• 8-rasm. 2017-2019-yillarda YaIM fizik hajmi indeksi va deflyator indeksi dinamikasi (o’tgan yilga nisbatan %da) 12
  • (joriy narxlarda, trln. so’m)11




    Download 452,47 Kb.
    bet10/14
    Sana15.05.2024
    Hajmi452,47 Kb.
    #235668
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli va uning o‘ziga xos xususiyatlari

    (joriy narxlarda, trln. so’m)11
    Bozor iqtisodiyoti jamiyatning barcha a'zolarini ishlab chiqarish va iste'mol orqali o’zaro raqobatning ishtirokchilariga aylantiradi. Shu boisdan bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish muttasil takomillashib boradi, mahsulotning sifat darajasi yaxshilanadi, uning miqdori ko’payadi va jamiyat taraqqiyoti tezlashadi.
    Ushbu jarayonlarni amaliyotda mamlakatning asosiy iqtisodiy, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish orqali o’rganish mumkin.
    O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko’ra, 2019-yilda O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 511 838,1 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2018-yil bilan taqqoslaganda 5,6 % ga o’sdi. YaIM deflyator indeksi 2018-yildagi narxlarga nisbatan 119,2 % ni tashkil etdi (7-rasm).

    8-rasm. 2017-2019-yillarda YaIM fizik hajmi indeksi va deflyator indeksi dinamikasi (o’tgan yilga nisbatan %da)12
    2019-yil yakunlariga ko'ra, YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 300 304,2 mlrd. so'm, xizmatlar ko'rsatish sohasida - 165 053,2 mlrd. so'm miqdorida yalpi qo'shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 46 480,7 mlrd. so'mni tashkil etdi.
    Keltirilgan diagrammada ko’rinib turibdiki, 2019-yilda YaIM o'sishi 2018-yildagi 5,4 % va 2017-yildagi 4,5 % ga nisbatan 5,6 % gacha jadallashdi. YaIM deflyator indeksining o'sishi esa 2018-yildagi 27,5 % va 2017-yildagi 19,4 % ga nisbatan 2019-yilda 19,2 % gacha sekinlashdi (8-rasm).
    2019-yil yakunlariga ko’ra, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o'rtacha yillik kursi bo'yicha hisoblangan YaIM hajmi 57 907 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (2018-yilda - 50 397 mln. AQSh doll.).
    Ma'lumot uchun: AQSh dollarining so'mga nisbatan rasmiy kursi o'rtacha yillik hisobda 2018-yilda 8 069 so'm, 2019-yilda 8 839 so'mga teng bo'lgan.
    Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 15 242,0 ming so’mni (yoki 1 724 AQSh doll. ekvivalentida) tashkil etdi va bu ko’rsatkich 2018-yil bilan taqqoslaganda 3,6 % ga o'sdi. Aholi jon boshiga YaIM o'sishi 2017- va 2018-yillarda mos ravishda 2,7 % va 3,6 % ni tashkil etgan.
    Aholi jon boshiga YaIM, joriy narxlardagi YaIM umumiy hajmini mamlakatning ma'lum bir davrdagi o'rtacha aholisi soniga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yillik o'rtacha soni 2017-yilda 32 389 ming kishini, 2018-yilda 32 956 ming kishini va 2019-yilda 33 581 ming kishini tashkil qilgan.
    Jahon bankining hisob-kitoblariga ko'ra, 2018-yilda O'zbekiston Respublikasining xarid qobiliyati pariteti (XQP) bo’yicha YaIM hajmi 282,0 mlrd AQSh doll.ni tashkil etdi. 2018-yilda MDHning boshqa davlatlarida XQP bo’yicha hisoblangan YaIM hajmi quyidagicha: Rossiya Federatsiyasida - 4050,8 mlrd. AQSh doll.; Qozog'istonda - 509,5 mlrd. AQSh doll.; Ukrainada - 391,0 mlrd. AQSh doll.; Belarusda - 189,7 mlrd. AQSh doll.; Ozarbayjonda - 179,4 mlrd. AQSh doll.; Turkmanistonda - 112,9 mlrd. AQSh doll.; Tojikistonda - 31,4 mlrd. AQSh doll.; Armanistonda - 30,5 mlrd. AQSh doll.; Moldovada - 25,8 mlrd. AQSh doll.; Qirg'izistonda - 24,5 mlrd. AQSh doll.
    Yurtimizda mazkur tartib asosida o’tkazilayotgan islohotlar o’z natijasini bermoqda. Xususan, 2019-yilda yalpi ichki mahsulot 5,6 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi (1-jadval).
    1-jadval

    Download 452,47 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 452,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    (joriy narxlarda, trln. so’m)11

    Download 452,47 Kb.