UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
1
1-MAVZU: O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari
Reja:
1. O‗zbekistonda ta‗lim tizimi haqida tushuncha.
2. Ta‗lim sohasida Davlat siyosatning asosiy printsiplari.
3 ―Ta‗lim to‗g‗risida‖gi Qonun
4.O‗zbekistonda ta‗lim tizimining asosiy yo‗nalishlari to‗g‗risida.
Asosiy tushunchalar
: ta‗lim tizimi, ta‗lim turlari, ta‗lim sohasida davlat siyosatining asosiy
printsiplari, ta‗lim turlari
Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‗llaniladi:
davlat akkreditatsiyasi — davlat ta‘lim
muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat
ta‘lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta‘lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta‘lim
standartlari va davlat ta‘lim talablariga hamda o‗quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan
e‘tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma‘lumot to‗g‗risidagi hujjatlarni topshirish huquqining
taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat ta‘lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki
bo‗lgan mol-mulk
negizida tashkil etilgan, davlat ta‘lim standartlariga va davlat ta‘lim talablariga
muvofiq ta‘lim beradigan muassasa;
davlat ta‘lim standartlari — davlat tomonidan ta‘limning mazmuni va sifatiga nisbatan
belgilanadigan talablar majmui;
davlat ta‘lim talablari — ta‘limning
tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-
sharoitlariga, shuningdek ta‘lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy
sifatlariga qo‗yiladigan majburiy talablar;
malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini
bajarishga tayyorgarligini
ifodalaydigan, ma‘lumot to‗g‗risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va
ko‗nikmalar darajasi;
mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining
nomi;
nodavlat ta‘lim tashkiloti — davlat ta‘lim
standartlari, davlat ta‘lim talablari va o‗quv
dasturlariga muvofiq ta‘lim xizmatlari ko‗rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan
litsenziya asosida ta‘lim xizmatlari ko‗rsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama
kamol toptirishga, ularning ongini, ma‘naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini
shakllantirishga
qaratilgan tizimli jarayon;
ta‘lim — ta‘lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‗nikmalar berishga,
shuningdek ularning umumta‘lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‗nikmalarini shakllantirishga,
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta‘lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‗quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini
(markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta‘lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
vaqtincha
yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport
inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‗z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan
iborat bo‗lgan, o‗quv jarayoni, ma‘naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta‘minlaydigan
ta‘lim-tarbiya muhiti;
ta‘lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta‘lim
oluvchilar, voyaga yetmagan ta‘lim
oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
ta‘lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta‘lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta‘lim
standartlari, davlat ta‘lim talablari hamda o‗quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni,
darajasi va sifatini aniqlash bo‗yicha davlat nazoratining asosiy shakli.