II-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI




Download 452,47 Kb.
bet7/14
Sana15.05.2024
Hajmi452,47 Kb.
#235668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli va uning o‘ziga xos xususiyatlari

II-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI.
2.1 Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazilib, butun iqtisodiy munosabatlar tizimi qayta quriladi va o’zgartiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri - ma’muriy buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakillantirish jarayonlari amalaga oshiruvchi tarixiy davrdir. Jahondagi ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ilmiy asosda (ravishda) boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi. Bir qator davlatlar shu yo’lni tanladilar. Ya’ni (5-rasm):
1. Rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2. Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3. Sobiq sotsiolistik mamlakatlar yo’li;
4. Sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Xitoy, Vetnam).
Rivojlangan inamlakatiar yo’li. Bu g’arbcha model deb ham atalib. bunda oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodivotiga va undan hozirgi zamon madaniy jihatdan rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Rivojlanavotgan mamlakatlar yo’li. Bu mustaqil rivojlanavotgan mamlakatlarning bozor iqtisodivotiga o’tish yo’li bo’lib, unda qoloq. an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li. Bu yo’lnig xususiyati, bir-biriga butunlay qarama-qarshi bo’lgan bir iqtisodiyotdan boshqasiga, ya’ni markazlashtirilgan, ma’muriy buyruq-bozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish har bir mamlakat uchun xos bo’lgan model (nusxa yoki andozaga) ga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi va farqi bo’ladi. Umumiyligi – ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonun-qoidalariga amal qiladi. Shuning bilan birga ko’rsatib o’tilgan har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarni bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, ananaviy iqtisodiyotga erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir.
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir.


Download 452,47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 452,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Download 452,47 Kb.