
Ta‘lim tizimi:
davlat ta‘lim
standartlarini, davlat ta‘lim
talablarini, o‗quv rejalari va o‗quv dasturlarini;
davlat ta‘lim standartlarini, davlat ta‘lim talablari va o‗quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta‘lim
tashkilotlarini;
ta‘lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta‘lim tizimining faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan tadqiqot
ishlarini bajaruvchi
ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta‘lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni
o‗z ichiga oladi.
Ta‘lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Ta‘lim turlari
Ta‘lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta‘lim va tarbiya;
umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim;
professional ta‘lim;
oliy ta‘lim;
oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta‘lim.