• 6-rasm. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari 9
  • -rasm. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va salbiy jihati8




    Download 452,47 Kb.
    bet8/14
    Sana15.05.2024
    Hajmi452,47 Kb.
    #235668
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli va uning o‘ziga xos xususiyatlari

    5-rasm. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va salbiy jihati8
    Bozor iqtisodiyotiga inqilobiy yo’li bilan ya’ni jadal usulda yoki evolyutsion yo’li (tadrijiy) bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin.
    Revolyutsion yo’li qo’llanganda tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etilib, “karaxt qilib davolash” usuli (“shokovaya terapiya”) deb ataladi (6-rasm). Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikatsiz vujudga keltirish mumkin. Bu o’tish davrining ma’qul yo’li ekanligini islohotlar tajribasi ko’rsatadi, ya’ni kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyati kamchilikka ega:
    1. Ro’y berayotgan o’zgarishlarga tezda moslashuvchan emasligi, asta-sekinlik bilan moslashib borishi;
    2. Samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligi.

    6-rasm. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari9
    Ma’muriy-bo’yruqbozlik iqtisodiyotini bozor iqtisodiyotiga aylantirish uchun tizim islohotlari o’tkazish amal qiladi. O’tish davrda bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
    1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Bu xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’liq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat:
    1. xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat manopoliyasini bekor qilish;
    2. resurslarning markazlashgan ko’rinishidagi taqsimotini to’gatish;
    3. narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosia shakillantirishga o’tish;
    4. ichki va tashqi bozorlarda transaktsion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
    2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.
    - barcha iqtisoiy agentlarning ish faoliyati uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
    - bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
    - kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to’siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash;
    3. Instuttsional o’zgarishlar. Mazkur o’zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi;
    - mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
    - bozor infratuzilmasini (tijorat banklar, tovar va fond birjalari, invesyotitsiya fondlari va h.k) shakillantirish;
    - iqtisodiyotni davlat tomonian tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
    - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo’jalik qonunchiligini qabul qilish.
    4. Tarkibiy o’zgarishlar. Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta kurishdan asosiy maqsad-ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qadar talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantrishdan iborat.
    5. Makroiqtisodiy, асосан, moliyaviy barqarorlashtirish. Bu yo’nalishi muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora- tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
    6. Bozor xo’jaligiga mos bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish.
    Aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirishga yo’naltirilgan. Ushbu ko’satib o’tilgan bozor tizimining asosiy unsurlarini shakllanishi o’tish davri tugaganligini bildiradi10.
    «Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o’tmishdagi iqtisodi-yotni bir yoqlama beso’naqay rivojlantirishning mudhish me’rosiga barham berishga asoslanadi».
    O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiv maqsad:
    Ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan demokratik huquqiy daviatni va fuqarolik jamiyatini barpo qilish.
    Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi butunlay yangi iqtisodiy tizimning huquqiy negizlarini yaratishga daviatchilikni shakllantirish va mustahkamlashga, eskicha fikrlash tarzlarini ongimizdan chiqarib tashlashga qaratiladi.
    Ikkinchi bosqich bozor tizimlarining shakllanishi tugallanadigan davr bo’lib, soliq, moliya va pul-kredit siyosatini yanada takomillash-tirishni, butun tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishni ko’zda tutadi.
    O’zbekistonda iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga birinchi prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olinadi.
    Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash.
    O’tish davrida davlatning o’zi bosh islohotchi bo’lishi.
    Butun yangilanish va taraqqivot jaravoni qonunlarga asoslanishi, qonunlarning ustuvorligi ta’minlanishi.
    Bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himovalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
    Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
    O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal etishni maqsad qilib qo’ydi:
    Toralitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish.
    Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
    Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida isloh, qilishning muhim yo’nalishlari:
    - Iqtisodiy islohotlar huquqiy negizini yaratish;
    - Davlat mulkini xususiylashtirish va ko’p ukladli iqtisodiyot asoslarini shakllantirish;
    - Institutsional o’zgarishlar va boshqaruvning ma’-muriy-buyruqbozlik tizimini tugatish.
    - Qishloq xo’jaligini isloh qilishda agrar munosa-batlarning yangi turini shakllantirish.
    - Narxlarni erkinlashtirish va bozor infratuzilmasini shakllantirish.
    - Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va jahon iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilish.
    - Ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash.
    - Xalqning ma’naviy-ruhiy tiklanishi.
    - Iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy barqarorlikni ta’minlash.
    Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining ustuvor yo’nalishlari:
    - Xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish;
    - Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish:
    - Milliy valuta qadrini oshirish;
    - Chuqur tarkibiy o’zgarishlarga erishish.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish - anʼanaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o’tish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga o’tish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yo’li tanlanadi.
    Shuningdek, tarixan bozor iqtisodiyotiga o’tishning yana uch yo’lini ko’rsatish mumkin:
    1) anʼanaviy natural xo’jaligi iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tish;
    2) qoloq va mustamlaka harakteridagi iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish;
    3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish.
    Shunga ko’ra Bozor iqtisodiyotiga o’tishning ilk klassik modeli, mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli, sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud.
    Klassik model eng ko’hna model sifatida Yevropa mamlakatlariga xos bo’lgan. Bu yerda Bozor iqtisodiyotiga o’tish ko’p bosqichli bo’lib, asrlar davom etgan tabiiytarixiy jarayon shaklida kechgan. Dastlab anʼanaviy natural xo’jalik mayda tovar xo’jaligiga, bu esa o’z navbatida asov bozor iqtisodiyomura aylangan. Bozor iqtisodiyotiga o’tish ga xos bo’lgan qonuniyatlar Yevropa mamlakatlarida dastlabki sinovdan o’tgan.
    Osiyo va Afrika mamlakatlari modelini amalga oshirish to’plangan tarixiy tajribaga tayandi: anʼanaviy xo’jalikni bozor xo’jaligiga aylantirish mustamlakachilik zulmi sharoitida metropoliyalar taʼsirida boshlandi va ular manfaatiga xizmat qildi, bu jarayon sunʼiy ravishda to’xtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka erishgan sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari o’z tabiatiga moye tushadigan iqtisodiy zamindan - xususiy mulkchilikdan o’sib chikdi, chet elning moddiy va moliyaviy yordamiga tayandi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni tarixiy sakrash shaklida, yaʼni Yevropa uchun muqarrar bo’lgan tarixiy bosqichlarni o’tamay, ularni chetlagan holda anʼanaviy iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor xo’jaligidan uning rivojlangan shakliga o’tish sari bormoqda.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tishning eng so’nggi modeli sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli bo’lib, o’tish bu mamlakatlarda rejalibuyruqbozlik iqtisodiyotini qayta qurish asosida bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki shartsharoiti har xil, shunga ko’ra aholi orasida bozor ko’nikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik xo’jaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiy etgan shakliga utiladi. O’tish jarayoni tez kechadi, chunki bu sotsializm davridan qolgan moddiy bazaga, malakali ish kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga tayanadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga o’tish u. ulardan baʼzilarining davlat mustaqilligini taʼminlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu MDH mamlakatlariga xos. Bozor iqtisodiyotiga o’tish u. keng va teran bozor islohotlarini talab qiladi. O’zbekistonning Bozor iqtisodiyotiga o’tish ham milliy mustaqillik va keng ko’lamli bozor islohotlarining o’tkazilishi bilan amalga oshirilmoqda (qarang Bozor islohotlari).


    Download 452,47 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 452,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari va salbiy jihati8

    Download 452,47 Kb.