|
Kelishildi
O’quv ishlari prorektori:_____________ dots. N.R.Barakaev
|
bet | 3/100 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 7,78 Mb. | | #156402 |
Bog'liq portal.guldu.uz-“ORGANIK KIMYО ”Kelishildi
O’quv ishlari prorektori:_____________ dots. N.R.Barakaev
I. Fanni o’qitishdan maqsad va vazifalar
“Organik kimyo ” fanning maqsadi:
Fan zamonaviy Organik kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Ushbu fanning o’qitilishidan asosiy maqsad talabalarni hozirgi zamon Organik kimyo fanining asoslari bilan tanishtirish, muammolarini ochib berish, uning sohalarining mazmun va mohiyatlarini izohlash, tushuntirish, Organik kimyoning tadqiqot metodi va uslublarini o’rganishdir.
Amaliy mashg’ulotlarning maqsadi talabalarda nazariy bilimlardan unumli foydalanish yo’llarini ko’rsatishdan iboratligi sababli, fanning barcha boblari bo’yicha amaliy io’lar bajarish rejalashtirilgan.
“Organik kimyo ” fanning vazifalari:
Organik kimyo o’quv kursining asosiy vazifasi ushbu fanning zamonaviy holatini chuqur tushuntirish va talabalarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir.
Organik kimyo fani talabalarga anorganik Organik kimyo, analitik Organik kimyo, organik Organik kimyo yo’nalishlari bo’yicha chuqur bilimlar beradi va olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish ko’nikmalarini beradi.
Laboratoriya ishlari va seminar mashg’ulotlari barcha boblar bo’yicha o’tkazilib, ular nazariy bilimlarni mustahkamlashga, turli mavzularda misol va masalalarni hamda qo’yilgan fizik Organik kimyoviy muammolarni hal qilishga qaratilgan.
1.3. Fanni o’zlashtirgan talabaning malakaviy darajalari.
Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar: Talabalar davlat ta’lim standartlari hajmida bilimlarga ega bo’lishlari kerak, yani fan bo’yicha reja asosida, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari shart. Fanni chuqur o’zlashtirish uchun talabalar Organik kimyo fanlaridan tashqari oliy matematika, fizika, informatika va boshqa tabiiy fanlardan ham chuqur bilimlarga ega bo’lishlari kerak.
Talabalarning bilimini joriy baholash uchun laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin kollokvium olinadi. Og’zaki so’rov seminar va amaliy mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Oraliq baholash 2 marta yozma shaklda o’tkaziladi. Yakuniy nazorat test shaklida o’tkazilib, talabalarning bilimdonligi ularning reytingi asosida baholanadi.
1.4.“Organik kimyo ” faninig o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Fanni o’rganishda Organik kimyo fanlaridan tashqari oliy matematika, fizika, informatika va boshqa tabiiy fanlar bilan bog’lanishini ta’minlash, ularning yutuqlaridan foydalanishni ko’rsatish lozim.
1.5.Fanni o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan
foydalanish
Talabalarning “Organik kimyo ” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, meyoriy-huquqiy hujjatlar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, ko’rgazmali qurollar, mahsulot namunalari, jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular ma’ruza, seminar shaklda olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari, mustaqil ish sifatida talabalarga o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagog texnologiyaning “Bumerang”, FSMU, Klaster, Insert, Aqliy hujum va boshqa interfaol usullari va taqdimotlardan foydalaniladi.
|
| |