UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
4
Oliy ta‘lim bakalavriat ta‘lim yo‗nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‗yicha yuqori
malakali kadrlar tayyorlanishini ta‘minlaydi.
Oliy ma‘lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta‘lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar,
institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‗rta (o‗n bir yillik ta‘lim), o‗rta maxsus (to‗qqiz
yillik tayanch o‗rta va ikki yillik o‗rta maxsus ta‘lim), boshlang‗ich professional ta‘lim (to‗qqiz yillik
tayanch o‗rta va ikki yillik boshlang‗ich professional ta‘lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun
kuchga kirguniga qadar o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi (to‗qqiz yillik umumiy o‗rta va uch yillik o‗rta
maxsus, kasb-hunar ta‘limi) olgan shaxslar oliy ma‘lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta‘lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta‘lim yo‗nalishlaridan biri bo‗yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va
ko‗nikmalar beradigan, o‗qish davomiyligi kamida uch yil bo‗lgan tayanch oliy ta‘limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‗yicha o‗qish davomiyligi
kamida bir yil bo‗lgan oliy ta‘limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‗lgan bakalavriat ta‘lim
yo‗nalishlarining ro‗yxati ta‘lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma‘lumotni olish huquqiga ega.