|
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
|
bet | 2/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 452,47 Kb. | | #235668 |
Bog'liq Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli va uning o‘ziga xos xususiyatlariKirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlari hamda unga o’tish yo’llarini o’rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakmi yo’qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodiyoti tizimi afzal deb, unga o’tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun maxsus o’tish davri zarur bo’lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini, unga o’tish yo’llarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozor tizimi barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga xos bo’lib, u o’z doirasini to’xtovsiz kengaytirib bormoqda. Bu, ayniqsa, sivilizatsiya darajasiga bog’liq bo’lib u o’z taraqqiyot jarayonini tezlashtirib bormoqda. Eng taraqqiy etgan va qudratli iqtisodiyotga ega bo’lgan mamlakatlar asosan bozorcha usul tufayli xalq farovonligini ta’minlashda yuqori ko’rsatkichlarga erishmoqdalar. Bular avvalo yuqori darajali industrial mamlakatlardir. Bularning ketidan borayotgan va bozor munosabatlariga o’tishda yaxshi natijalarga erishayotgan mamlakatlarning soni oshib bormoqda.
O’zbekistan ham iqtisodiy taraqqiyotda bozor yo’lini tanladi. Zero, O’zbekistan faqat bozorgina inson manfaatiga mos mehnatni rag’batlantiruvchi mexanizmga ega bo’lgani, jahon hamjamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichiga juda mosligi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira olishi, ishlab chiqarishni iste’molchilar manfaatiga bo’ysundirishi, tejamli xo’jalik yuritishning kuchli, oqilona jihatlarini yaratishi, yangiliklarga sezgirlikni oshirishi va fan-texnika yutuqlarini dadil joriy etish sharoitlariga ega bo’lishi kabilarni e’tiborga olgan holda uzil-kesil bozor munosabatlariga o’tishni tan olib, bozor iqtisodiyoti sari dadil qadamlar qo’ymoqda.
Mamlakatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev ham “Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo’lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo’lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo’lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o’tishimiz shart. Yagona yo’limiz shu. Bu - Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo’l yo’q. Biz boshlagan islohotlarimizni qatʼiy davom ettiramiz va ular albatta o’zining ijobiy natijasini beradi” deya ta’kidlaganlar1.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlar mazkur kurs ishining ahamiyatini belgilab beradi.
|
| |