• Kurs ishining obyekti
  • Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi
  • Umumiy fanlar va jismoniy tarbiya




    Download 452,47 Kb.
    bet3/14
    Sana15.05.2024
    Hajmi452,47 Kb.
    #235668
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli va uning o‘ziga xos xususiyatlari

    Kurs ishining maqsadi bozor iqtisodiyoti, unga o’tish yo’llarini tadqiq etish hamda mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o’tishida kuztilayotgan muammolarning yechilishi bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
    - bozor iqtisodiyoti tushunchasining mazmun-mohiyati, uning o’zig xos xususiyatlarini ochib berish;
    - bozor iqtisodiyotining afzalliklarini va muammolarini tadqiq etish;
    - bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llarini o’rganish;
    - O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishini natijalarini tahlil qilish;
    Kurs ishining obyekti bozor iqtisodiyoti hamda unga o’tish jarayonlar hisoblanadi.
    Kurs ishining predmeti mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni o’z ichiga oladi.
    Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning bozor iqtisodiyoti, unga o’tish yo’llariga doir amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
    Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va o’zaro mazmunan bog’langan 5 ta rejadan iborat bo’lib umumiy hajmda 44 betni tashkil etadi.

    I-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
    1.1 Bozor iqtisodiyotining mazmun-mohiyati, uning o’ziga xos xususiyatlari
    Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo’lib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg’unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
    Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo’lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir.
    Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo’jalik emas, balki tovar xo’jaligi hukmron bo’ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo’ladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol o’rniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi.
    Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo’jalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy bo’lgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining, chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil bo’lib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yo’l berilmaydi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o’z mulki va mablag’iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko’tarib ish yuritish usullari mavjud bo’ladi.
    Bozor iqtisodiyotining tayanchi tadbirkorlik bo’lib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7-10% ni tashkil etadi.
    Bozor iqtisodiyotida har bir kishi o’z manfaatidan kelib chiqqan holda, qo’lidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini o’zi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab - taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati to’qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo’ladi. Raqobat Bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmi bo’lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko’plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga - hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida boy bo’lish man etilmaydi, aksincha, unga yo’l ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi bo’lmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past bo’lishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo’lmagan, tovarlar mo’lko’lligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi - bu daromadlarda adolatli tengsizlikning bo’lishidir.
    Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil bo’lmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad ko’radi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uyg’otib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
    Bozor iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun bo’lsada, pul bilan bog’liq bo’lmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni ko’zlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo bo’ladi.
    Tarixan Bozor iqtisodiyotining 2 turi bo’lgan: yovvoyi bozor iqtisodiyoti, madaniylashgan bozor iqtisodiyoti. Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamg’arilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo bo’lib, unga xususiy mulkning ozchilik qo’lida to’planishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning o’ta boy va o’ta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos bo’lgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga o’sib o’tadi. Bunday o’zgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo’lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo’lmasligi, o’ziga to’q va farovon yashovchi o’rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to’qnashuvlarga o’rin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi (qarang Bozor iqtisodiyoti modellari).
    Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, o’zlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uyg’unlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko’plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud bo’ladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo’ladi. Shu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar o’rnatishdan iboratdir.
    Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’’chilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’’lab asrlar davomida tarkib to’ib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’’gina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
    Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning ‘aydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan ‘ul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
    Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va ‘ul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-’ul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va ‘ulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy mono’olizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo’jaligi sub’ektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-’ul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi.
    Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10 qismi har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni ozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
    Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, ‘irovard iste’molchilar, ssuda ka’itali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat (1-rasm).


    Download 452,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 452,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy fanlar va jismoniy tarbiya

    Download 452,47 Kb.