|
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari
|
bet | 12/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 452,47 Kb. | | #235668 |
Bog'liq Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli va uning o‘ziga xos xususiyatlari2.3 O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari
Ma’lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishning revolyutsion va evolyutsion yo’llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion yo’lini tanlab, birdaniga katta o’zgarishlar qilishni ma’qul topdilar.
O’zbekiston esa o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to’ntarishlarsiz, itimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani ko’chaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qayiyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ham iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan15.
Bunda faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlar yaratish, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini va ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini, soliq va bojxona siyosatini, bank-moliya sohasini yanada takomillashtirish, agrar sektorni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga imtiyozlar taqdim qilgan holda individual imtiyozlar berishdan voz kechish, hududlarni faol rivojlantirish ko’zda tutilgan.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga birinchi prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta tamoyil asos qilib olingan:
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligining ta’minlash;
2. O’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
3. Butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligini ta’minlanishi;
4. Bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar natijasi qanday? Kelgusida iqtisodiy sohalarda qanday o’zgarishlar kuzatiladi? Ushbu savollarga javob topish mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o’tishini istiqbollarini yoritib beradi.
Avvalambor mamlakatimizning iqtisodiy istiqbollari hamda xavflariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq.
|
| |