• Tekshirdi
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti hayot faoliyati xavfsizligi




    Download 0,59 Mb.
    Sana20.06.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #264593
    Bog'liq
    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI ILHOMJON


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
    VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
    3.1 Mehnat muhofazasi sohasida nazorat organlari.
    3.2 Elektr xavfsizligi.


    Guruh: 510-20
    Bajardi: Rustamov.I.R
    Tekshirdi: Rahmonova.G.S.
    TOSHKENT – 2024
    Hayot faoliyati xavfsizligi

    3.1 Mehnat muhofazasi sohasida nazorat organlari.


    «Mehnatni muhofaza qilish» fani insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo‘ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish уo‘llarini o‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi.
    Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiynazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitartexnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.
    Mehnatni muhofaza qilish fanining asosiy maqsadi talabalarga insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli faktorlar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish уo‘llari, mehnat xafsizligini ta’minlash hamda xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iboratdir.



    3.1-rasm.
    Yuqoridagilarga mos holda talabalar fanni o‘rganish davomida quyidagilarni nazariy jihatdan о‘zlashtirishlari lozim:
    – mehnat xavfsizligining nazariy asoslari. Ergonomika va mehnat xavfsizligi psixologiyasi haqida tushuncha;
    – mehnat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy tamoyillar, uslublar va vositalar tizimi;
    – mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari;
    – mehnat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari.
    Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, ishlab chiqarish sanitariyasi me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar:
    – ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar mazmuni, uni ishlab chiqish tartibi;
    – ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari;
    – mehnat xavfsizligini ta’minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uslublarini o‘rganish;
    – xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy himoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta’minlash tartibi va ulardan foydalanish уo‘llari;
    – sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish bo‘yicha sanitar-gigiyenik tadbirlar;
    – ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashinamexanizmlar, qurilmalar va moslamalardan foydalanishdagi xavf-sizlik qoidalari;
    – yong‘in xavfsizligi. Yong‘inning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish, yong‘inni o‘chirish texnika vositalari va usullari;
    – jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va qoidalari.
    Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir kasb egasi fanni o‘rganish bilan quyidagilarni amalda udda-lashlari lozim:
    – xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash;
    – mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar qabul qilish;
    – xavfsizlik texnikasi bo‘yicha уo‘riqnomalar («instruktaj») bilan tanishish va ularni hujjatlashtirish tartiblarini bilish;
    – malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini
    aniqlash;
    – mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmalar («instruksiya»)ni mustaqil tahlil qilish va o‘rganish;
    – ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitargigiyenik holatini belgilovchi
    ko‘rsatkichlarni (gazlanganlik va chang-langanlik darajasi, shovqin va titrash, yoritilganlik, хопа havosining harorati, nisbiy namligi, harakatlanish
    tezligi, bosimi va b.) aniqlovchi asbob-uskunalar va jihozlardan foydalana bilish;
    – o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalarini ishlata bilish;
    – jarohatlangan yoki shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
    Mehnatni muhofaza qilish asosan quyidagi 6 bo‘limdan iborat:
    1. Mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslari.
    2. Mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari.
    3. Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi.
    4. Xafsizlik texnikasi asoslari.
    5. Yong‘in xavfsizligi.
    6. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
    Fanning nazariy asoslarida mehnat muhofazasining ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish-ning аsоsiу уo‘llari, mehnat sharoiti va xavf sizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xusu-siyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ish-larning jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi, jarohat-lanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asos-lari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatla-nish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofa-za qilishning ijtimoiyiqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.
    Ikkinchi bo‘lim – mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslarida ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini amalga oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik, jumladan, davlat qonunlari («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risi-dagi qonun», «Mehnat kodeksi» va b.), nizomlar, me’yoriy hujjatlar, davlat standartlari, ularni hayotga tatbiq etish уo‘llаri va bu boradagi rahbar xodimlarning javobgarliklari, sog‘lom va xavfsiz ish sharoit-larini yaratish yuzasidan davlat nazorat tashkilotlari hamda jamoat nazoratlari, ularning vazifalari, huquqlari kabi masalalar o‘rganiladi.



    3.2-rasm.
    Tashkiliy asoslarida ish va dam olish rejimlarini tashkil etish, ishchilarni maxsus kiyim-boshlar, shaxsiy himoya vositalari va profilaktik oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish, mehnat muhofazasini tashkillashtirishda kasaba uyushmalari- ning roli, mehnat shartnomalarini tuzish, ish bilan ta’minlash va fu- qarolarning mehnat qilish huquqlarini гo‘yobga chiqarish kafolatlari, ish haqi, mehnat intizomini o‘rnatish, ayollar va yoshlar mehnatini muhofazalash, mehnat nizolarini hal etish уo‘llari kabi masalalar o‘rganiladi.
    Uchinchi bo‘lim – «Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi»da ishlab chiqarish binolari va ish joylari havosining ifloslanish sabablari, havo tarkibidagi zararli moddalarni me’yorlashtirish, sanitar me’yorlar va talablar, zararli va zaharli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari, ish joylari havosi tarkibini me’yorlashtirish, shamollatish va isitish sistemalari, shovqin va titrashlar, ularning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga ta’sirini kamaytirish hamda ulardan himoyalanish usullari, yoritilganlik va uning me’yorlari, ionli va radioaktiv nurlanishlardan himoyalanish yo‘llari, korxonalar va ishlab chiqarish binolari, shuningdek, turar joy va aholi yashash joylariga qo‘yilgan sanitargigiyenik talablar, shaxsiy gigiyena kabi masalalar o‘rganiladi.
    Тo‘rtinchi bo‘lim – «Xavfsizlik texnikasi asoslari»da mashina va mexanizmlarning ish jarayonlariga qo‘yilgan umumiy xavfsizlik talablari, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar (to‘siqlar, saqlash qurilmalari, tormozlar, signallar, xavfsizlik belgilari va b.), ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, texnik vositalar, mashina va mexanzmlar hamda qurilmalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik texnikasi, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalari va qurilmalari bilan ishlashda, transport ishlarini amalga oshirishda, bosim ostida ishlovchi idishlar va qurilmalardan foydalanishda, sovutuvchi suyuqliklar (freon, ammiak va b.) va zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashda, neft va gaz quduqlarini burg‘ulash, neft va gaz quduqlaridan foydalanish, neft va gazni tashish hamda saqlashda xavfsizlik texnikasi kabi masalalar o‘rganiladi.
    Beshinchi bo‘lim – «Yong‘in xavfsizligi»da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar, yonish jarayonining mohiyati, yong‘in va portlash sabablari, materiallarning yonish va portlash xususiyatlari bo‘yicha tasniflanishi, ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari, yong‘in zonalari, yon-g‘indan himoyalanish tizimlari, binolar va inshootlarning yong‘inga mustahkamligi va chidamligi bo‘yicha tasnifi, o‘t o‘chiruvchi vositalar, yong‘inga qarshi suv ta’minoti, o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalari, yong‘inni o‘chirishni tashkil etish, yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi, yong‘in vaqtida evakuatsiya ishlarini tashkil etish kabi masalalar o‘rganiladi.
    Oltinchi bo‘lim – «Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish»da ishlab chiqarishda jarohatlanganda yoki shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
    «Mehnat muhofazasi» – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavf-sizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatini saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyenik va davolash profilaktik tadbirlar hamda vositalar tizimidan iboratdir.
    Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
    Ishlab chiqarish vaqtida ishchilar va xodimlar salomatligini saqlash, ularning mehnatini to‘liq muhofaza etish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu respublikamizning «Mehnatni muhofaza qilish» to‘g‘risidagi qonunida o‘z aksini topgan bo‘lib, unda quyidagilar alohida ta’kidlangandir:
    – korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi;
    – mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa уo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
    – mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish;
    – mehnatni ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlar yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
    – korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
    – mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;
    – oliy o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlash;
    – xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi hamda joriy etilishini rag‘batlantirish;
    – fan, texnika yutuqlarida hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘oг tajribasidan keng foydalanish;
    – ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlar bilan bepul ta’minlash;
    – korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shartsharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
    – ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
    – ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga уo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himo-yalash;
    – kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxo-nalar hamda alohida shaxslaming mehnatni muhofaza qilishni ta’-minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llаb- quvvatlash;
    – mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni уo‘lga qo‘yish tamoyillariga asoslanadi.
    Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
    OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
    Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy?, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.

    3.2 ELEKTR XAVFSIZLIGI


    Sanoatda elektr energiyasidan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo’yilganligi sababli, elektr toki ta‘siridan ro’y berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish, bugungi kunning dolzarb masalalari qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta‘sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldindan sezishning imkoniyati yo’q. Shuning uchun elektr toki ta‘sirining xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni belgilash, to’siq vositalari bilan ta‘minlash, shaxsiy va umumiy muhofaza tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhim hisoblanadi. Umuman olganda, elektr tokining ta‘siri faqatgina biologik ta‘sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta‘siri, magnit maydoni ta‘siri va statik elektr ta‘sirlariga bo’linadi. Bularni bilish har bir inson uchun kerakli va zaruriy ma‘lumotlar jumlasiga kiradi. Elektr energiyani sanoatda va xalq xo’jaligida keng qo’llanishini o’sishi va kengayishi, elektr xavfsizligini ta‘minlash masalalarini qo’yadi.

    3.3-rasm.
    Elektr xavfsizligi, elektrik energiyasining to'g'ri va xavfsiz foydalanishini ta'minlashga oid muhim masalalardan biridir. Bu haqda ko'proq ma'lumot olish juda muhimdir, chunki elektr xavfsizligi to'g'ri tushunchaga ega bo'lish va zararli ta'sirlarni oldini olishga yordam beradi.

    1. Elektr qoidalari va nazoratlari: Har bir mamlakatda, elektr tizimlarining kurinish va foydalanishiga oid maxfiy qoidalari va nazoratlari mavjud bo'lib, ularga amal qilish zarurdir. Bu qoidalarning tushunchalariga ega bo'lish va ularni to'liq bajargan holda ishlatish zarur.

    2. Xavfsiz ishlatish: Elektr qurilmalari va jihozlarini to'g'ri ishlatishning eng muhim qismi, chunki moslashuvchanlik yoki noqulaylik holatlarida elektrik ishlatilishi, atrofdagi insonlarga va hattoki xonalarga zarar yetkazishi mumkin. Bunday holatlardan qochish uchun, elektr jihozlarini aniq talimatlarga asosan ishlatish kerak.

    3. Elektr uskunalari va ta'mirlar: Elektr ta'mirlar va ishlab chiqarish uskunalari ko'pincha xavfsizlik sertifikatlarga ega bo'lishi kerak. Ularga yarimchi yoki qisman ishlatishni talab etmaydigan ta'mirlar va xizmat ko'rsatish juda muhim.

    4. Isitish qurilmalari va xavfsizlik: Elektr isitish qurilmalari ham o'zlariga xos xavfsizlik talab etadi. Ularni tozalash, farovonlikni saqlash, va ularni o'zaro bog'lash ta'sirliroq foydalanishni ta'minlashda muhimdir.

    Xavfsizlik uchun ilmiy bilimlarga ega bo'lish va to'g'ri qo'llanish haqida o'rganish, elektr tizimlari va jihozlarini to'g'ri ishlatish va xavfsizlikni ta'minlashda juda muhimdir.
    Elektr tokining inson organizmiga ta’siri. Elektr toki ta’siridan inson organizmida termik (issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi.
    Elektr tokining issiqlik ta’siri inson tanasining ba’zi uchastkalarida kuyish, qon tomirlari, asab va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik vv ximik xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak tizimini kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir uchastkalarigagina ta’sir ko‘rsatishda ro‘y beradi.
    Elektr xavfsizligi qoidalari
    Buzmaydigan nazorat vositalarining aksariyati (defektoskoplar, qurilmalar, asboblar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari) ish jarayonida to‘liq yoki qisman kuchJanish ostida bo‘ladi. Shu sababli ulami ishlatish vaqtida amaldagi «Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari», «Iste’mol- chilarning elektr qurilmalaridan fondalanishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari»ga qat’iy amal qilinmog'i lozim.
    1000 V dan ortiq kuchlanishda ishlaydigan uskunalar bilan bajariladigan ishlar eng xatarli ishlar guruhiga kiradi. Eng avvalo, bu rentgen (trubkasiga) 10-400 kW va bundan katta kuchlanish uzatiladigan renten apparatlariga xizmat ko4rsatish ishlaridir. Ana shu qurilmalarga xizmat ko‘rsatish uchun jalb qilinadigan xodim- lar ulami belgilangan tartibda ishlatish yuzasidan ishlab chiqarish ta’limini o`tashlari va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan keyin tegishli guvohnoma olishlari kerak. Guvohnomada ular- ga xodimlarning malaka guruhiga muvofiq xavfsizlik texnikasidan berilgan malakasi ko‘rsatilmog‘i lozim.
    Ishlab chiqariladigan barcha defektoskopik qurilmalar va asboblardagi izolatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlar har qanday kuchlanishda ham tasodifan tegib ketishdan himoyalangan bo‘lishi zarur. Izolatsiyalanmagan simlar va elektr sxemalari korpuslar bilan ixotalanmog‘i darkor. Qurilma va asboblar korpuslari majburiy ravishda yerga ulanishi kerak. Rentgen apparatlarida 1000 V dan katta kuchlanishli zanjirlar mavjud bo'lib, bu kuchlanish rentgen trubkalariga uzatiladi.
    Ulami almashtirishda, shuningdek, elektr sig‘imlari bo`lgan apparatlarni ko`zdan kechirish va oldini olish maqsadida ta’mirlashda tok uzib qo'yilib, sig‘imlardagi qoldiq zaryad ulami yerga ulagichga zaryadsizlagan holda yo‘qotilmog‘i lozim. Rentgen apparatlarini boshqarish pultlari oldiga izolatsiyalovchi rezina poyandozlar to`shalishi zarur.
    Elektr qurilmalarining nosozligi va tok o‘tkazuvchi qismlarning izolatsiyasi shikastlanishi tufayli o'tkazgichlar qizishi hamda uchqunlanish yuzaga kelishi mumkin, bu esa yonib ketishga sabab bo‘ladi. Elektr qurilmalaridagi yong4inni o‘chirishdan oldin ular tarmoqdan uzib qo‘yilmog‘i darkor. Uncha katta boimagan alanga karbonat kislotali o‘t o‘chirgichlar bilan o'chirilishi mumkin. Bunday o‘t o'chirgichlar bilan yonayotgan, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarini ham o‘chirsa bo‘ladi, chunki karbonat angid- rid elektr tokini o‘tkazmaydi. lshlami bajarish chog‘ida amaldagi «Sanoat korxonalari uchun yong'in xavfsizligining namunaviy qoidalari» ga, shuningdek, tarmoq yongin xavfsizligi qoidalariga muvofiq yong'in xavfsizligi ta’minlanishi kerak.


    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


    1.Sapaev M.S, Qodirov F.M. – Hayot faoliyati xavfsizligi. Toshkent 2021
    2.Yormatov G’., Isamuhammedov Yo. «Mehnatni muhofaza qilish».
    3. Sapayev M.S., Qodirov F.M., “Hayot faoliyati xavfsizligi va ekoloyiya” (O`quv qo'llanma), 2019y.
    4. "Hayot xavfsizligi" - R. Ortiqov, S. Ortiqova. 2019y.
    5. "Favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish" - J. S. Usmonov. 2017y.
    6. "Texnika xavfsizligi" - Sh. Rahimov. 2018y.
    7. "Omon qolish san’ati" - A. Xalilov. 2020y.
    8. "Hayot xavfsizligi asoslari" - Z. Islomov. 2016y.
    9. "Ekstremal vaziyatlarda hayot xavfsizligi" - U. Xudoyberdiyev. 2015y.

    Internet resurslar:


    21. www.lex.uz.
    22. www.mtrk.uz
    23. www.my.gov.uz
    24. www.my.tuit.uz
    25. www.ziyonet.uz

    Download 0,59 Mb.




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti hayot faoliyati xavfsizligi

    Download 0,59 Mb.