O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA URTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“UMUMIY KIMYO VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI
SH.I. QOSIMOV., N.O. UMIROVA
“ORGANIK KIMYО ”
FANIDAN O’QUV-USLUBIY MAJMUA
GULISTON – 2015
“Organik kimyo” fani dan zamonaviy pedagogik texnologiya asosida yozilgan o’quv–uslubiy majmua. 140 bet. Guliston.
Ushbu o’quv-uslubiy majmua amaldagi dasturlar asosida tayyorlanib, 5630100- “Ekologiya va аtrof мuxit muhofazasi” ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Unda zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o’qituvchi (dars) maqsadlari, identiv o’quv maqsadlari, tayanch tushuncha va iboralar, mavzu bo’yicha ko’rib chiqilishi zarur muammolar, nazorat savollari, talabalar mustaqil bajarishi zarur bo’lgan topshiriqlar, asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
O’quv-uslubiy majmuada zamonaviy pedagogik texnologiya asosida kimyo texnologiyaning jarayonlari va uskunalarining ba’zi bo’limlariga tegishli mavzular keng yoritilgan. Har bir mavzu oxirida nazorat test savollari keltirilgan.
O’quv uslubiy majmua Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan (№10 27.07.14 yil) nashrga tavsiya qilingan.
Taqrizchi: b.f.n. Xolmurodov B (GulDU)
ANNOTATSIYА
Ushbu o’quv-uslubiy majmua bakalavriat 5630100- “Ekologiya va аtrof мuxit muhofazasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Unda «Organik kimyo » fanining bir qancha mavzulari keltirilgan. O’quv-uslubiy majmua 72 soat ma’ruzalar va 36 soat lobaratoriya mashg’ulot kursining matni, oraliq nazorat uchun savollar, mustaqil ish uchun ko’p variantli individual vazifalarni o’z ichiga olgan.
O’quv-uslubiy majmuaning tuzilishi
1. Kirish.
2. Talabalarning fanlardan mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risida nizom.
3. Talabalarning fanlardan qoldirgan darslarini qayta o’zlashtirishi to’g’risida nizom.
4. Ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun «Organik kimyo» fanidan dastur bajarilishining ishchi o’quv dasturi.
5. Organik kimyo fani reyting ishlanmasi.
6. Yakuniy baxolash mezoni.
7. Mul’temediya vositalari va taqdimotlar ro’yxatlari.
8. Organik kimyo fani bo’yicha ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning
kontseptual asoslari.
9. Ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar ro’yxati.
10. Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati.
11. Glossariy.
Kirish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko’ra o’quv - uslubiy majmualar hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish bosqichida ta’lim mazmunini o’zlashtirishning muammolarini echishga qaratilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish dolzarb muammoga aylangan.
Mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalarida barcha yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlash tizimiga o’tilgach, barcha fanlarning o’quv rejalari va tipik dasturlarini davlat standartiga moslash, shu bilan birga, halqaro ta’lim berish standartlarini qo’llash, ajdodlarimizning boy milliy meroslarini ushbu jarayonga jalb qilish zarurati tug’ildi.
Har bir yo’nalish bir necha mutaxassisliklarni o’z ichiga olganligi sababli mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlar tayyorlash bo’yicha kimyo fanidan barcha yo’nalishlar bo’yicha umumiy tipik o’quv dastur tayyorlangan.
Ushbu o’quv - uslubiy majmua 5630100- “Ekologiya va аtrof мuxit muhofazasi” yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Shuningdek, malaka oshirish kursi tinglovchilari, bakalavr ta’lim yo’nalishidagi talabalar, tadqiqotchilar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo’llashni mustaqil o’rganuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish borasida ba’zi muammo va vazifalarning bajarilishi texnologik yondashuv asosida yoritilgan.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Talabalarning fanlardan mustaqil
ishlarini tashkil etish, nazorat qilish
va baholash tartibi to’g’risida
Nizom
Guliston-2015
Guliston davlat universitetida talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash
tartibi to’g’risida nizom
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi "Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida"gi 343-son qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 21-fevraldagi “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risidagi namunaviy nizom to’g’risida”gi 34-sonli buyrug’i, 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha yo’riqnoma” asosida talabalar tomonidan fanlarni o’zlashtirish sifatini yaxshilash hamda talabalarda mustaqil fikrlash, axborot manbalaridan olingan ma’lumotlarni tahlil etish, xulosalash, tatbiq etishga yo’naltirilgan ko’nikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan bo’lib, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
1.2. Fanlardan mustaqil ishlar namunaviy va ishchi o’quv rejalari asosida muayyan fanni to’la o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlari hajmining bir qismi sifatida, o’qituvchi nazorati ostida talabaning fan uchun tutgan umumiy daftariga (ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya) fanlar kesimida keltirilgan mustaqil ta’lim mavzulari mustaqil tarzda bajariladi. Mustaqil ish mavzularini bajarishda asosan fanning ishchi dasturida keltirilgan asosiy, qo’shimcha adabiyotlardan, universitet ARMi manbalaridan hamda Internet tarmog’ida mavjud materiallardan, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan O’UM, o’quv-uslubiy qo’llanma va ko’rsatma, ma’ruza matnlari, shuningdek boshqa manbalardan foydalaniladi.
1.3. Talabalarning mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha to’plagan reyting ballari o’quv semestri davomida har bir fan bo’yicha auditoriya o’quv ishlariga berilgan reyting ballari bilan birgalikda akademik guruhlarning reyting qaydnomasida qayd etiladi.
P. Talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari
2.1. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi - talabalarda, fan o’qituvchisining rahbarligi va nazorati ostida, muayyan fan bo’yicha ma’ruza, amaliy (seminar) va laboratoriya mashg’ulotlaridan berilgan o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda bajarish jarayonida zarur bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
2.2. Talaba mustaqil ishining vazifalari:
fanlardan ma’ruza (amaliy laboratoriya) mashg’ulotlarida berilgan bilimlarni mustaqil tarzda puxta, mukammal o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
tavsiya etilgan adabiyotlarni universitet ARMida va internet saytlaridan topish, mavzularni o’rganish jarayonida kerakli ma’lumotlarni izlab yig’ish, qulay usullari va vositalarini aniqlash;
o’quv va ilmiy adabiyotlar, ilmiy, ilmiy-metodik jurnallar hamda me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar bankidan foydalana olish va zarur ma’lumotlarni to’plash hamda tahlil qilish;
internet tarmog’ining tavsiya etilgan saytlaridan maqsadli foydalanishga o’rgatish;
o’quv mashg’ulotlarida berilgan topshiriqlarning ratsional echimini topish va tahlil etish;
fanlardan mustaqil ish topshiriqlarni, hisob chizma ishlarini, kurs ishi va kurs loyihalarini bajarishda tizimli va ijodiy yondoshishga o’rgatish;
mustaqil ish topshiriqlarini bajarish jarayonida ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g’oyalarni asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish;
fan bo’yicha talabaning mustaqil fikrlash, bilim, ko’nikma va tasavvur olamini hamda muammolarni mustaqil hal qila olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
III. Talaba mustaqil ishinnig tashkiliy shakllari
3.1. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan(kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
• O’quv-uslubiy majmualar asosida ma’ruza mavzulari materiallarini mustaqil o’zlashtirish;
• seminar va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha uyga berilgan topshiriqlarni bajarish;
• laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rish hamda hisobotlar tayyorlash;
• Texnikaviy, tabiiy fanlar bo’yicha xisob-grafik ishlarni bajarish;
• kurs ishi (loyihasi)ni mustaqil bajarish;
• ilmiy maqola, Respublika va xalqaro miqyosidagi anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash.
Fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kafedra yig’ilishi qaroriga ko’ra fanlardan talaba mustaqil ishlarini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin.
3.2. O’quv fanlari bo’yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi hamda baholash mezoni ko’rsatiladi;
3.3. Kafedralar tomonidan talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bo’yicha mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar ishlab chiqiladi va kafedra yig’ilishida muhokama etilib, fakultet o’quv-uslubiy kengashida tasdiqlanadi. Kafedraning reyting oynasida har bir fan bo’yicha mustaqil ta’lim mavzulari tanishtirish uchun e’lon qilinadi.
3.4. Kafedra tomonidan mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha fanlardan talabalarga zaruriy metodik qo’llanma, ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
IV. Fanlardan o’quv mashg’ulotlari bo’yicha topshiriqlari
4.1. Fanlar bo’yicha ma’ruza (amaliy, seminar, laboratoriya) mashg’ulotlaridan mustaqil ish topshiriqlari kafedralarning etakchi professor–o’qituvchilari (professor, dotsentlar), fan o’qituvchisi bilan birgalikda ishlab chiqiladi, kafedra yig’ilishida muhokamadan o’tkaziladi va tegishi qaror bilan tasdiqlanadi.
4.2. Fanlardan mustaqil ish topshiriqlari fan bo’yicha ishchi dasturga mos holda mavzular keltiriladi va mustaqil ish topshiriqlarini bajarish muddatlari ko’rsatiladi.
4.3. Fanning ishchi o’quv dasturiga kiritilgan va ma’ruza shaklida o’rganishi belgilangan mavzularni to’laligicha mustaqil ish sifatida bajarilishiga ruxsat etilmaydi.
4.4. Amaliy, (seminar) mashg’ulotlar bo’yicha auditoriyada bajarilgan topshiriqlarga mazmunan o’xshash, murakkabligi mos keluvchi topshiriqlar mustaqil tarzda uyda ishlashga tavsiya etiladi.
4.5. Laboratoriya ishida nazariy tayyorgalik ko’rish, natijalar olish, tahlil etish hamda o’lchash xatoliklarini aniqlash mustaqil ish topshirig’i hisoblanadi, lekin laboratoriya ishi bajarilib, to’la topshirgandan so’ng hisobga olinadi.
4.6. Kafedralar tomonidan fanlardan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo’lgan o’quv adabiyotlari, metodik adabiyotlar, metodik tavsiyalar, ko’rsatmalar, internet saytlari va h.k.lar aniq ko’rsatiladi. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida fan o’qituvchisi tomonidan talabalarning talablari asosida konsultatsiyalar uyushtiriladi.
4.7. Talabalar tomonidan kurs ishi (loyiha) larini tayyorlash jarayonida zarur hollarda markaziy AKM, ARMlardan kollejlar, litseylarning ARMlaridan, internet tarmoqlaridan foydalanishga amaliy imkoniyatlar yaratib beriladi.
V. Talabalar tomonidan mustaqil ishlarni rasmiylashtirish topshirish tartibi
5.1. Fanlardan mustaqil ishlar bo’yicha tayyorlangan materiallar talabaning fan bo’yicha tutgan ma’ruza va amaliy (seminar) mashg’ulotlari daftariga yoziladi, o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqiladi va qisqa og’zaki so’rov orqali baholanadi.
Laboratoriya mashg’ulotlarida mustaqil ish topshiriqlarini bajarish natijalari ham laboratoriya daftariga yoziladi. Talaba har bir laboratoriya ishi bo’yicha kollokvium topshirganidan so’ng laboratoriya ishini bajarishga ruxsat etiladi va ishni to’la topshirgandan so’ng baholanadi.
5.2. Hisob-chizma ishlarini hamda kurs ishi yoki kurs loyihasi ishlarini mustaqil bajarish natijalari belgilangan tartibda yoziladi va himoya qilinadi, baholanadi.
5.3. Kafedralar tomonidan fanlardan ma’ruza, amaliy (seminar) va laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha mustaqil ish topshirish grafigi semestr boshlanishida kafedraning reytinglar oynasiga osib qo’yiladi.
5.4. Fanlardan o’quv mashg’ulotlari kesimida mustaqil ish topshiriqlarini grafik asosida mashg’ulot daftariga qayt etib bajarish va muddatida topshirish mas’uliyati talabaga, nazorati fan o’qituvchisi zimmasiga yuklatiladi. Belgilangan muddatda topshirilmagan mustaqil ish topshiriqlari fakultet dekanatining ruxsatnomasi asosida JNdan keyingi JNga qadar, ONdan keyingi ONga qadar muddatlarda topshirishga ruxsat etiladi.
VI. Talabalar mustaqil ishlarini bajarilishini nazorat qilish va baholash
6.1. Fanlardan talabalar mustaqil ishlarining bajarilishi fan o’qituvchisi tomonidan nazorat qilinadi. Fan o’qituvchisi mustaqil ish topshiriqlarini muddatida bajarmagan va topshirmagan talabalar to’g’risida kafedra yig’ilishida axborot beradi. Kafedraning yig’ilish qaroriga asosan dekanatlarga o’zlashtirmagan talabalar to’g’risida ma’lumot beriladi.
6.2. Fanlardan talabalar mustaqil ishlarining bajarilishi kafedra yig’ilishlarida har oyda bir marta, fakultet kengashida semestr davomida kamida uch marta muhokama etiladi.
6.3. Fanlardan talabalarning mustaqil ishlari o’quv rejada fan bo’yicha ajratilgan soatlar hisobidan ishlab chiqilgan reyting ishlanmaga ko’ra reyting jadvalida qayd etilgan bo’lib, JN va ON uchun ajratilgan ballarga qo’shib baholanadi.
6.4. Fanlardan JN va ON hamda mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo’yicha to’plangan ballari kafedraning reyting oynasida yoritib boriladi.
6.5. Fanlardan talabalar mustaqil ishlarini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishli tartibda tasdiqlanadi.
Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga o’quv semestri boshlanishida e’lon qilinadi.
Har bir mustaqil ishning mavzusiga ballar ajratish, fanning reyting ishlanmasiga asoslanilgan holda fan o’qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi hamda kafedra yig’ilishida muhokama etilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlashga tavsiya etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 21 fevraldagi “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi xaqidagi namunaviy nizom to’g’risida”gi 34-sonli buyrug’i, 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha yo’riqnoma”si asosida tuzatishlar kiritilgan “Guliston davlat universiteti talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risida Nizom” Guliston davlat universitetining 2013 yil 25 yanvardagi Ilmiy Kengashning 5-sonli majlisida muhokama etilib, universitetning 2013 yil __ yanvardagi _____ -sonli buyrug’i bilan qayta tasdiqlangan.
|
O’quv fanni o’qitishning maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga organik kimyo asoslarini, organik birikmalarning tuzilishi bilan kimyoviy – fizikaviy xossalarini bog’laydigan umumiy qonunlarni, organik birikmalarni sintez qilishning zamonaviy usullarini, kimyoviy xossalarini, ularning sanoatda, qishloq xo’jaligida, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo’llashni o’rgatishdan iborat.
Organik kimyo kimyo fanining asosiy va katta bo’limi bo’lib, tabiatshunoslikning muhim bo’g’inidir. U jonli va jonsiz tabiatdagi uglerod birikmalarining bir-biriga aylanishini, xossalarini, rolini o’rgatadi. Organik birikmalarni o’rganishning ahamiyati shundan iboratki, ular inson hayoti va hayotiy faoliyatini ta’minlovchi zarur moddalar ekaniga talabalar e’tiborini qaratadi.
Fanning vazifasi organik birikmalarning sinflarini ular orasidagi genetik bog’lanishni, gomologik qatorlarini, izomerlarini, nomlanishini, fizik xossalarini, kimyoviy xossalarining ularning tarkibi, tuzilishi va funktsional guruhlarning tabiatiga, molekulada joylashishi tartibiga bog’liqligini talabalarga o’rgatishdan iborat. Organik kimyo fani printsipial yangi turdagi mahsulotlarni yangi texnologiya, yangi konstruktsion materiallar, fiziologik faol moddalarni tibbiyot, qishloq xo’jaligi ehtiyoji uchun yaratishda muhim rol o’ynashini talabalarga o’rgatadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
Organik kimyo o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-zamonaviy organiik kimyoning muammolarini, organik birikmalarning tuzilish nazariyasi asosida organik birikmalarning xossalarini va reaktsion qobiliyatini, organik birikmalarni sintez qilishning zamonaviy usullarini bilishi kerak;
- organik birikmalarni zamonaviy nomenklatura asosida nomlashni, organik kimyoning nazariy asoslarini, moddalar olishning zamonaviy usullarini, fizik va kimyoviy xossalarini, reaktsiya mexanizmlarini atroflicha tushuntirib berishi, organik moddalarni tibbiyotda, qishloq xo’jaligida va boshqa sohalarda qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
-zamonaviy organik kimyo usullarini qo’llagan holda organik birikmalarni sintez qilish, ularninig fizik kimyoviy konstantalarini aniqlash, ma’lum usullardan foydalanib tajribalar o’tkazish, mavzularga oid masalalarni ishlash malakasiga ega bo’lishi kerak
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan ketma-ketligi
Ushbu fan asosiy ixtisoslik fanlardan biri bo’lib, 4-, 5- va 6- semestrlarda o’qitiladi. Organik kimyo fani noorganik, analitik, fizikaviy kimyo, kvant mexanikasi va kvant kimyosi, modda tuzilishi, kristallokimyo, ekologiya, matematika, informatika, fizika kabi fanlar bilan chambarchas bog’langan. Bu fanlar talabalarning organik kimyodan olayotgan bilimlarini chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirishlariga yordam beradi.
Asosiy qism
Organik kimyo predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari.
Kimyoviy bog’lanish va uning turlari
Kimyoviy bog’ va uning turlari. Uglerodning zanjirli va halqali birikmalari. Radikallar, asosiy funktsional guruhlar. Tuzilish formulalari. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va uning ahamiyati.
Uglevodorodlar
Alkanlar. Alkanlarning gomologik qatori, nomlanishi va izomeriyasi. Alkil radikallar. Alkanlarning kimyoviy xossalari. Alkanlardagi radikal-zanjir almashinish reaktsiyasi mexanizmlari haqida umumiy tushunchalar: galogenlash, sulfoxlorlash, sulfooksidlash, nitrolash, oksidlash reaktsiyalari.
Alkenlar. Alkenlarning nomlanishi, izomeriyasi. Qo’sh bog’ni hosil qilish usullari.
Alkenlarning reaktsiya mexanizmlari haqida tushuncha.
Alkenlarni geterogen va gomogen gidrogenlash. Qo’sh bog’ga kislotalar, galogenvodorodlar, suv va gaalogenlarning elektrofil birikishi. Markovnikov qoidasi va uni tushuntirish. Elektrofil birikishning fazoviy kechishi. Alkenlarga radikal birikish. Vodorod bromidning (Karash bo’yicha) birikish yo’nalishining o’zgarishi.
Alkadienlar. Alkadienlarning tuzilishi, nomlanishi, turlari va izomeriyasi. Muhim 1,3-dienlar va ularni degidrogenlash, degidroxlorlash, degidratlash reaktsiyalari yordamida olish. Konyugirlangan qo’sh bog’li dienlarning elektron tuzilishi. 1,3-dienlarning kimyoviy xossalari: katalitik gidrogenlash, galogenlarning va galogenvodorodlarning elektrofil birikishi, bu reaktsiyalarning kinetik va termodinamik nazorat sharoitidagi yo’nalishi.
Kumulenlar. Elektron va fazoviy tuzilishi.
Alkinlar. Alkinlarning nomlanishi va izomeriyasi. Uch bog’ni hosil qilish usullari: atsetilen olishning usullari. sp-gibridlanish tushunchasi asosida uch bog’ning tuzilishini tushuntirish, galogenlarning birikishi va mexanizmi. Kucherov reaktsiyasi, spirtlar, karbon kislotalar, galogenovodorodlar va tsianid kislotaning birikishi.
Gomofunktsional birikmalar
Fazoviy kimyoning elementlari va organik birikmalarning optik izomeriyasi. Molekulalarning xiralligi. R-, S- nomenklatura. Proektsion formulalar. Enantiomerlar va ratsematlar.
Alifatik qator uglevodorodlarining monogalogenli hosilalari, ularning nomlanishi, izomeriyasi. Hosil qilish usullari: to’yingan uglevodorod vodorod atomining galogenga almashinishi, qo’sh bog’ga birikish reaktsiyalari, spirtlarning gidroksil guruhini almashtirish.
Monogalogenalkanlarning kimyoviy xossalari. Monogalogenalkanlardagi galogen atomlarining nukleofil almashinish va degidrogenlash reaktsiyalari. Reaktsiya mahsulotlari nisbatining nukleofil va asosning tabiatiga va kontsentratsiyasiga, galogenalkanning tuzilishiga, erituvchining tabiatiga bog’liqligi: sintezlar rejalashtirilganda shu bog’liqliklarni hisobga olish. Galogenalkanlarni vodorod bilan qaytarish, ularning metallar bilan reaktsiyasi: metallorganik birikmalar olish. Vyurts reaktsiyasi. Kori-Xauss reaktsiyasi.
To’yinmagan galogenbirikmalar. Vinilxlorid. Allilxlorid. Olish usullari.
To’yinmagan galogenli birikmalarning kimyoviy xususiyatining shaklanishida ikkita funktsional guruhlarning o’zaro ta’sirining roli.
Uglevodorodlarning gidroksilli hosilalari. Bir atomli to’yingan spirtlar. Spirtlarni olish usullari. Oddiy alifatik spirtlarning sanoatda olinishi. Spirtlarning kimyoviy xossalari: gidroksil guruhining sulfat kislota, galogenovodorodlar, mineral kislotalarning galogenangidridlari ta’sirida almashinishi, degidratlanishi. Spirtlarning oksidlanishi va degidrogenlanishi. Spirtlarning ishlatilishi.
Ko’p atomli spirtlar. Glikollar. Glikollarni olish usullari, kimyoviy xossalari. Di- va polietilenglikollar. Glitserin. Xossalari. Glitserinni sintez qilish usullari.
To’yinmagan spirtlar. Allil spirti. Allil spirtining sintez usullari, kimyoviy xossalari.
Oddiy efirlar. Oddiy efirlarning tuzilishi va nomlanishi, turlari. Dialkil efirlarini olish usullari. Kimyoviy xossalari.
Karbonil birikmalar. Tuzilishi va nomlanishi, turlari. Karbonil guruhini hosil qilish usullari. Aldegidlar va ketonlar.
Kimyoviy xossalari. Keto-enol tautomeriya. Aldol-kroton kondensatsiya reaktsiyalari va uning kislota va asos katalizidagi mexanizmi.
Aldegid va ketonlarning oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari.
, -To’yinmagan aldegid va ketonlar. Umumiy sintez usullari. Glitserinni degidratlash bilan akrolein sintez qilish. To’yinmagan karbonil birikmalarning elektron tuzilishi va uning reaktsiyaga kirishish qobiliyatiga ta’siri. To’yinmagan aldegid va ketonlarga suv, spirtlar, galogenovodorodlar, natriy bisulfit, ammiak va aminlar, vodorod tsianid va magniy organik birikmalarning birikishi.
Karbon kislotalar va ularning hosilalari. Tuzilishi, turlari va nomlanishi. Olish usullari. Karbon kislotalarning xossalari va tabiiy manbalari. Karbon kislotalarning hosilalari.
Dikarbon kislotalar. Nomlanishi, turlari va tuzilishi. Sintez usullari: tsikloalkanlarni, alitsiklik spirtlarni va ketonlarni oksidlash, mono- va dinitrillarning gidrolizi, malon va atsetosirka efirlari yordamida sintezlar.
Bitta va ikkita karboksil guruhlari bo’yicha hosilalar olish, aralash hosilalar.
To’yinmagan monokarbonkislotalar. Tuzilishi, turlari, , -to’yinmagan kislotalarni olish usullari. Kimyoviy xossalari
To’yinmagan dikarbon kislotalar. Malein va fumar kislota. Malein kislota va uning angidridini olish usullari. Fazoviy izomeriya.
Nitrobirikmalar. Nomlanishi, turlari va tuzilishi. Nitrobirikmalarni olish usullari. Alkanlarni nitrolash (Konovalov reaktsiyasi), galogen atomini nitroguruhga almashtirish, aminlarni oksidlash. Kimyoviy xossalari.
Aminlar. Nomlanishi. Turlari. Alifatik uglevodorodlarning galogen-, gidroksi- va amino- hosilalaridan, amidlardan, azidlardan, karbon kislota gidrazidlari va gidroksam kislotalaridan olish usullari. Kimyoviy xossalari.
Magniy- va litiyorganik birikmalar. Galogenli birikmalar, yuqori SN kislotalik xossasini namoyon qiladigan uglevodorodlardan olish. Kimyoviy xossalari. Kross-birikish reaktsiyasi.
Geterofunktsional birikmalar
Gidroksikislotalar. Nomlanishi va turlari. Alifatik gidroksikislotalar olishning umumiy usullari. Reformatskiy reaktsiyasi asosida -gidrokislotalarni sintez qilish. Gidroksi-kislotalarning tabiiy manbalari va asosiy vakillari. Kimyoviy xossalari.
Aldegido- va ketokislotalar. Nomlanishi va sinflanishi. Oddiy -aldegido- va -ketokislotalar. Ketonlardan, karbon kislotalar va ularning hosilalaridan olinishi. Kimyoviy xossalari.
Uglevodlar. Nomlanishi va turlari. O’ziga xos kimyoviy xossalri. Monosaxaridlar. Di- va polisaxaridlar
Aminokislotalar. Nomlanishi va turlari. Tabiiy -aminokislotalarning tuzilishlari bo’yicha xillari. Sintez qilish usullari. Va xossalari
Oqsillar. Turlari. Polipeptidning tuzilishi, aminokislota tarkibini aniqlash va polipeptid zanjiridagi aminokislota qoldiqlarining tarkibini aniqlash usullari haqida tushuncha. Oqsillarning tuzilishi.
Tsiklik birikmalar
Tsikloalkanlar. Nomlanishi va turlari, tuzilishi, izomeriyasi. Tsiklik birikmalarning sintezi. Tsikloalkanlarning fazoviy tuzilishi. Tsiklogeksan va uning hosilalarining konformatsiyalari, ekvatorial va aksial bog’lar, tsiklogeksan hosilalarining geometrik izomeriyasi. Tsiklopropan halqasining fazoviy va elektron tuzilishining o’ziga xosligi. Tsiklobutan, tsiklopentan va tsiklogeksanning kimyoviy xossalari. Tsiklopropanning o’ziga xos xususiyatlari.
Aromatik birikmalar
Aromatik uglevodorodlar. (Arenlar). Benzol va uning gomologlari, nomlanishi, izomeriyasi. Aromatik uglevodorodlarning manbalari va olish usullari. Benzol halqasining elektron tuzilishi va benzolning kimyoviy xossalari. Aromatiklik haqida tushuncha. Xyukkel qoidasi. Nobenzoid aromatik sistemalar. Tsiklopropenil- va tropiliy kationlari. Tsiklopentadienil- anioni, azulen, annulenlar. Aromatik qatordagi elektrofil almashinish reaktsiyalari: sulfolash, nitrolash, galogenlash, alkillash, atsillash. Bu reaktsiyalarning aromatik uglevodorodlarni qayta ishlashdagi ahamiyati, mexanizmlari haqida tushuncha va ularni tajribada asoslash. - va - komplekslar. Benzol halqasidagi o’rinbosarlarning mahsulotlarning izomer tarkibiga va reaktsiya tezligiga ta’siri. Radikal almashinish va birikish reaktsiyalari.
Alkilbenzollar. Alkilbenzollarni olish. Benzol halqasida elektrofil almashinish reaktsiyalari, bu reaktsiyalarda yo’naltirishning xususiyati. Dezalkillash, disproportsiyalanish, alkilbenzollarning izomerlanishi. Yon zanjirda radikal o’rin almashinish reaktsiyalari.
Naftalin. Naftalin va boshqa ko’p yadroli uglevodorodlarning manbalari. Naftalin hosilalarining nomlanishi, izomeriyasi, elektron tuzilishi va aromatikligi. Naftalinning kimyoviy xossalari.
Aromatik galoidbirikmalar. Olish usullari. Aromatik uglevodorodlarni galogenlash, diazoniy tuzlaridan olish. Galogen uglerod bog’i uzilishi hisobiga ketadigan reaktsiyalar. Aromatik galoid birikmalarning metallar bilan ta’sirlanishi: metallorganik birikmalarni olish. Kross-birikish reaktsiyalari. Elektrofil almashinish reaktsiyalari. O’rinbosarlarning induktsion va mezomer ta’siri haqida tushuncha. Galogen atomlarining o’rinbosar sifatida ta’siri.
Nitrobirikmalar. Aromatik nitrobirikmalarning xossalari. Nitroguruhning elektrofil almashinish reaktsiyasi tezligiga va yo’nalishiga ta’siri.
Nitrobirikmalarning qisman qaytarilish mahsulotlari. Nitro-birikmalarning tautomerlanishi, dimerlanish, kondensatsiya reaktsiyalari.
Aromatik uglevodorodlarning gidroksilli hosilalari. Nomlanishi. Fenol va uning gomologlari. Naftollar. Aromatik yadroga gidroksil guruhi kiritish usullari. Fenollarning kislotalik xususiyatlari.
Karbonil birikmalar. Aromatik aldegidlarga xos xususiyatlazr.
Aromatik-alifatik qator ketonlari, ularni olish va kimyoviy xossalari. Ularning oksimlari va fazoviy tuzilishi. Bekman qayta guruhlanishi.
Karbon kislotalar. Almashingan benzoy kislotalarning dissotsiyalanish konstantasiga o’rinbosarlarning ta’siri. Aromatik karbon kislotalar sintez qilishning umumiy usullari. Benzoy kislotasi va uning hosilalari.
Dolchin kislotasi, olinishi va xossalari. Antranil kislotasi, olinishi va uning digidrobenzol va azobo’yoqlar olishda ishlatilishi.
Aminlar. Aromatik aminlarning turlari. Aromatik yadrodagi o’rinbosarlar tabiati va joylashishining aminlar asosligiga ta’siri. Aminoguruhning benzol yadrosiga ta’siri: elektrofil almashinish reaktsiyalari. Aminoguruhni himoyalash.
Diazobirikmalar. Diazotirlash reaktsiyasi, uni amalga oshirish sharoitining amin tuzilishiga bog’liqligi.
Diazobirikmalarning azot chiqishi bilan boradigan reaktsiyalari: diazoguruhni vodorodga, gidroksilga, galogenlarga, tsian va nitroguruhlarga almashtirish.
Diazobirikmalarning azot chiqmasdan boradigan reaktsiyalari. Qaytarish, triazenlar hosil bo’lishi.
Geteroxalqali birikmalar
Geterohalqali birikmalar haqida tushunchalar va ularning sinflanishi. Besh a’zoli bitta geteroatom tutgan geterohalqali birikmalar (furan, tiofen, pirrol), ular sintezining umumiy usuli va o’zaro aylanishlari (Yurev). Furan, tiofen va pirrol va benzolning fizikoviy va kimyoviy xossalarini taqqoslash.
Fenol va pirrol xossalarining o’xshashligi.
Azot, kislorod va oltingugurt tutgan besh a’zoli halqali birikmalar.
|