UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
5
musiqa va san‘at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‗lomlashtirish muassasalari
kiradi.
Maktabdan tashqari ta‘lim berish tartibi ta‘lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi
tomonidan belgilanadi.
15-modda. Ta‘lim olish shakllari
Ta‘lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta‘lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta‘lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta‘lim;
oilada ta‘lim olish va mustaqil ta‘lim olish;
katta yoshdagilarni o‗qitish va ularga ta‘lim berish;
inklyuziv ta‘lim;
eksternat tartibidagi ta‘lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
16-modda. Masofaviy ta‘lim
Masofaviy ta‘lim o‗quv rejalari va o‗quv dasturlariga muvofiq ta‘lim oluvchilar tomonidan
zarur bilim, malaka va ko‗nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon
axborot tarmog‗idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta‘limni tashkil etish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.