2017-2019-yillarda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)13
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2019-yil
|
YalM, jami
|
104,5
|
105,4
|
105,6
|
shu jumladan
|
|
|
|
Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati
|
104,3
|
105,4
|
105,6
|
Mahsulotlarga sof soliqlar
|
105,7
|
105,9
|
105,6
|
Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati
|
104,3
|
105,4
|
105,6
|
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi
|
101,2
|
100,3
|
102,5
|
Sanoat (qurilishni qo’shgan holda)
|
105,4
|
111,5
|
108,9
|
sanoat
|
105,2
|
110,8
|
106,6
|
qurilish
|
106,0
|
114,3
|
119,0
|
Xizmatlar
|
106,4
|
105,5
|
105,1
|
savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar
|
102,1
|
105,4
|
105,0
|
tashish va saqlash, axborot va aloqa
|
111,3
|
106,9
|
105,6
|
boshqa xizmat tarmoqlari
|
105,9
|
104,8
|
105,0
|
2017-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining qiyosiy tahlili sanoat tarmog’i ulushining 30,0 % gacha oshishi (2018-yilda - 26,5%, 2017-yilda - 22,2 %) va qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi tarmog’i ulushining 28,1 % gacha (2018-yilda - 31,5 %, 2017-yilda - 34,0 %) kamayishi bilan bog’liq bo’lgan tarkibiy o’zgarishlarni qayd etish imkonini beradi 2-jadval.
Shuningdek, hisobot yilida YaIM (YaQQ) tarmoqlari tarkibida qurilish tarmog’i ulushining 6,4% gacha o’sishi (2018-yilda - 6,1 %, 2017- yilda - 5,7%) va xizmatlar sohasi ulushining 35,5 % gacha pasayishi (2018-yil - 35,9%, 2017-yilda - 38,1%) kuzatildi.
2-jadval
2017-2019-yillarda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha YaIMning tarkibi (jamiga nisbatan % da)14
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2019-yil
|
YalM, jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
shu jumladan:
|
|
|
|
Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati
|
88,5
|
88,8
|
90,9
|
Mahsulotlarga sof soliqlar
|
11,5
|
11,2
|
9,1
|
Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi
|
34,0
|
31,5
|
28,1
|
Sanoat (qurilishni qo’shgan holda)
|
27,9
|
32,6
|
36,4
|
sanoat
|
22,2
|
26,5
|
30,0
|
qurilish
|
5,7
|
6,1
|
6,4
|
Xizmatlar
|
38,1
|
35,9
|
35,5
|
savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar
|
8,0
|
7,4
|
6,9
|
tashish va saqlash, axborot va aloqa
|
9,5
|
8,5
|
7,7
|
boshqa xizmat tarmoqlari
|
20,6
|
20,0
|
20,9
|
2019-yildagi iqtisodiy o’sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,9 % ini tashkil etdi va 5,6 % ga o’sdi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 5,0 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 9,1 % ni tashkil etdi va mos ravishda 5,6 % darajasida o’sish qayd etildi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 0,6 f.p.).
2019-yil yakunlariga ko’ra, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 2,5 % darajasida ijobiy o’sish qayd etildi. Mazkur tarmoqning YaIM mutloq o’sish sur’atiga ta’siri 0,7 f.p.ni tashkil etdi. Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida ijobiy o’sish sur’atlari dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 3,7 % ga va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 1,7 % ga o’sishi bilan bog’liq.
2019-yilda sanoat tarmog’ining qo’shilgan qiymatida 6,6 % ga o’sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o’sish sur’atiga ijobiy ta’siri 1,6 f.p.ni tashkil qildi. Sanoat tarmog’idagi ijobiy dinamika asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog’i qo’shilgan qiymatining 9,4 % (2018-yilda - 7,9 %, 2017-yilda - 4,2 %) ga o’sishi hisobiga ta’minlandi. O’tgan ikki yil davomida sezilarli o'sishdan so'ng, taqqoslama narxlarda tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog’i qo’shilgan qiymati hajmining 1,0 % ga pasayishi kuzatildi (o'sish 2018-yilda - 26,5 %, 2017-yilda - 17,6 %).
Tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog’ida 2019-yilda kuzatilgan salbiy dinamika (hajmlarning taqqoslama narxlarda 1,0 % ga pasayishi) ga qaramasdan, narx omillari ta'sirida ushbu sohaning jami sanoat bo’yicha yaratilgan qo'shilgan qiymat tarkibidagi ulushi 21,5 % gacha o'sishi qayd etildi (2018-yilda - 20,9 %, 2017-yilda 17,5 %). Shunga mos ravishda, sanoatning jami qo'shilgan qiymati tarkibida ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining ulushi 71,6 % gacha pasaydi (2018-yilda 72,0 % va 2017-yilda 73,6 %).
2019-yil yakunlari bo’yicha, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati qo’shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to’g’ri keldi va 36,3 % ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 13,8 %, to’qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish – 13,4 %, rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 9,7 %, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 7,3 %, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish – 6,2 %, elektr uskunalari ishlab chiqarish – 3,2 %, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish – 2,5 % hamda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish – 7,6 % ni tashkil qildi.
Turar joy majmualarini, ijtimoiy soha va muhandislik infratuzilma ob’yektlarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish, shuningdek, sanoatning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar natijasida qurilish ishlari hajmi 2018-yil bilan taqqoslaganda 19,0 % ga o’sdi. Qurilish tarmog’ining YaIM o’sishidagi ijobiy hissasi 1,0 f.p.ni tashkil qildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2019-yilda yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 16 904,6 mlrd. so'mni tashkil etdi (2018-yilga nisbatan o’sish sur’atlari - 108,5 %, qurilish ishlarining umumiy hajmidagi ulushi - 24,6 %). Shu bilan birga, kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 37 593,5 mlrd. so'mni tashkil etdi (2018-yilga nisbatan o’sish sur’atlari - 129,5 %, qurilish ishlarining umumiy hajmidagi ulushi - 54,6 %). Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 14 356,3 mlrd. so'mni tashkil etdi (2018-yilga nisbatan o’sish sur’atlari - 108,3 %, qurilish ishlarining umumiy hajmidagi ulushi - 20,8 %).
2019-yil yakunlari bo’yicha, xizmat ko’rsatish sohasining yalpi qo’shilgan qiymati hajmi 165 053,2 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2018-yilga nisbatan 5,1 % ga o’sdi (YaIM o’sishidagi hissasi 1,7 f.p.ni tashkil etdi). Shundan, savdo xizmatlari (avtotransport vositalarini ta’mirlashni qo’shgan holda) 4,9 % ga, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar 5,9 % ga, tashish va saqlash xizmatlari 4,9 % ga, axborot va aloqa xizmatlari 8,0 % ga va xizmatlar sohasining boshqa tarmoqlari 5,0 % ga o’sdi.
2019-yilda savdo (avtotransport vositalarini ta’mirlashni qo’shgan holda) tarmog’ining yalpi qo’shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari) ga to’g’ri keldi va 67,3 % (2018-yilda - 67,3 %, 2017-yilda - 68,2%) ni tashkil etdi. Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari) ning ulushi 26,0 % (2018-yilda - 26,2 %, 2017-yilda - 26,5 %) ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlash 6,7 % (2018-yilda - 6,5 %, 2017-yilda - 5,3 %) ni tashkil qildi.
2019-yilda tashish va saqlash tarmog’ining qo’shilgan qiymati tarkibida eng ko’p ulush avtomobil transportiga to’g’ri keldi va 53,3 % ni tashkil etdi (2018-yilda - 55,5 %, 2017-yilda - 63,6%). Mazkur tarmoq umumiy qo’shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 17,3 % (2018-yilda - 15,0 %, 2017-yilda - 12,7 %), temir yo’l transportining ulushi 11,9 % (2018-yilda - 11,8 %, 2017-yilda – 10,3 %), yordamchi transport faoliyatining ulushi 10,9 % (2018-yilda - 11,4 %, 2017-yilda - 8,2 %) va havo transportining ulushi 6,6 % (2018-yilda - 6,3 %, 2017-yilda - 5,2 %) ni tashkil etdi.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlari mamlakatimiz hayotining dеyarli barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa, mazkur yo’nalishlar orasida iqtisodiyotni rivojlantirish, modеrnizatsiyalash muhim o’rin tutadi. Zеro, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar, jahon bozori konyukturasidagi tеbranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan «chidamliligi», mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog’liqdir.
Biroq, shu bilan birga bozor iqtisodiyotiga o’tish ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi o’zgarishlarga chambarchas bog’liq. Ya’ni, barcha soha va jabhalar o’rtasida jadal isloh etish va modеrnizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilish lozim.
|